Bir xoja xonumonsiz, ovora edi, ismi Faqoiy va bechora edi. Ishqi g‘olibligidan savdoyi
edi. Hayoti purg‘avgo, rasvoyi edi.
U hech vaqosi yo‘q darvesh edi, lekin dard ichra bedilu biri yuz va besh edi.
1
Garchi u
o‘z nonini tamomila o‘zgalarga berib yuborgan va o‘zi och qolgan bo‘lsa ham joni serob,
ko‘zi to‘q edi. U juda qo‘p nonga yetishgan bo‘lsa ham, borini berib yuborar, evaziga
faqo-faqirlikni totar edi. Doimo bir tani ochlikda o‘tirsa ham, har damda yuz tani bilan
faqirlikni yeb, rohatlanar edi.
Bir odam xoja Faqoiydan so‘radi:
- Ey oshiftakor oshiq, ishqda seroblik nima, shuni oshkor qilgil.
Xoja aytdi:
- Oshiqyuz olam jahon matohi bo‘lsa ham borini birgina faqo (faqirlik) uchun berib
yuboradi.
Mantiqut-tayr (nasriy bayon). Farididdin Attor
www.ziyouz.com кутубхонаси
127
Mardnqng ishi doimo shunday bo‘lsa, u hech qachon holsizlanmaydi, yiqilmaydi.
Chunki u ishq va dard bilan ovora bo‘lib, boshqasini bilmaydi.