www.ziyouz.com кутубхонаси
125
SULTON MAHMUD VA XOKBEZ MARD HIKOYATI
Bir kuni Sulton Mahmud sipohi bilan tog‘ yo‘lida borayotgan edi, tuproqustida o‘tirgan
darveshga ko‘zi tushdi. U odam g‘ayrat bilan o‘rtaga tuproq yig‘ib, tuproqdan tog‘ yasar,
gohida bodi samand — kuchli shamol kelib, u yig‘nab qo‘ygan tuproqni har tomonga
sochar edi. Ammo u odam yana tuproq yig‘averar edi.
Sulton bu g‘alati odamni yoqtirib qoldi, unga rahmi kelib dedi:
- Ey majnunsifat odam, sen yelkangga juda og‘ir yuk olibsan, bu zahmatli ishdan
ko‘ra olam xirojini yig‘ish osonroqdir. Yaxshisi, podshoh bo‘l, beniyoz bo‘lib, hech kimga
muhtoj bo‘lmaysan.
Tuproq yig‘uvchi podshohga dedi:
- Menga shu ish yoqadi, bu ishimdan yashirilgan xazinani topganday quvonaman.
Menga birovningdavlati kerak emas. Shu tuproq — mening davlatimdir. Toki jonim bor
ekan, shu ishimni qilaveraman.
Darvesh shu tarzda oxirat eshigini ochar, ko‘ngliga nur sochar edi.
Ko‘z qorachug‘laring hali yopilmagan, eshiklar hali ochiqlik vaktida Haq jamolini talab
qil.
Do'stlaringiz bilan baham: |