www.ziyouz.com kutubxonasi
6
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) ummatlari va yaqinda vafot etganlarning bir yerda
chigirtkalarga o‘xshab yoyilib turishganini ko‘rib, o‘tadilar va birinchi samo bo‘lgan dunyo
osmoniga yetadilar.
Bu farishtalarning boshida bo‘lgan Jabroil (a.s.) dunyo samosiga chiqadilar va undan:
"Kimsan?" deb so‘rshadi.
"Men Jabroilman. Yonimdagi esa falonchidir", deb u insonning go‘zal va yaxshi sifatlari
bilan tanishtiradi. Shunda dunyo samosining qo‘riqchilari bo‘lgan farishtalar: "Bu yaxshi
kishi edi, e’tiqodi va iymoni go‘zal edi. Hech qanday shubha-gumoni yo‘q edi", deyishadi.
Keyin ikkinchi samoga chiqadilar.
"Kimsan", deb so‘rashadi. Jabroil (a.s.) birinchi osmonda aytganlarini takrorlaydi.
Shunda farishtalar solih ruhga: "Xush kelding. Dunyodaligingda namozlaringni barcha
farzlariga rioya qilib, ado etarding", deyishadi.
So‘ngra uchib, uchinchi samoga chiqadilar.
"Kimsan", deb so‘rashadi. Jabroil (a.s.) oldingidek javob qaytaradi. Shunda farishtalar:
"Molining haqqini muhofaza etib, zakotini, daladan olgan hosilining ushrini buyurilgan
kishilarga o‘zi xohlab bergan, hech qizg‘onmagan bu zot xush kelibdi", deyishadi. U
yerdan ham o‘tadilar.
To‘rtinchi samoga boradilar.
"Kimsan", deb so‘raydilar. Jabroil (a.s.) oldingidek javob qiladi. Farishtalar: "Dunyoda
ramazon ro‘zasini tutib, ro‘zani buzadigan narsalardan, begona ayollar bilan
ko‘rishishdan va harom luqma yeyishdan o‘zini saqlagan kishi xush kelibdi", deyishadi.
So‘ngra u yerdan ham o‘tishadi.
Beshinchi samoga yetadilar.
"Kimsan", deyiladi. Oldingidek javob beriladi. Farishtalar: " O‘ziga farz bo‘lgan, Hajni
riyosiz va xolis Alloh uchun ado etgan kishi xush kelibdi", deyishadi. U yerdan ham
o‘tadilar.
Oltinchi samoga yetadilar.
"Kimsan", deb so‘raladi. Oldingi javob qaytariladi. Shunda farishtalar: "Sahar vaqtlarida
ko‘p istig‘for aytgan, hech kimga bildirmay ko‘p sadaqa bergan va yetimlarga yordam
bergan kishi xush kelibdi", deyishadi.
U yerdan o‘tib: "Surodihoti jalol" degan jalol pardalari bo‘lgan bir maqomga borishadi.
Kimsan deb so‘ralganida oldingidek javob beriladi. Yana: "Xush kelibdi. Ko‘p istig‘for
aytib, (bola-chaqasiga va so‘zi o‘tganlarga) amri ma’rif va nahiy munkar qilgan, islom
dinini Allohning bandalariga o‘rgatgan, miskinlarga (va qiyin ahvolda qolganlarga)
yordam bergan solih bandaga va go‘zal ruhga marhabo", deyiladi. Keyin bir farishtalar
jamoatiga duch keladilar. Ularning hammasi bu bandani jannat bilan tabriklaydilar.
So‘ngra "Sidratul muntoho"ga boradilar. Yana "kimsan", deb so‘ralganida, oldingidek
javob beriladi. "Xush kelibdi. Har yaxshiligini Alloh rizosi uchun qilgan zotga marhabo",
deyiladi.
Qiyomat va Oxirat. Imom al-G’azzoliy
Do'stlaringiz bilan baham: |