Zoologiya test
1. Pomidor, bodring ildizida no‘xatdek shish hosil bo‘lishi, hosilining kamayishi va tez orada halok bo‘lishi qaysi parazitga bog‘liq?
A) jigar qurtining dumli lichinkasiga
B) bo‘rtma nematodaga
C) yalang‘och shilliqqa
D) agrobakteriumga
2. Oraliq xo‘jayinsiz rivojlanuvchi parazit chuvalchang(lar)ni ko‘rsating.
1) exinokokk; 2) jigar qurti; 3) bolalar gijjasi; 4) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 5) askarida
A) 1, 2, 4 B) 3 C) 5 D) 3, 5
3. Ko‘katlarni yaxshi yuvmasdan iste'mol qilinsa qaysi parazitni yuqtirish mumkin?
A) nereida B) qoramol tasmasimon chuvalchangi
C) exinokokk D) jigar qurti
4. Kiprikli chuvalchanglarni parazit holda yashashga moslanishn tufayli qaysi hayvonlar kelib chiqqan?
A) to‘garak chuvalchanglar, so‘rg‘ichlilar
B) so‘rg‘ichlilar, yumaloq chuvalchanglar
C) so‘rg‘ichlilar, tasmasimon chuvalchanglar
D) askarida, ostritsa, gijja
5. Keltirilgan parazitlarni qayerda parazitlik qilishini aniqlang?
1) bo‘rtma nematoda, 2) cho‘chqa tasmasimon chuvalchang, 3) exinokokk, 4)bolalar gijjasi,
5) jigar chuvalchangi,
a) o‘simlikning yer ostki qismida; b) o‘simlikning yer ustki qismi; c) odam ichagi; d) it va yirtqichlarning ichagi; e) odam jigari.
A)1a, 2c, 3d, 4c, 5e B) 1b, 2c, 3d, 4e, 5c
C) 1a, 2d, 3d, 4c, 5c D) 1b, 2c, 3a, 4a, 5e
6. Ichak differensiatsiyasi dastlab qaysi organizmlarda kuzatiladi?
A) tasmasimon chuvalchanglar B) kiprikli chuvalchanglar
C) to‘garak chuvalchanglar D) so‘rg‘ichli chuvalchanglar
7. Planariya tanasining qaysi qismida juda ko‘p uchi bеrk naychalar joylashgan?
A) sеzuchi hujayralar atrofida B) tik muskullar orasida
C) paypaslagichlar asosida D) g‘ovak to‘qimasida
8. Planariyaning ovqat hazm qilish organlarini aniqlang?
A) og‘iz, halqum, oshqozon, ichak
B) og‘iz, halqum, ichak
C) og‘iz, ichak, oshqozon, kloaka
D) og‘iz, til, halqum, ichak
9. Halqali chuvalchanglarning teri-muskul xaltasi qanday qismlardan iborat?
A) tashqi va ichki epiteliy, halqasimon, bo‘ylama va qiyshiq muskullardan
B) tashqi epiteliy, bo‘ylama va qiyshiq muskullardan
C) xitin qavatidan, tasma shaklda joylashgan bo‘ylama muskullardan
D) tashqi va ichki epiteliy, halqasimon va bo‘ylama muskullardan
10. Gеrmafrodit hayvon bеrilgan javobni bеlgilang.
A) zaxkash B) gijja C) oq planariya D) ostritsa
11. Faqat odam organizmida rivojlanuvchi parazit chuvalchang(lar)ni ko‘rsating.
1) exinokokk; 2) jigar qurti; 3) bolalar gijjasi; 4) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi; 5) askarida
A) 1, 2, 4 B) 3 C) 5 D) 3, 5
12. Dengizda (a) va chuchuk suvda (b) yashovchi halqali chuvalchanglarni juftlab ko‘rsating?
1) nereida; 2) o‘troq chuvalchang; 3) qizil chuvalchang
A) a - 2, 3; b - 1 B) a - 1; b - 2, 3
C) a - 2, 3; b - 2 D) a - 1, 2; b – 3
13. Askarida va bolalar gijjasini yuqitirmaslik uchun nimalar qilish lozim?
A) daydi itlarga qarshi kurashish va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish
B) ko‘lmak suvlarini ichmaslik, sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvish
C) shaxsiy gigiyena qoidalariga qattiy rioya qilish, sabzavot va poliz mahsulotlarini yaxshilab yuvish
D) ko‘lmak suvlarini ichmaslik, daladan keltirilgan ko‘katlarni yaxshilab yuvish
14. Askarida(a) va yomg‘ir chuvalchang(b)ga xos belgilarni farqlang?
1)lichinka davri yo‘q; 2)tanasi qalin kutikula bilan qoplangan; 3)erkin yashovchi; 4)germafrodit; 5)ayrim jinsli; 6)tana devoir tashqi va ichki epiteliydan iborat; 7)lichinka davri mavjud;
A) a-2,5,7; b-1,3,4,6 B) a-2,4,5,7; b-1,3,6
C) a-1,2,4,6; b-3,5,7 D) a-3,5,7; b-1,2,4,6
15. Askaridaning ichagi…?
A)bir uchi yopiq B)ser shoxli
C)anal teshigi bilan tugaydi D) yo‘q
16. Askaridaning jinsiy sistеmasi bir uchi berk ingichka naychaga o‘xshash bo‘lib, tana bo‘shlig‘ida ... holda joylashgan.
A) duksimon B) naysimon C) taxlangan D) buralgan
17. Askaridaning lichinkasi qon orqali o‘pkaga borishdan oldin qaysi organlardan o‘tib boradi?
A) jigar, taloq B) jigar, yurak
C) taloq, buyrak D) ichakdan to‘gri o‘pkaga boradi
18. Hazm sistemasi qorin tomonida joylashgan og‘iz teshigidan, halqumdan va uch shoxli uchi berk ichakdan tashkil topgan hayvonni aniqlang.
A) jigar qurti B) exinokokk
C) oq planariya D) qoramol tasmasimon chuvalchangi
19. Bo‘rtma nematoda qaysi o‘simliklarda parazitlik qiladi?
A) bodring, pomidor, kartoshka B) kanop, beda, sebarga
C) makkajo‘hori, arpa, g‘o‘za D) barchasi
20. Bo‘rtma nematodalar qayerda parazitlik qiladi?
A) o‘simliklarning bargida
B) poya va gullarda
C) o‘simliklarning barcha yer ustki qismlarida
D) o‘simliklarning yer ostki qismida
21. Bolalar gijjasi (1), exinokokk (2), nereida (3) va qizil chuvalchang (4)lar qaysi tiplarga mansub? a) yassi chuvalchanglar; b) to‘garak chuvalchanglar; c) molluskalar; d) halqali chuvalchanglar
A) lb, 2a, 3c, 4d B) la, 2b, 3d, 4c
C) lb, 2a, 3d, 4d D) lb, 2a, 3d, 4c
22. Cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi odamga qanday holatida yuqadi?
A) finna B) spora
C) voyaga yetgan D) tuxum
23. Exinokokk tuxumlari qanday yo‘l bilan odamga yuqadi?
A) yaxshi yuvilmagan savzavotlar orqali
B) yaxshi pishirilmagan mol go‘shti orqali
C) zararlangan jigar orqali
D) kasal itni silaganda
24. Exinokokk parazit chuvalchangining asosiy xo‘jayinini aniqlang.
A) odam, qoramol
B) odam, uy hayvonlari
C) yirtqich hayvonlar
D) baliq, odam
25. Jigar qurtining qaysi holati suv shillig‘iga kiradi?
A) kiprikli lichinka B) tuxum
C) sista D) dumli lichinka
26. Exinokokkning oraliq xo‘jayini?
A) it va yirtqich hayvonlar
B) odam va o‘txo‘r hayvonlar
C) shilliq qurt
D) odam va yirtqich hayvonlar
27. Finna hosil qilmaydigan chuvalchanglarni ko‘rsating?
1) jigar qurti
2) bolalar gijjasi 3) exinokokk 4) cho‘chqa tasmasimon chuvalchangi
5) qoramol tasmasimon chuvalchangi
A) 1,2,3 B) 2,3,4 C) 3,4,5 D) 1,2,6
28. Gelmintlarga qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda qatnashgan olimni aniqlang.
A) P.Borovskiy B) K.Skryabin
C) O.Bogdanov D) J. Tomson
29. Gelmintologiya fani ... o‘rganadi.
A) zaharli o‘rgimchaksinionlarni B) parazit hasharotlarni
C) parazit chuvalchanglarni D) parazit o‘simliklarni
30. Har bir bo‘g‘imida bir juft tuxumdon, bitta bachadon va ko‘p urug‘donga ega bo‘lgan hayvonlarni ko‘rsating?
A) nereida, ostritsa
B) askarida, yomg‘ir chuvalchangi
C) qoramol tasmasimoni, cho‘chqa tasmasimoni
D) yomg‘ir chuvalchangi, exinokokk
Izzatillo Ma’rufjonov
+998 90 778 08 68