Falsafa ma’ruzalar matni



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/250
Sana20.08.2021
Hajmi1,02 Mb.
#152458
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   250
Bog'liq
falsafa

Mir Alisher Navoiydir (1441-1501). U Temuriylar xonadoniga taalluqli bo’lib, otasi G’iyosiddin kichkina 
Shahrisabzdan Qobulga borib qolgan barlos beklaridan edi. Navoiy Hirotda Xusayn Boyqaro saroyida turli 
lavozimlarda ishladi, 1472 yildan boshlab vazir etib tayinlandi. Shoir mamlakat obodonchiligi, ravnaqi va osoyishtaligi 
yo’lida ko’p ishlar qildi. Maktab, madrasa, masjid va xonaqolar, ko’prik, rabotlar, shifoxonalar qurdirdi, muhtoj va 
kambag’allarga yordam berdi, olimu shoirlarga homiylik qildi. 
Navoiy ijodi boy bo’lib, asarlari turli mavzularga bag’ishlangan. «Xamsa» ya’ni «Hayratul abror», «Farhod va 
Shirin», «Layli va Majnun», «Sab’ai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlari hamda «Lison ut — tayr», «Majolisun 
nafois», «Mahbubul qulub», «Holoti Pahlavon Muhammad», «Mezon ul-avzon», «Muhokamat ul-lug’atayn» va 
boshqalar. Bulardan tashqari, Navoiy «Xazoyinul maoniy» («Ma’nolar xazinasi») nomli she’riy to’plam yaratgan 
bo’lib, u 45 ming misraga yaqin g’azal, ruboiy, qit’a va fardlardan tashkil topgan. 
Navoiyning ijodi falsafiy fikrlarga boy bo’lib, unda jamiyat va inson munosabati, insonning baxt-saodati, komil 
inson va fozil jamoa, ta’lim-tarbiya haqidagi fikr-o’ylari o’z ifodasini topgan. 
Shoir ijtimoiy-falsafiy qarashlarining muhim xususiyati shundan iboratki, unda falsafiy fikrlar majoziy tarzda
badiiy o’xshatish va ramziy iboralar yordamida, zohiriy va botiniy ma’nolarda bayon qilinadi. 
Navoiyning ijodiy merosida insonparvarlik va komil inson g’oyasi muhim o’rinni egallaydi — shoirning 
«Xamsa»siga kirgan «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Saddi Iskandariy» kabi dostonlarining asosiy 
qahramonlari Iskandar, Farhod, Shirin, Layli, Majnun va boshqalar komil inson sifatida talqin qilinadi. Ular 
mehnatsevar, o’z kasbini ustasi, doimo o’zgalarga yordam beruvchi, shijoatkor va jasur, aqlli va bilimdon, saxovatli, 
to’g’ri so’z, sofdil, kamtar, o’zida xulq-odob, adolat, sabr-toqat, nafsni tiyish, olijanoblik kabi fazilatlarni 
mujassamlashtirgan shaxslardir. 
 
 


Navoiy xalq orasida insonparvarlik g’oyalarini tarqatdi, turli millat va elatlar o’rtasidagi do’stlikni ulug’ladi. 
Forobiy, ibn Sino, Beruniy va boshqalar singari, mukammal jamiyat haqida fikr yuritdi. Xalqni farovonlikka, baxt-
saodatga eltuvchi, hamma teng, zulm-istibdoddan holi bo’lgan davlat tuzumini orzu qildi. U ilm-fan egallashni afzal 
bildi, mol-mulkka, boylikka hirs qo’yishni, tamagirlikni qoraladi. Navoiyning yaxshilik, ezgulik, muhabbat, do’stlik, 
adolat, tinchlik, osoyishtalik va boshqa go’zal fazilatlar, ma’naviy-ahloqiy qadriyatlar to’g’risidagi qimmatli fikrlari, 
nasihatomuz so’zlari respublikamiz mustaqillikka erishgandan so’ng ham barkamol insonni tarbiyalashga xizmat 
qilmoqda. 
O’sha davrning ko’zga ko’ringan mutafakkirlaridan biri Kamoliddin Husayn Voiz Koshifiy (taxm.1440/1450 — 
1505 yillarda yashagan) bo’lib, O’rta Osiyo va Xurosonda axloq falsafasi rivojiga hissa qo’shgan. 
Koshifiy Sabzavor shahrida tavallud topadi, keyinchalik Abdurahmon Jomiyning taklifi bilan Hirotga ko’chib 
keladi. U qolgan umrini Hirotda o’tkazadi va shu erda vafot etadi. Koshifiy katta olim va mudarris bo’lib etishadi, butun 
umrini ilm-fan va nasru-nazm ravnaqiga bag’ishlaydi. U Navoiy va Jomiy bilan do’stona aloqada bo’ladi. «Mavlono 
Husayn Voiz Koshifiy taxallus qilur, sabzavorlikdur. Yigirma yilg’a yaqin borkim, shahardadur va mavlono zufundun 
va rangin va purkor voqe’ bo’lubtur. Oz fan bo’lg’aykim, dahli bo’lmag’ay. Xususan, va’z, insho va nujumki, aning 
haqqidur va har qaysida mashhur ishlari bor...» — degan edi Navoiy uning haqida. 
Voiz Koshifiy ilmning ko’p sohalarida ijod qilgan. U voizlik san’atini puxta egallagan, insho, ilohiyot, falakiyot, 
adabiyot, falsafa, axloq va pedagogika sohalarida ishlari bor. Olimning muhim risolalari «Axloqi muhsiniy» 
«Futuvvatnomayi sultoniy», «Anvari Suhayli», «Maxzanul-insho», «Risolayi xotamiya» va boshqalardir. Ushbu 
asarlarda mutafakkir davlatni oqilona boshqarish, insonga go’zal hulq-odob qoidalarini singdirish, ilm-fan va kasb-
hunarni egallash, tijoratchi va savdogarlar hulq-odobi, umuman ta’lim-tarbiya haqida qimmatli fikrlarni ilgari suradi. 
Olim o’z asarlarida hukmronlardan halqqa g’amxo’rlik qilishni, ularni haqsizlik va o’zboshimchalikdan muhofaza 
qilishni qo’rqmasdan talab qiladi. Uning ijtimoiy falsafiy va axloqiy g’oyalari hozir ham o’z tarbiyaviy qimmatini 
yo’qotmay kelmoqda. 
XV asrning oxiridan boshlab Temuriylar davlati sekin-asta inqirozga yuz tuta boshladi. Bunga temuriy shahzodalarining 
o’zaro urush-janjallari, tarqoqlikning kuchayishi, o’zaro nizolar, taxt uchun kurashlar natijasida mamlakatning bo’linib ketishi, 
iqtisodning tushkunlikka uchrashi sabab bo’ldi. Natijada Mavorounnahr Shayboniyxon tomonidan bosib olindi. 
Temur avlodidan bo’lgan Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) o’sha davrning eng ma’rifatli 
podsholaridan biri edi. Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tug’ilgan Bobur keyinchalik Hindistonda ulkan 
saltanatga asos soldi. Bobur davrida hind diyori gullab yashnadi, undagi madaniyat yuksak darajaga ko’tarildi. 
Hindistonning XX asrdagi eng atoqli kishilari Mahatma Gandi va Javoharlal Neru ham Bobur va boburiylar — Shoh 
Jahon, Avrangzeb va Akbar kabi temuriyzodalarga juda katta baho berganlar. 
Ichki kelishmovchiliklar natijasida o’z yurtini tashlab ketishga majbur bo’lgan Bobur avval Qobulda, so’ngra esa 1526 
yilgi Panipat jangida ibrohim Lo’di ustidan g’alaba qozonib, Hindistonda o’z hukmronligini o’rnatdi. «Boburiylar sulolasi» 
Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilib, temuriylar davlati va madaniyatining davomchisi sifatida mashhur bo’ldi. 
Boburning xizmati shundaki, u Hindistonni markazlashgan davlatga aylantirdi, mamlakatda tinchlik o’rnatdi, 
obodonlashtirish va qurilish ishlarini rivojlantirdi, karvonsaroylar, me’moriy yodgorliklar, bog’chalar, kutubxonalar barpo 
qildi, madaniyat, san’at, adabiyot va ilm-fanni yuksaltirdi. Bobur ilm-fan, san’atga katta qiziqish bilan qaragan, yuksak aql 
egasi, qomusiy bilimga ega bo’lgan davlat arbobi, olim va shoirdir. 
Boburiylarning ko’pchiligi ma’rifatchilik bilan mashg’ul bo’ldilar, olimu fuzalolar bilan maslahatlashib turdilar. 
Ularning yana bir xizmati islom va budda diniga e’tiqod qiluvchi musulmon va hindularni kelishtirishga, ahil yashashga 
chaqirishda bo’ldi. 
Boburning mashhur tarixiy asari «Boburnoma»dir. Bulardan tashqari, u huquqshunoslikka oid «Mubayyin», aruz 
ilmiga oid «Mufassal», musiqa bo’yicha «Musiqiy», harbiy ishlarga oid «Harb ishi» risolalarini yozgan. «Boburnoma» 
o’sha davrdagi Markaziy Osiyo, Hindiston, Afg’oniston, Eronning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayotini, savdo 
munosabatlari, jug’rofiyasi, hayvonot va nabotot olamini, iqlimi, qabila va elatlarning urf-odatlari, marosimlari, 
turmush tarzini va marosimlarini aks ettirgan asardir. 
Bobur o’zining lirik she’rlarida ishq, muhabbat, Vatan sog’inchi, mehr, vafo, insoniylik, do’stlik, yaxshilik va 
mehr-oqibatni kuyladi. 
Javoharlal Neru Boburning Hindistondagi faoliyatiga katta baho bergan edi. Neru Boburning dilbar shaxs ekanligi, 
mard va tadbirkorligini, san’atni sevganini va umuman, Hindiston uchun ko’p ish qilganligini ta’kidlagan edi. Bobur va 
boburiylarning siyosiy, madaniy faoliyatlari Hindiston va O’zbekiston o’rtasidagi do’stlik rishtalarini mustahkamlashda 
hozir ham muhim rol o’ynamoqda. 
Shunday qilib, XIV-XV asarlarda Movarounnahr va Xurosonda madaniy yuksalish yuz berdi. Buni olimlar Renessans 
davri ham deb atamoqdalar. Ba’zi olimlar esa, bu atamaning Sharq mamlakatlariga to’g’ri kelmasligi to’g’risida o’z fikrlarini 
aytmoqdalar. Nima bo’lganda ham Evropada XV-XVI asarlardagi ko’tarinkilik, Renessansning muhim xususiyatlari 
 
 


Markaziy Osiyoda ro’y bergan madaniy yuksalish bir-biriga ko’p tomonlari bilan o’xshab ketadi. Bular orasida 
mushtarakliklar ko’p. 
XIV-XV asrlar moddiy va ma’naviy yuksalishining muhim xususiyati yana shundan iboratki, bu davrda ishlab 
chiqarish o’sdi, ichki va tashqi savdo, hunarmandchilik, dehqonchilik rivojlandi, xorijiy mamlakatlar bilan diplomatik 
va madaniy aloqalar o’rnatildi, inson aql-zakovati va uning eng yaxshi fazilatlariga e’tibor kuchaydi, ilm-fan va san’at 
rivoj topdi, qomusiy olimlar etishib chiqdi, madaniy merosni o’rganishga qiziqish ortdi. Temur va temuriylar davridagi 
madaniy yuksalish hozir ham o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Ular mustaqil davlatimizni mustahkamlashda, madaniy-
ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda, milliy g’oya va mafkurani shakllantirishda ma’naviy ozuqa 
vazifasini o’tamoqda. 
 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish