Falsafa ma’ruzalar matni



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/250
Sana20.08.2021
Hajmi1,02 Mb.
#152458
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   250
Bog'liq
falsafa

Iqtisod va ma’naviyat. Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti va ma’naviy yuksalish o’rtasidagi bog’lanish turli olimlar 
va faylasuflar tomonidan turlicha izohlangan. Bu izohlar ko’pincha bir-birini mutlaqo inkor qiluvchi xarakterda bo’lgan. 
Ma’naviyat va iqtisodiyot o’rtasidagi munosabatlar ba’zan yalpi miqyosda tahlil qilinsa, ba’zan ma’naviyatning 
 
 


muayyan tarkibiy qismlari, xususan, axloq, mafkura, din, ruhiyat kabilarning iqtisodiyotga o’tkazadigan ta’siri 
o’rganilgan. 
Masalan, «Ma’naviyat — millat nishoni» kitobida A. Erkaev ta’kidlagani kabi, XX asrdagi yirik faylasuflardan biri 
Maks Veberning eng katta xizmatlaridan biri uning xristian dinidagi protestantlik mazhabining iqtisodiy taraqqiyotga 
o’tkazgan ta’sirini kashf etishida bo’ldi. Uning nazariyasiga ko’ra, boylikni, boylik orttirishga intilishni uncha 
xushlamaydigan xristian dini mazhablari iqtisodiy taraqqiyotga muayyan darajada to’sqinlik qilgan. Boylikni xudoning 
ne’mati, unga intilishni esa bandalarning burchi deb talqin qiladigan protestantlik esa iqtisodiy taraqqiyot va kapitalistik 
munosabatlarning rivojlanishiga kuchli turtki bergan. 
Iqtisodiyot va ma’naviyatning o’zaro bog’liqlik darajasi, ular o’rtasidagi o’zaro ta’sirning har bir yo’nalishidagi 
kuchi va davomiyligi turli davrlarda turlicha bo’lgan. Tarixga loaqal umumiy tarzda ko’z yugurtirib chiqilsa, ularning 
parvozi ham, tanazzuli ham ko’pincha bir paytda yuz berganini ko’rish mumkin. 
Qadimgi Yunoniston va Rimda ma’naviyat yuksak cho’qqilarga ko’tarilganini hamma biladi, lekin aynan, shu 
davrda bu hudud iqtisodiyoti o’sha davr jahon taraqqiyotining eng yuksak cho’qqilari bo’lganini hamma ham bilmaydi. 
Movarounnahr tarixida ham ma’naviyat va iqtisodiy taraqqiyot, ularning inqirozi baqamti yuz berganini ko’rish 
mumkin. Jumladan, milodiy IX-XII asrlarda bu mintaqada ham ma’naviy, ham iqtisodiy sohada ulkan ko’tarilish yuz 
berdi. Bu davr to’g’risida so’z yuritganda, tarixchilar asosan ma’naviy yuksalish to’g’risida gapiradilar. To’g’ri, Sharq 
uyg’onish davri dunyoviy va diniy ilmlar, adabiyot va san’atning mislsiz rivoji bilan xarakterli. Shu davrda yuzlab va 
minglab ulkan allomalar etiishib chiqdiki, ular nafaqat shu hududda yashovchi xalqlar, balki butun insoniyat faxriga 
aylandilar. Shundaylar jumlasiga Ahmad Farg’oniy, Yusuf xos Xojib, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu 
Ali ibn Sino, al-Xorazmiy, Zamahshariy, imom Buxoriy, imom Termiziy, va boshqa ko’plab olimu fuzalolarni kiritish 
mumkin. 
Ularning ko’pchiligi haqida ilmiy risola va badiiy asarlar endigina yozila boshlagan bo’lsa-da, shu dastlabki 
namunalarning o’zidan ham ma’naviy ko’tarilish ko’lamini tasavvur qilsa bo’ladi. Lekin bu davrdagi iqtisodiy 
yuksalish to’g’risida juda kam yozilgan. Holbuki, iqtisodiy o’sish ham kishini hayratga soladigan darajada edi. Bunga 
yozma manbalarga murojaat etib, ishonch hosil qilish mumkin. Iqtisodiy rivojlanish umuman savdoning, xususan tashqi 
savdoning qaydarajada rivojlanganligida o’z aksini topadi. Uyg’onish davrida O’rta Osiyoda tashqi savdo qay darajada 
rivojlanganligi to’g’risida tasavvur hosil qilish uchun manbalarga murojaat etish mumkin. Movarounnahrning o’zida 
savdo va iqtisodiyot rivojlanishidan tashqari, bu erlik savdogarlar dunyoning uzoq mamlakatlarida ham faol savdo 
ishlari olib borgan. 
1150 yilda Vengriyaga borgan arab sayyohi Abu Hamid al-Harnatiy u erdagi bozorlar va savdogarlar to’g’risida 
shunday yozgan edi: «Unkuriya deb ataluvchi bu mamlakat 78 shahardan iborat. Bu shaharlardan har biri ko’plab qal’a, 
qishloq, tog’, o’rmon va bog’larga ega. Ularda minglab mag’ribliklar yashaydi. Ularning son-sanog’i yo’q. Ularda 
minglab xorazmliklar ham yashaydi. Ularning ham son-sanog’i yo’q. Xorazmliklar savdo bilan shug’ullanadi va 
podshoga xizmat qiladi» 
Iqtisodiyot va ma’naviyatning o’zaro uzviyligini faqat ma’naviyat bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar emas, 
iqtisodchi olimlarning ko’pchiligi ham chuqur anglaganlar. Masalan, XX asrning ko’zga ko’ringan iqtisodchilaridan biri 
Jon Meynard Keyns bu aloqadorlikni anglabgina qolmay, o’zining fandagi xizmatini asosiy ruhiyat qonuni deb atalgan 
qonunni kashf etishda, deb bilgandi. Bu qonunga ko’ra, daromadlarning o’sishi, boylik ortishi natijasida iste’molga 
bo’lgan mayl pasayadi. Odamlarda hisob-kitob bilan iste’mol qilish, ehtiyotkorlik, baxillik kabi xususiyat va motivlar 
paydo bo’ladiki, ular endi talabning pasayishiga va u orqali ishlab chiqarish sur’atlarining sekinlashishiga olib keladi. 
Keyns jami sakkizta shunday motivni aniqlagan edi. Keyns aniqlagan motivlar va ularning ishlab chiqarishga ta’siri 
alohida bahs talab qiladi. Lekin iqtisodchi sifatida jahonga mashhur bo’lgan olimning ruhiyatga aloqador masalalar 
bilan jiddiy shug’ullanishi e’tiborga molikdir. 
Ma’naviyat iqtisodiy jarayonlarni harakatga keltiruvchi, rivojlantiruvchi muhim omillardan hisoblansa ham, uning 
o’zi iqtisodiyot bilan uzviylikda yuqori cho’qqilarga ko’tarilishi mumkin. U iqtisodiy tushkunlik davrida ham rivojlana 
olsa-da, uning haqiqiy yuksaklikka ko’tarilishi iqtisodiy o’sish, rivojlanish davrida yuz beradi. Bunga G’arb tarixi ham, 
Sharq tarixi ham guvohlik beradi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, Sharqdagi Uyg’onish davrida ma’naviyatning gullab-yashnashi iqtisodiyotning barq 
urib rivojlanishi bilan birga kechdi. Keyinroq G’arb Uyg’onish davrida ham ma’naviyat va iqtisodiyot birgalikda 
rivojlangan edi. Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin. Ma’naviyatning iqtisodiyot tushkunlikka uchragan 
hollarda ham rivojlanaverishi nisbatan qisqa davrda va cheklangan hududlarda yuz bergan. 
Bundan tashqari, ma’naviyat iqtisodiyotdan uzoqlashar ekan, asta-sekin inqirozga yuz tutgan. Buning sababi 
shundaki, jamiyat hayoti o’zaro bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan ikki qism — iqtisodiy va ma’naviy hayotga 
bo’linadi. Ularni bir-biriga qarshi qo’yish, bir-biridan ajratish voqelikka zid bo’lib, oxiri muvaffaqiyatsizlik bilan 
tugaydi. 
 
 


XIX-XX asr adabiyotining mumtoz namunasi hisoblangan Balzak, Edgar Po, Jek London, Folkner singari 
yozuvchilar yaratgan qahramonlar ham pul va boylik to’plash to’g’risida tunu kun bosh qotiradi. Boylik to’plash uchun 
ular qahraton shimolga yoki jazirama janubga boradilar. Ular qilgan qabohatlar ham, qahramonliklar ham boylik bilan 
bog’liq edi. Bu yozuvchilar ijobiy qahramonlarning olijanob ishlarini ta’riflashda boylik qanday o’rin tutganini e’tirof 
qilish bilan birga, qabohatlarning kelib chiqishiga ham boylik sabab bo’lganini ishonarli bo’yoqlarda tasvirlagan. 
Biz Maks Veber protestantlik mazhabi jamiyatning boyishiga katta turtki berganini kashf qilgani haqida gapirdik. 
Savdo xodimlari, hisobchi-buxgalterlar, omborchilar, dallollar singari iqtisodiy hayotning zarur odamlarini faqat qora 
bo’yoqlarda tasvirlagan sobiq sovet adabiyoti esa jamiyatning boyishiga, iqtisodiy jihatdan yuksalishiga hissa qo’shishi 
mumkin emas edi. Mana shu misol ham adabiyot va san’at, umuman, ma’naviyat iqtisodga teskari qarab olganda inqirozga 
uchrashi va iqtisodiy taraqqiyotga to’siq bo’lib qolishini ko’rsatadi. 
 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   250




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish