Ma’naviyat — ochiq tizim. Butunlik sifatida ma’naviyatning eng asosiy xususiyatlaridan biri uning ochiq tizim
ekanidadir. Ma’naviyatning asrlar va ming yilliklar davomida uzluksiz rivojlanib borish sababi ham xuddi mana shu
ochiqlikda. Ma’naviyatni tashkil qiluvchi unsurlarning har biri boyib va boshqa unsurlar bilan mutanosiblikda rivojlanib
borgani sari ma’naviyat ham boyib, rivojlanib boradi. Bu rivojlanish shuningdek, eskirgan unsurlarning chiqib ketishi
va yangi unsurlarning kirib kelishi evaziga ham ro’y beradi. Agar jahondagi biror xalq o’z ma’naviyatini boshqa xalqlar
ma’naviyatiga qarshi qo’ysa, yoki ulardan ihotalab olsa, u tanazzulga yuz tutadi. Har bir xalq ma’naviyati boshqa
xalqlar ma’naviyatidan oziqlanib va ularga oziq berib boyiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |