Рахмонова Д.Б. Бошкарув психологияси.Маъруза матни.2010/11 укув йили
61
-o’zingiz guvoh bo’lgan yoki qatnashgan nizolardan misol keltiring.
-bu nizo nima bilan tugagan?
-Siz bunda nimani his qilgansiz?
-umuman har qanday nizoning sababi nimada deb o’ylaysiz?
TO’RTTA KICHIK GURUHDA ISHLASH.
Quyida ko’rsatilgan sabablarga ko’ra nizolarning qanday ko’rinishlari
vujudga kelishi mumkin:
noto’g’ri berilgan og’zaki informatsiya - A guruh
bid’atlar - B guruh
stereotiplar - S guruh
kamsitishlar - D guruh
10 minutdan so’ng har bir guruh o’z ishini 2 minutdan himoya qiladi. Har bir
guruhning ishi shgab qo’yiladi.
"BUZUQ TELEFON" o’yini. MAQSAD: Og’zaki informatsiya buzilishi
mumkinligini ko’rsatish. SHARTI: Informatsiyani diqqat bilan eshitib, boshqa
odamga aytib berish.
OG’ZAKI INFORMATSIYa MATNI.
Mening hamkasbim Hamidovaning iti yo’qolib qoldi, it chiroyli, oppoq edi. U
hamma do’stlariga telefon qilib surishtirib chiqdi.
Xo’jaeva, juda g’amxo’r ayol, kech tunda taksida uyga qaytayotib,
hamkasbimiz Erkaevning onasini tug’ilgan kunidan kelayotib, Qoplonova, eng
yaxshi dugonasining uyi yaqinida shunga o’xshash kuchukni ko’rib qolibdi.
Kech bo’lishiga qaramay, u bir iloj qilib Hamidovaga telefon qilib quvonchli
xabarni aytibdi.
Hamidova Xo’jaeva bilan Qoplonovaning uyi orasidagi yo’lni yaxshi
bilganligi uchun, universam bilan tungi bar orasida 3 soat sarson bo’lib yurib,
ertasiga uyqusizlikdan ishga chiqolmadi. Qoplonovaga uni ishida almashtirishga
to’g’ri keldi, chunki u Hamidovaning ahvolini tushundi.
GURUHGA SAVOLLAR: 1. Fikringizcha o’yinning mazmuni nimada?
Noto’g’ri berilgan og’zaki informatsiya nizoga sabab bo’lgan voqeani eslay
olasizmi?
SHunday paytda nizoning oldini olishga muvaffaq bo’lganmidingiz?
AGAR NIZONING SABABI BID’ATLAR BO’LSA ...
Bunday nizolar uzoq vaqt davomida, odamlarning tafakkur tarzi o’zgarishi
bilan hal qilinadi. CHunki bid’atlar ko’p holatlarda odamlarda ichki ruhiy
o’ng’aysizlikni keltirib chiqarib, nizoli vaziyatning avj olib ketishiga sabab bo’ladi.
Agar nizoda ishtirok etayotgan odamlarning tafakkuri o’zgarmasa, bunday nizolarni
to’xtatish qiyin bo’ladi. Bunday bid’atlarga diniy, milliy-etnik, siyosiy, iqtisodiy,
maishiy, ijtimoiy bid’atlarni mysol qilish mumkin.
Bid’atlar negativ-salbiy stereotiplarni hosil qiladi. M: qora mushuk yo’lni
kesib o’tsa noxushlikni kutaver. Bid’at ta’siriga berilgan odam esa bunday holatda
har qanday nizoga ichki, ruhan tayyor bo’ladi, bunday odam o’zi xohlamagan holda
boshqalarni nizoga undashi, g’alamislik qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |