Рахмонова Д.Б. Бошкарув психологияси.Маъруза матни.2010/11 укув йили
66
Ma’lumki boshqaruv jarayoni uchun ijrochilikning psixologik xususiyatlari va
ularning o’ziga xosligi muhim ahamiyatga ega. Xuddi shu boisdan jamoa guruh va
ularning a’zolari yuzasidan muayyan darajadagi psixologik ma’lumotlilik faoliyat
va muomalali tashkil qilish, uyushtirish muloqotga kirishishi voqelikga tortilganlik
masalalarni e’tiborga olish boshqaruv jarayonini maqsadga muvofiq amalga
oshirishni ta’minlaydi.
Rahbarlik psixologik savodxonlik har qaysi alohida xususiyat, vaziyat, holat,
ziddiyat, shaxs qarshiligi, munosabat muammo yechimiga oqilona va omilkorlik
bilan individual yoki differentsial yondashishni amaliyotga tatbiq etishga keng
ko’lamli imkoniyat puxta shart – sharoit shaxsiy uslub vujudga kelishiga negiz
yaratadi. Binobarin rahbar xodimlarning individual tipologik xususiyatlari bo’yicha
psixologik bilimlar bilan qanoat hosil qilmasdan, balki ijtimoiy psixologik holatlar,
qonuniyatlar, hodisalar rivoji, ularni keltirib chiqaruvchi omillar harakatlanuvchi
mexanizmlar ijtimoiy muammolarning yechimi jarayonda qat’iy qabul qilish va uni
bajarilishi bosqichlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan qo’llanilishi lozim. Aks
holda jamoa guruh singari mikrotuzilmalarni boshqarishda psixologik muhitni
barqarorlashtirida shaxslararo munosabatlarni to’g’ri tashkil qilishda ishlab
chiqarishni yo’lga qo’yishda odamlar o’rtasida o’zaro ta’sir, ta’sirlanish, taassurot
o’zaro tushunish hamdardlik kabi murakkab kechinmalarkuchi davomiyligini
anglab yetishda nuqson va kamchiliklarga yo’l qo’yiladi.
Ishchilar, xodimlar, dehqonlar xullas ijrochilarning psixologik masalalari
quyidagilardan iborat bo’lib, mehnatkashlar fazilatlarining ijtimoiy psixologik
umumiy xususiyatlari va ijtimoiy guruhlarning o’ziga xosligi sinfiy, kasbiy
xususiyatlari u yoki bu norasmiy ommaviy tizimga taalluqli kabi ruhiy umumiylik,
uyg’unlik bog’liqlik, mutanosiblik, moslik, e’tiqod ishonch va unga tortilganlikni
o’zida aks ettiriladi:
-
Umuminsoniy, umumbashariy onglilik;
-
Boshqaruv faoliyatida qatnashish imkoniyati;
-
Sobitqadamlik va uning o’ziga xosligi namunasi;
-
Ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, xobbi;
-
Turlicha shakldan mulkni ko’paytirish va uni asrash hissi;
-
O’zini o’zi kamol toptirish tuyg’usining mavjudligi;
-
Ixtirochilik, kashfiyotchilik, uyushqoqlik tashkilotchilik qobliyati va uning
rahbarlik hamda hamkorlik faoliyatida unumli foydalanishni, bunda diagnostik,
prognostik metodlarni qo’llash;
-
O’zaro yordam, o’zaro hurmat o’zaro qo’llab – quvvatlash hissining
mavjudligi va ularni o’z o’rnida tatbiq etish;
-
U yoki bu kasbga taalluqligi va kasbiy mukammalligi;
-
Muayyan millatga mansubligi va ma’naviyatga munosabati;
-
Ma’lum sinfga aloqadorligi va undan g’ururlanish;
-
G’oyaviy – siyosiy e’tiqodi, ishonchi va iymoni;
-
Jinsi yoki kamolot darajasi aql ko’rsatkichi, balog’at bosqichi;
-
Siyosiy partiyaga ijtimoiy ittifoqqa ommaviy harakatlarga a’zoligi va
boshqalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |