AGAR NIZOGA STEREOTIP SABAB BO’LGAN BO’LSA ...
Fikrimizcha stereotipni barcha imkoniyat va usullar bilan buzib tashlashga
harakat qilish kerak. Ana shunda stereotip pardasiga yashiringan individual ijobiy
sifatlar ochiladi, inson o’zining jalb etuvchi butun borlig’i bilan namoyon bo’ladi.
"Tasodifiy qirralarni o’chirib tashlasang, olamning go’zalligini ko’rasan". V.
BRYuSOV.
Lekin bu yerda bitta muhim jihat bor. Olamni go’zal ko’rishga intilish ikki
taraflama bo’lishi kerak. Qars ikki qo’ldan bo’lishiga erishish esa nihoyatda qiyin
bo’ladi. Umuman "bir narsani niyat qilishdan oldin yaxshilab o’yla, shu niyating
amalga oshib qolsa nima bo’ladi?"- deganlaridek, biron bir stereotipni buzish
shartmi, buzishdan nima naf? - degan savolni ham o’ylab olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |