Lider - ahamiyatli vaziyatlarda qolgan ishtirokchilarning xulqiga sezilarli
ta’sir ko’rsata oladigan guruh a’zosidir.
B.D.Parыgin lider bilan raxbar o’rtasidagi quyidagi farqlarni aniqlagan:
Raxbar rasmiy yul bilan tayinlanadi, lider norasmiy yul bilan ko’tariladi.
Raxbarga qonun tomonidan huquq va vakolatlar berilgan, lider bunday huquq
va vakolatga ega emas.
Raxbar guruh manfaatlarini guruhlararo munosabatlar tizimida namoyon
qiladi, lider faoliyati guruhning ichki faoliyati bilan cheklangan.
Raxbar guruh faoliyati uchun qonun oldida javob beradi, liderda bunday
ma’suliyat yo’q.
Liderlik muammosi buyicha sotsial psixologiyada bir necha nazariyalar
mavjud.
Liderlik - kichik guruhdagi dinamik jarayonlarga taalluqli bo’lib, guruhdagi
bo’ysunish va xukmronlik munosabatlarini aks ettiruvchi tushunchadir. Liderlik
ayni paytda ob’ektiv (konkret vaziyatda guruhning maqsad va vazifalari), sub’ektiv
(guruh a’zolarinig individual tipologik xususiyatlari, qiziqishlari, extiyojlari)
shuningdek liderning guruh faoliyatining tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida
xarakatlari omillariga bog’liqdir.
Liderlik roli nazariyasiga ko’ra (amerikalik tadqiqotchi R.Beylz) liderlik bu
aloxida rolni qabul qilishdir. Ikkita bir biridan sezilarli farq qiladigan liderlik roli
mavjud. Birinchisi - professional roli, bajarilayotgan ish yuzasidan lider tomonidan
bildirilayotgan va paydo bo’lgan muammoni xal qilishga mo’ljallangan taklif va
fikrlar. Ikkinchisi - «ijtimoiy - emotsional mutaxassis» roli, shaxslararo
munosabatlardagi muammolarni hal qilish bilan bog’liq bo’lgan liderlik.
Guruh faoliyatining samaradorligi uchun xar ikkala liderlik shakly mavjud
bo’lishi kerak.
Xususiyatlar nazariyasiga ko’ra liderlikning asosiy determinanti noyob
liderlik sifatlariga ega bo’lishdir. Bu nazariyaga ko’ra ayrim odamlar tug’ma liderlik
sifatlariga ega bo’ladilar (shuning uchun ham bu nazariyaning yana bir nomi
xarizmatik nazariya deb ataladi).
Interaktiv nazariyaga binoan xar qanday guruhda liderlikni kim zimmasiga
olishini bashorat qilish mumkin. Buning uchun guruh aьzolari xarakteristikasi,
vujudga kelgan vaziyat, bajarilayotgan vazifa, shuningdek liderlikka nomzodning
individual psixologik xususiyatlarini o’rganib, hisobga olish kerak.
Vaziyat nazariyasi tadqiqotchilari (M; Amerikalik tadqiqotchi F.Fidler)
fikriga ko’ra «Vazifaga mo’ljal olgan» yoki «odamlarga mo’ljal olgan» lider
faoliyatining samaradorligi guruhdagi sharoitga bog’liqdir. Liderlik funktsiyasini
amalga oshirish uchun o’ta qulay va o’ta noqulay sharoitlarda «vazifaga mo’ljal
26
olgan» lider katta natijalarga erishadi. O’rtacha qulay vaziyatlarda esa «odamlarga
mo’ljal olgan» lider ustunlik qiladi.
Sintetik yoki kompleks nazariya tarafdorlarining ta’kidlashicha liderlik bu
shaxslararo munosabatlarni tashkil qilish jarayonidir, lider esa bu jarayonni
boshqarish subьektidir. Liderlik - guruh funktsiyasidir, uni guruh maksadlari va
vazifalarini hisobga olgan holda o’rganish kerak. Sintetik model liderlik
jarayonining uchta asosiy qismiga eьtiborni qaratadi; lider, ergashuvchilar va
vaziyat
Liderlik uslubi - lider yoki raxbar tomonidan unga buysunuvchi yoki unga
qaram bo’lgan odamlarga tahsir ko’rsatish uchun qo’llaniladigan usul va metodlar
to’plamidan iboratdir Liderlik uslubi Kurt Levin tomonidan taklif qilingan bo’lib u
va shogirdlari tomonidan uchta uslub ajratilgan: avtoritar, demokratik va liberalь
Do'stlaringiz bilan baham: |