Mavzuni mustaxkamlash uchun savollar:
Faoliyatni boshkarish motivi nima?
Motiv va motivatsiya nima?
Boshkaruv motivi nimadan iborat?
Motivatsiya va extiyoj xakida gapiring.
Mavzu №4: Liderlik psixologiyasi.
Reja: 1. Rahbarlik sifatlari. Raxbarning ishbilarmonlik va shaxslilik xususiyatlari.
2. Lider xususiyatlari xakidagi kontseptsiyalarning talkini va taxlili.
3. Liderlik uslublari.
4. Liderning yunalganlik shkalasi.
5. Liderlikning ikki ulchamli modeli: «Tashabbus» va «uzaro munosabatlar» lider
xatti-xarakat turining omili sifatida.
Lider asosan, guruxdagi shaxslararo munosabatlarni boshqaradi. U xech
qachon yolg’iz bo’lmaydi, gurux a’zolarini u yoki bu xarakatlarga chorlaydi.
CHunki lider gurux a’zolarining psixologiyasi, ularning kayfiyatlari, intilishlari,
qiziqishlari va xokazolarini xammadan xam yaxshi biladi. Ular ichida eng
tashabbuskoridir. Bundan tashqari, liderlikning uslublari va sifatlari xam aloxida
o’rganilgan.
Guruxda raxbarlik xaqida fikr ketganda, avvalo, gurux xaqida qisqacha
psixologik izox bermoqchimiz.
Gurux - bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, mulokot xamda umumiy
maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Guruxni aloxida shaxslar tashkil
etadi, lekin xar bir gurux psixologiyasi uni tashkil etuvchi aloxida shaxslar
psixologiyasidan . farq qiladi va o’ziga xos qonuniyatlarga bo’ysunadi. Ayni shu
qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruxlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalashning
asosiy mezonidir. SHu guruxdagi rasmiy munosabatlarning boshqaruvchisi
raxbardir. Guruxda raxbarlik, maqsadga qaratilgan, jamiyatda ishlab chiqilgan
normalar, tartiblar asosida, saylovlar oqibatida sodir bo’ladi. Bundan tashqari,
raxbar liderda yo’q bo’lgan rag’batlantirish tizimiga ega bo’lib, shu asosda o’z
xodimlariga ta’sir o’tkazishi mumkin. Raxbar guruxda u yoki bu qarorlar va
ko’rsatmalarni o’z ixtiyoricha bajara olmaydi, u ko’plab rasmiy ko’rsatmalar,
rejalar, normalar, buyruqlar doirasidan chiqib ketishi qiyin bo’ladi.
23
Guruxdagi o’zaro munosabatlar yuqoridan pastga yoki aksincha bo’lab, gurux
a’zolarining konkret mavqelari, boshliq bilan buysunuvchilar o’rtasidagi
munosabatlarni o’z ichiga oladi. Bu borada «lider» va «boshliq» tushunchalari
o’rtasidagi farqlar xaqida gapirish mumkin. B.D. Parigin bu ikki tushunchani
farqlab shunday yozadi:
1. Lider guruxdagi shaxslararo munosabatlarni boshqarsa, raxbar shu
guruxdagi rasmiy munosabatlarni boshqaradi;
2. Liderlik kichik guruxlardagina xos bo’lgan xodisa bo’lsa, raxbarlikning xaq-
xuquqlari katta guruxlar doirasida xam sodir bo’lishi, amalga oshirilishi mumkni;
3. Agar liderlik stixiyali, betartib jarayon bo’lsa, raxbarlik maqsadga karatilgan,
jamiyatda ishlab chiqarilgan normalar, tartiblar asosida saylov oqibatida sodir
bo’ladigan xodisadir;
4. Liderlik raxbarlikka nisbatan vaqtinchalik xodisa bo’lib, gurux
a’zolarining kutishlari, ularning kayfiyatlari, faoliyat yo’nalishiga qarab uzoqroq
muddatda yoki qisqa muddatda ro’y beradi;
5. Raxbarning liderdan farqi yana shundaki, u liderda yo’q bo’lgan jazolash
va rag’batlantirish tizimiga ega bo’lib, shu asosda o’z xodimlariga ta’sirini
o’tkazishi mumkin.
Bu psixologik ta’sir shundayki, biron - bir manfaatni ko’zlab qilingan ishda
erishilgan yutuqlar uchun boshliq xodimlarini ko’tarinki rux bilan rag’batlantirib
mukofatlab tursa, o’sha yerda xodimlar o’zlari bilmagan xolda boshliqqa nisbatan
ijobiy munosabatda bo’lishada;
6. Lider guruxda u yoki bu qarorlar, ko’rsatmalar, tashabbuslarni o’z ixtiyoricha,
bevosita chiqarish mumkin. Raxbarda esa bu yo’nalishda ko’plab rasmiy
ko’rsatmalar, rejalar, normalar, buyruqlar mavjudki, raxbar- bщlar doirasidan
chiqib ketishi kiyin.
Ko’p xollarda raxbar lider uslubini qo’llasa, bu jamiyat tamonidan
«o’zboshimchalik», «qonunga bo’ysunmaslik» deb qoralanadi.
7. Liderning faoliyati faqat kichik guruxlar
doirasida amalga oshiriladi, raxbar shu guruxdagi, kengroq ijtimoiy doiradagi,
jamiyatdagi vakil bo’lgani uchun vakolatlari xam keng, faoliyat imkoniyatlari xam
ortiqdir.
Liderlik xodisasi to’g’risida gap ketar ekan, liderlik nazariyalari xaqida xam
qisqacha to’xtalib o’tish o’rinlidir. Xozirgi kunga qadar liderlik to’g’risida asosan,
uchta nazariya mavjud.
Birinchisi, «Liderlik sifatlari nazariyasi»dir. Uning moxiyati shuki, xamma
xam lider bo’la olmaydi, ayrim shaxslarda shunday sifatlar yig’indisi tug’ma
mavjud bo’lib, bu sifatlar ular uni guruxda lider bo’lishini ta’minlaydi. Masalan,
1940 yilda amerikalik K.Berd 79 sifatdan iborat bo’lgan liderlik qirralari ro’yxatini
tuzdi. Bu ro’yxatda liderlik qirralari, jumladan, tashabbuskorlik, mulokotga kirisha
olishlik, yumor xissi, o’ziga ishonch, tez va aniq qarorlar qabul qila olish,
tashkilotchilik kabi sifatlar bor edi. Lekin bu nazariyaning xatoligi shunda
ediki, birinchidan, u yuqoridagi sifatlar qanday qilib namoyon bo’ladi - yu, qanday
shakllanishini tushuntirib bera olmaydi, ikkinchidan, so’rovlar mobaynida bitta
24
sifat xam mutloq ko’p marta qayt etilmadi. Bundan ko’rinib turibdiki, liderlik
murakkab psixologik xodisa.
Ikkinchi nazariya liderlikning vaziyatga bog’liqligi nazariyasidir. Bu yerda
asosiy g’oya - lider vaziyatning maxsuli degan g’oyadir. Xar. bir odamda liderlik
sifatlari bor, lekin ayrim vaziyatlar, ayrim shaxslarning o’zlarini ko’rsatishlari,
lider bo’lishlari uchun qulay xisoblanadi.
Yuqoridagi ilk nazariyani tanqid qilish natijasida paydo bo’lgan uchunchi
nazariya liderlikning sintetik nazariyasidir. Bu nazariya liderni guruxiy
munosabatlarning bevosita maxsuli deb qaraldi. Liderning ro’yobga chiqishida
guruxning birlamchi rolini ilgari suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |