Buxoro davlat universiteti «Psixologiya» kafedrasi



Download 3,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/116
Sana19.08.2021
Hajmi3,52 Mb.
#151913
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116
Bog'liq
12.Бошкарув психологияси

Liberal  rahbar  -  bu  rahbarning  kayfiyatini,  ishga  munosabatini,  ishdan 

mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda ta’qiqlash, po’pisa bo’lmaydi, 

uning o’rniga ko’pincha, ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilangina cheklanadi 

xolos. Jamoada hamkorlik yo’q. Boshliq jamoaning muammolarini ishning baland-

pasti  bilan  qiziqmaydiganday,  go’yoki  boshqa  «koinotda»  yurganga  o’xshaydi. 

Aniq ko’rsatmalar bermaydi.  

Uning  o’rniga  norasmiy  liderlar  yoki  o’ziga  yaqin  kishilar  orqali  qilinishi 

lozim bo’lgan topshiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Uning asosiy vazifasi, uning 

nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaxshilash, ishdagi kamchiliklarni bartaraf 

etish, kerakli maxsulotlar, xomashyo kabilarni topib kelish, majlislarda qatnashish 

va xokazolardan iborat. 

Xodimlar bilan mulokotda bo’lishga to’g’ri kelganda, u doimo xushmuomila 

bo’lib, odob, axloq normalarini buzmaslikka xarakat qiladi, lekin xech qachon ular 

bilan  tortishmaydilar.    Olimlarning  fikricha,  bunday  rahbar  ishi  olib  borgan 

jamoada  barcha  ko’rsatkichlar  doimo  orqada,  qo’nim  ham  yo’q.  Liberal  rahbar 

ishda  anarxiyani  qilib  qo’yib,  ko’p  turmay,  boshqa  yerdan  ish  qidirishga  xarakat 

qiladi. 

Yuqorida  baho  berilgan  boshqarish  uslublari  ko’proq  liderlikka  emas,  balki 

rahbarlikka taalluqli, lekin ilmiy adabiyotlarda bu ikki ibora, ko’pincha sinonimday 

ishlatiladi.  Aslida,  eng  yaxshi  rahbar  o’zida  barcha  liderlik  sifatlarini  ham 

mujassamlashtirgan  bo’ladi.  chunki  sof  ijtimoiy  psixologik  ma’nodagi  liderning 

turlari turli sharoitlarda o’zida ko’proq namoyon etadigan shaxsiy sifatlarga ko’ra, 

tabaqalanadi. 

Yuqorida aytib o’tilganidek, rahbarda tug’ma qobiliyat bo’ladi, deb ham aytib 

bo’lmaydi. Ikkinchi tomondan, rahbar vaziyatga qarab stixiyali tarzda tarbiyalanib 

ketaveradi,  deb  ham  bo’lmaydi.  Minglab  shaxs  sifatlari  ichida  ko’plari  rahbarlik 

uchun  qulay  va  ma’quldir.  A.V.Petrovskiy  ana  shunday  ijobiy  sifatlarning  bir 

yarim  mingini  sanab  chiqqan.  Lekin  ularning  barchasini    umumlashtiradigan, 

bo’lishi  lozim  bo’lgan  ayrim  sifat  qobiliyatlari  borki,  o’shalar  haqida  qisqacha 

to’xtalib o’tmoq lozim. 

Avvalo,  xar  qanday  raxbarda  intellekt  -  aql-zakovatning  ma’lum  normasi 

bo’lishi  kerak.  Bu  norma  yaxshi  raxbar  uchun  o’rtadan  yuqori  bo’lmog’i 

muvofiqdir.  CHunki  geniy  darajadagi  intellektga  ega  bo’lgan  rahbar  bilan  ishlash 

odamlar uchun qator noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin, bunday aql-zakovat 

qolganlarning  ijobiy  rivojlanishiga  psixologik  to’siq  bo’lishini  amaliyot  va  xayot 

ko’rsatadi.  Rahbardagi  o’rtadan  yuqori  intelektni  qoplab  ketadigan  yana  boshqa 

muhim sifatlar borki, ular boshqarish ishining samarasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 



 

28 


Masalan,  rahbarning  mustaqil  fikrlilik,  topqirlik,  tashabbuskorlik  sifatlari. 

CHunki  ayrim  xollarda  xato  qilsa  ham  rahbar  original  fikrlar  aytib,  yo’l-yo’riqlar 

ko’rsata  olishi,  xar  bir  ko’rsatilgan  fikr,  qilingan  ishga  mustaqil  baho  bera  olishi 

zarur.  Xar  qanday  rahbar  uchun  kerak  bo’lgan  xislatdan  yana  biri  tom  ma’noda 

«ziyoli»  bo’lish  yoki  boshqacha  qilib  aytganda,  madaniyatli  bo’lishdir.  Boshliq 

o’zidagi madaniyatni, avvalo, muomalada, odamlar bilan bo’ladigan mulokotlarda 

namoyish  qilmog’i  kerak.  Muomala  madaniyati  –  bu  o’rinli,  aniq,  qisqa,  samimii 

gapirish madaniyati va ikkinchi tomondan, suhbatdoshni tinglash qobiliyatidir. 

Jamoa  faoliyatini  va  o’z  faoliyatini  rejalashtirish  qobiliyati  rahbar  uchun 

muhim  bo’lgan  talabalardan  biridir.  CHunki  rejalashtirish  asosida  o’z-o’ztni 

boshqara  olish  va  boshqarishni  tashqi  faoliyatini  maqsadga  muvofiq  tarzda 

boshqara  olishni  ta’minlovchi  muhim  psixologik  xususiyat  yotadi.  Raxbar  o’z 

ishini  puxta  rejalashtirish  qobiliyatiga  ega  bo’lgan  realistik  tafakkurga  ega 

bo’lmog’i, ya’ni xar qanday sharoitlarda ham o’sha muammo yoki ishga taalluqli 

barcha  alьternativ  variantlardan  eng  to’g’risi  va  maqsadga  muvofiqligini  tanlab 

oladigan,  ishni  to’g’ri  tashkil  eta  bilgan,  ya’ni  kam  sarflab  ishni  uddalay  olgan, 

noaniq  yoki  tasodifiy  vaziyatlarda  ham  ish  taktikasini  to’g’ri  yo’lga  yo’naltira 

oladigan odam bo’lishi kerak. 

Rahbarlik  va  boshqarish  ikki  tarzdagi  ijtimoiy  ‘odisalardir.  Rahbarlik  bu 

shaxsning  mavqei,  boshqarish  esa  bevosita  amaliy  jarayondir.  Rahbarlik  mavqe 

sifatida  shaxsda  egalik  xususiyatini  shakllantiradi.  Bunda  egalik  o’z  xulqi,  xatti- 

xarakatlari  va  muomila  munosabatlariga  nisbatan  egalik  xissini  vujudga  keltiradi. 

Boshqarish  esa  bevosita  jamoaga  qaratilgan  bo’lib,  uning  psixologik  natijasi 

o’zlikka  nisbatan  xurmat,  o’zligini  qadrlash,  anglash  kabilarni  vujudga  keltiradi. 

Rahbar  doim  o’z  xodimlari  bilan  mulokotda  bo’ladi.  Bu  esa  uni  mulokot  qilish 

ko’nikmalarini shakllangan bo’lishini talab qiladi.  Mulokot asosida ishni turli xil 

tarzda  tashkillashtiradi.  Jumladan,  ishni  byurokratik,  demokratik  tarzda 

tashkillashtirishi  mumkin.  xuddi  mana  shu  mulokot  shakliga  ko’ra  jamoada 

ijtimoiy fikr vujudga keladi. rahbar ishni tashkillashtirishga ko’ra uch xil rahbarlik 

stiliga  ega  bo’lishi  kerak.  Avtoritar,  demokratik  va  liberal.  Ushbu  stilllarning  xar 

biri  o’z  natijasiga  ega  bo’lib,  jamoada  turli  xil  ijtimoiy  psixologik  kayfiyatni 

vujudga keltiradi. 




Download 3,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish