GARMONIYA (yunon. harmoniya – aloqa, uyg‘unlik) – muayyan bir tizim elementlari,
tarkibiy qismlari rivojlanishining muayyan bir davrida o‘zaro muvofiq, mutanosib, uzviy
chambarchas bog‘liqlik va aloqadorlik holatini anglatuvchi tushuncha. G.ning namoyon bo‘lish
shakllari ko‘p. Mas-n, falsafada mazmun va shakl, butun va bo‘lak, sistema va elementlar
o‘rtasidagi mutanosiblikka nisbatan ishlatiladi; musiqa san’atida ko‘pchilik ijro etadigan
qo‘shiqlar (xor) yoki kuylardagi uyg‘unlikni bildiradi; oilada er va xotin o‘rtasidagi bir-biriga
moslikni anglatadi; ma’naviyatda o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik asosiga quriladigan barqarorlik
va insoniy munosabatlardagi o‘zaro uyg‘unlikni ifodalaydi va hok.
Do'stlaringiz bilan baham: |