BIOETIKA –hozirgi zamon etikasining muhim yo‘nalishlaridan biri. B. inson hayotini eng oliy
axloqiy qadriyat sifatida qaraydi, shu bilan birga, inson hayotini saqlash muammosini – yaxshilik
va yomonlikni farqlashning muhim mezoni, deb hisoblaydi. Hoz. zamon fanida B. tirik
mavjudotlar, shu b-n birga, insonga ham bo‘lgan munosabatlarning ma’naviy-axloqiy
regulyativi, deb qaraladi. Insonning tabiat b-n uzluksiz aloqasini ma’naviy tahlil etish asosida,
tabiatni muhofaza etishda ahloqiy javobgarlik B.ning madaniy negizini tashkil etadi. B., sotsial
masalalalar b-n birgalikda, qadriyatlar muammosini ham qamrab oladi. B. maqsadlaridan biri -
shaxsni turli holatlarga solish imkoniyatlarini yaratuvchi, inson xatti–harakati, ruhiyatini
o‘zgartirish mumkin bo‘lgan, uning ustidan o‘tkazilayotgan xilma-xil tadqiqotlarni cheklash
mezonlarini ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |