qaratilgan bo‘ladi.
ANDISHA —yuksak ma’naviyatga xos, axloqiy tarbiya natijasida shakllanadigan ma’naviy-
axloqiy tushuncha, Etika fanining meyoriy tushunchasi, “Ma’naviyatshunoslik”, “Ma’naviyat
asoslari” fanlarining asosiy kategoriyalaridan biri. Kishilar b-n bo‘lgan munosabatda oqibatini
atroflicha o‘ylab munosabatda bo‘lish, mulohaza qilish A.ning o‘ziga xos xususiyatlaridandir.
A.li inson o‘z xatti-harakati, ma’naviy-ruhiy qarashlarida yuksak axloqiy tamoyillardan kelib
chiqqan holda faoliyat yuritadi. Bunday inson o‘zgalarni olijanob axloqiy me’yorlarga
asoslangan holda qadrlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |