Davlat budjetining iqtisodiyot xarajatlari tarkibi,
jamiga nisbatan foizda
Ko’rsatkichlar
2013
yil
2014
yil
2015
yil
2016 yil
(prognoz)
Davlat budjeti xarajatlari
100
100
100
100
Iqtisodiyotga ajratilgan xarajatlar
10,6
10,7
10,1
10,6
Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
tasarrufidagi suv xo’jaligi tashkilotlari
tomonidan iste’mol qilinadigan elektr-
enyergiyasi to’lovlari
3,5
3,4
3,3
3,3
Moliya vazirligi huzuridagi
Sug’oriladigan yerlarning meliorativ
holatini yaxshilash fondiga maqsadli
ajratmalar
0,8
0,9
0,8
0,9
Hosildorligi past yerlarda davlat
ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi
fermer xo’jaliklarini moliyaviy
qo’llab-quvvatlash uchun maqsadli
mablag’lar
0,8
0,9
0,6
0,6
Boshqa xarajatlar
5,7
5,8
6,1
2,1
41
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi
«Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmoniga muvofiq “Sug’oriladigan yerlarning
meliorativ holatini 2008-2012 yillarda yaxshilash bo’yicha chora-tadbirlar
dasturi” ishlab chiqilgan. Ushbu dastur doirasida maxsus fond tashkil etilgan
bo’lib, ushbu fond mablag’larini shakllantirishga budjetdan xarajatlar amalga
oshirilmoqda. Ushbu fondga ajratmalarning 2016 yildagi miqdori jami budjet
xarajatlariga nisbatan 0,9 foizni tashkil etgan.
“Hosildorligi past bo’lgan yerlarda davlat ehtiyojlari uchun paxta xom
ashyosini yetishtiruvchi qishloq xo’jaligi korxonalarini moliyaviy qo’llab-
quvvatlash tartibi to’g’risida”gi Nizomda davlat budjetidan ajratiladigan
mablag’lar quyidagi yo’nalishlarda sarflanishi ko’zda tutilgan:
fermer xo’jaliklarining soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha
qarzdorliklari, boshqa joriy majburiyatlari, asosiy maxsulotlarni
etishtirish uchun moddiy-texnika resurslar va ko’rsatilgan xizmatlar
uchun qarzlarini to’lashga;
kelgusi yil hosili uchun sotib olinadigan resurslar va ko’rsatiladigan
xizmatlar uchun oldindan to’lovlarga;
yerlarni meliorativ holatini yaxshilash tadbirlarini va xo’jalikning
ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq boshqa xarajatlarini
moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Ushbu xarajatlarning jami budjet xarajatlaridagi salmog’i 2016 yilga kelib
0,6 foizni tashkil etmoqda. Umumiy tendentsiyada pasayish kuzatilayotgan
bo’lsa-da, nominal mazmunda uning o’sib borayotganligi kuzatilmoqda.
Investitsiyaviy moliyalashtirish va xalqaro chegaralar orqali o’tadigan
kapital oqimlari iqtisodchilar va hukumatning e’tibor qaratadigan asosiy
ko’rsatkich bo’lib qolishda davom etadi. Globallashuv atamasi ustida
hanuzgacha bahslar davom etmoqda va u haqida aniq bir tugal xulosaga
kelinmagan. Tarixan, boshqa mamlakatlar ishlab chiqarish salohiyatini
42
belgilashda investitsiyalar sezilarli o’ringa ega bo’lgan. Biror kompaniya yoki
investitsiyalovchi banklar guruhining xorijdagi birorta ishlab chiqarish sohasiga
investitsiya kiritishi, investitsiya kiritilgan mamlakatning ishlab chiqarish
salohiyatini oshirgan va investor investitsiya qilgan mablag’ini tezda qaytarib
olib chiqib ketishi osonlik bilan hal etib bo’lmaydigan masalaga aylangan. 1980-
yillarning oxirida jismoniy kapitaldan farqli ravishda, aktsiya va obligatsiya kabi
moliyaviy instrumentlarga xalqaro transaktsiyalar hajmi sezilarli darajada o’sdi.
1990-yillardagi Osiyo va rivojlananayotgan bozorlardagi inqirozlarning
tezlashishining asosiy sabablaridan biri investorlarga o’zlari kiritgan
sarmoyalarni tezda qaytarib olish imkonini beruvchi savdoga oid moliyaviy
instrumentlarga qilingan xorijiy investitsiyalar hajmi bilan bog’liq edi. 2007-
yildagi yuzaga kelgan bozor inqirozi Qo’shma Shtatlarga jiddiy darajada
takrorlanmadi. Biroq, Portugaliya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya kabi boshqa
mamlakatlar investorlar mazkur mamlakatlar moliya bozorlaridan o’zlarining
portfel investitsiyalarini olib chiqib ketganligi sababli qattiq bosimni boshdan
kechirdilar.
Savdo balansida yuz berayotgan harakatlarning muhimligi bu hatti-
harakatlar iqtisodiyotni moliyalashtirilishida qanchalik darajada ishtirok
etayotganligi bilan belgilanadi. XIX asr o’rtalaridan 1980-yillarning
o’rtalarigacha bo’lgan davrda AQSH iqtisodiyoti mamlakatning ichki
manbaalari hisobiga moliyalashtirilgan. Milliy jamg’armalar xorijda amalga
oshirilgan milliy jamg’armalar o’rtasidagi ijobiy saldo sababli milliy
investitsiyalarni mablag’ bilan ta’minlash uchun etarli bo’lgan. Iste’mol
tovarlariga uy xo’jaliklarining sarflarining ortishi, jamg’arishning qisqarishi,
davlat budjeti defitsiti holatida, iqtisodiyotni investitsiyalashni tashqi manbaalar
hisobidan moliyalashtirishga majbur bo’lindi. AQSH iqtisodiyotining muhim
qismi ichki jamg’armalar hisobidan emas, balki xorijiy investitsiyalar orqali
moliyalashtirildi. Bu xorijiy investitsiyalar AQSH hududidagi, biroq AQSHning
iqtisodiyotining o’ziga tegishli bo’lmagan xorijiy aktivlar bo’yicha kelajakdagi
da’volarni o’zida ifodalaydi.
43
Qo’shma Shtatlarda sanoat aktsiya va obligatsiyalarini chiqarish orqali,
davlat qarzini istisno qilgan holda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish orqali
moliyalashtirish iqtisodiyotni kengaytirish uchun foydali bo’lgan bo’lardi. Bu
holada, AQSH davlat qarzi hisobiga investitsiyalash AQSH ning ichki ishlab
chiqarish salohiyatini oshirmadi, balki bu erda moliyaviy ta’minlanish uchun
hukumatning ehtiyojlari bilan investitsiyaviy moliyalashtirish uchun sanoat
ehtiyojlari o’rtasida raqobpt yuzaga keladi. Makroiqtisodiy nuqtai nazardan,
byujdet defitsitini bunday tashqi moliyalashtirish, kelgusida AQSH davlat
sektori qarzlarining xorijiy kreditorlariga to’lovlarni amalga oshirish uchun
AQSH tovar va xizmatlarining katta qismini uzoq vaqt davomida xorijda
sotishga majbur bo’ladigan vaziyatni yuzaga keltiradi. Bu miqdor AQSH
iste’moli yoki investitsiya uchun mavjud bo’lmaydi. Shunday qilib, savdo
balansi, shuningdek umumiy to’lov balansi beqarorligi, federal hukumat budjet
defitsiti bilan chambarchas bog’liqdir.
1990 yillar oxiridagi AQSH dagi jadal iqtisodiy o’sish bu fikrni tasdiqladi.
Federal budjet 1998-yilda balansga erisha oldi. Bunda AQSH hukumati nafaqat
budjet defititsitini moliyalashtirish uchun uzoq muddatli qimmatli qog’ozlar
chiqarishga ehtiyoj sezmadi, balki uch yil ichida budjetning profitsit qismiga
G’aznachilik amalda oliy jinsdagi qarzlarini qaytarib sotib oldi. XX asr oxiriga
kelib, defitsitni qoplash uchun xorijiy qarzdan foydalanish muammosi o’z
dolzarbligini yo’qotib borayotgan edi, biroq 2002 yilning boshlarida yana yirik
budjet defitsitining yuzaga kelishi, federal budjet kamomadini qoplash uchun
xorijiy investorlar rolini oshirib yubordi. Buning ustiga Amerika Qo’shma
Shtatlarida uy maishiy jamg’arish darajasi nisbatan past darajada ekanligi qayd
etildi.
AQSH iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarning o’sib borishi mamlakat
iqtisodiyotiga nisbatan xorijliklarda ishonch borligini ifodalaydi. 2011- yildagi
bozor parokandaligi yuzaga kelganda, AQSH iqtisodiyotiga investorlarning
ishonchi boshqa mamlakatlarga qaraganda mutloq ustunlikda bo’lmagan
44
bo’lsa ham nisbatan kuchliroq bo’ldi, shu davrda boshqa mamlakatlarda
AQSHdagiga qaraganda nisbatan kam investitsion qarorlar amalga oshirildi.
1
Xorijiy investorlar AQSH G’aznachiligi banknotalarini ularga belgilangan foiz
stavkalari va risklardan himoyalanganligi uchun investitsiya kiritish uchun eng
maqbul variant deb hisoblashdi.
AQSH Kongressi 2011 yilda imkon qadar jahon moliya bozorlarida
to’lovlarini o’z vaqtida to’lash uchun AQSH ning imkoniyatlari darajasida
kontsernlar tashkil qilish orqali davlat qarzlari miqdorining oshib borishini
to’xtatmay turishiga qaramasdan, AQSH hukumati yuridik noxushliklarga duch
kelishdi, davlat budjeti defitsini qisqartirish uchun qarzlarning oshirib
borilishiga bog’liq ravishda kelishuvga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |