38
Iqtisodiyot
xarajatlari
2791 10,6 3385 10,7 4119,7 10,1 4507,6 10,6
Markazlashgan
investitsiyalarni
moliyalashtirish
1300
4,9
1500
4,7
1800
4,7
2100
4,9
Davlat
hokimiyati va
boshqaruvi
organlari, sud
organlari
xarajatlari
825
3,1
1000
3,1
1199,9
3,1
1324
3,1
Boshqa
xarajatlar
5813 22,0 6903 21,8 8391,1 22,0 9490,4 22,2
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari faoliyati uchun
xarajatlar jami xarajatlar tarkibida 2013-2016 yillarda jami budjet xarajatlari 3,1
foizni tashkil etmoqda.
Iqtisodiyotga davlat tomonidan ta’sir ko’rsatish vositalari ichida davlat
budjetining iqtisodiy maqsadlardagi harajatlari alohida o’rin egallaydi. Bu
turkum xarajatlarga quyidagi xarajatlar kiradi:
iqtisodiyot xarajatlari
markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish xarajatlari.
Iqtisodiyot tarmoqlariga yo’naltirilgan xarajatlar kamayib borish
tendentsiyasiga ega. Lekin bu xarajatlarni moliyalashtirishdan butunlay voz
kechish ham maqsadga muvofiq emas. Hatto taraqqiy topgan bozor sharoitida
ham davlat mablag’larini jalb qilishni talab qiladigan sohalar, tarmoqlar,
tadbirlar mavjud bo’ladi.
Davlat budjetining xarajatlari tarkibida markazlashgan investitsiyalarni
moliyalashtirishga mo’ljallangan xarajatlari alohida o’rin egallaydi va
davlatning strategik maqsadlarini, ya’ni iqtisodiyotning hal qiluvchi, ustuvor
hisoblangan tarmoqlari bo’lgan – neft, energetika, g’alla yetishtirish, paxtani
39
qayta ishlash sanoati kabilarni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilmoqda. Bu
xarajatlar budjet xarajatlarining 2016 yilda o’rtacha 4,9 foizini tashkil qiladi.
Umuman, davlat budjetidan iqtisodiyot xarajatlari asosan qishloq va suv
xo’jaligi tarmog’ida faoliyat yurituvchi xo’jalik sub’ektlarini moliyaviy qo’llab-
quvvatlashga yo’naltirilmoqda. Shu orqali agrar tarmoqda faolyat yurituvchi
korxonalarni va xususan, fermer xo’jaliklarining barqaror faoliyatini davlat
tomonidan qo’llab-quvvatlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratib byerilmoqda.
1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, iqtisodiyot xarajatlari esa 2013
yilda 2791 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lib, jami budjet xarajatlarida 10,6
foizni tashkil etgan. 2016 yilga kelib ushbu xarajatlarning jami davlat budjeti
xarajatlaridagi salmog’i 10,6 foizni tashkil etmoqda. Lekin, ushbu xarajatlar
nominal mazmunda o’sib borgan.
Markazlashtirilgan investitsiyalarni budjetdan moliyalashtirish uchun 2013
yilda 1300 mlrd. so’mni, 2014 yilda 1500 mlrd. so’mni, 2015 yilda 1800 mlrd.
so’mni va 2016 yilda 2100 mlrd. so’mni tashkil etmoqda. Bu, o’z navbatida,
hozirgi kunda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modyernizatsiya qilish va
yangilash, innovatsion texnologiyalarni keng joriy qilish bilan bog’liq yirik va
strategik ahamiyatga ega bo’lgan loyihalarni moliyalashtirishda budjet
investitsiyalarining ham ahamiyati yuqoriligidan dalolat byeradi.
Davlat budjetidan qishloq xo’jaligini moliyaviy qo’llab-quvvatlash tizimi
quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirilmoqda:
– Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi suv xo’jaligi tashkilotlari
tomonidan iste’mol qilinadigan elektr-enyergiyasi to’lovlariga xarajatlar;
– O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug’oriladigan
yerlarning meliorativ holatini yaxshilash fondiga maqsadli ajratmalar;
40
– hosildorligi past yerlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi fermer xo’jaliklarini moliyaviy qo’llab-
quvvatlash uchun maqsadli mablag’lar.
Davlat budjetidan iqtisodiyotni qo’llab-quvvatlash uchun xarajatlari
tarkibida Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tasarrufidagi suv xo’jaligi
tashkilotlari tomonidan iste’mol qilinadigan elektr-enyergiyasi to’lovlari jami
budjet xarajatlari tarkibida 2013 yilda 3,5 foizni, 2014 yilda 3,4 foizni va 2015
yilda 3,3 foizni tashkil etgan. 2016 yilda esa, 3,3 foizni tashkil etishi
rejalashtirilgan.
2- jadval
Do'stlaringiz bilan baham: