Voqelikni qabul qilish, uni esda olib qolish va saqlash MNS da bo’lgan
murakkab jarayonlar natijasidir. Xotiraning quyidagi turlari mavjud: naslga
beriladigan (genetik) xotira, naslga berilmaydigan (individual) xotira,
harakat xotirasi, obrazli, siymo xotirasi, (ob’ektning
siymosi esga
tushiriladi), Emotsional-hissiyot xotirasi (voqelik ma’lum bir his tuyg’uni
chaqiradi), so’z mantiqiy xotira.
115.Уйку; Уларнинг турлари ва боскичлари;
Uyqu nazariyalari. Gumoral nazariyaga binoan uyqu kelib chiqishiga
tiyraklik paytida organizmda yig’ilgan moddalar sabab bo’lar ekan. Bu
nazariyaning haq ekanligini olib borilgan tajriba tasdiqlaydi.
Agar sutka
davomida uxlamagan it qoni tiyrak itga quyilsa retsipient it darxol uxlab
qolganligi kuzatilgan. Hozirgi paytda delta uyquni chaqiradigan gipnogen
modda - peptit aniqlangan. Lekin gumoral moddalar uyqu chaqiradigan
absolyut omil deb hisoblash noto’g’ri. CHunki tanasi yopishib qolgan, nerv
tizimi alohida, lekin qon tomirlari bir-biri
bilan tutashgan egizaklar
kuzatilganda biri uxlasa, ikkinchisi tiyrak holatda bo’lganligi aniqlangan.
Uyquning po’stloq osti va po’stloq nazariyalari. Po’stloq osti, ayniksa miya
o’zani sohasida o’sma yoki yuqimli kasalliklar paytida odamda uyqu har xil
darajada bo’lishi yoki letargik uyqu holati kuzatiladi. SHunga asosan
po’stloq osti sohasida uyqu markazi bor deyiladi. Subtalamus va
gipotalamusning orqangi sohasi qitiqlansa,
hayvonda uyqu holati kelib
chiqqan va ta’sirlash to’xtatilganda uyg’onganligi shu sohada uyqu markazi
bor ekanligidan dalolat beradi.
I.P.Pavlov laboratoriyasida uzoq muddat juda nozik farqlash tormozlanishini
hosil qilish paytida hayvonlar ko’pincha uxlab qolganlar. SHunga asoslanib
I.P.Pavlov uyquga ichki tormozlanish natijasida kelib chiqadigan holat
sifatida qaradi. Uyqu bosh miya po’stlog’i va unga yaqin turgan po’stloq
osti tuzilmalarida keng tarqalgan chuqur tormozlanish natijasidir (uyquning
po’stloq nazariyasi).
Lekin, uyquda shunday holatlar borki, ularni po’stloq osti va po’stloq
nazariyalari bilan tushuntirib berish qiyin. Deyarli barcha sezgi a’zolari
ishdan chiqib, faqatgina bir ko’zi ko’ra oladigan
kasalni kuzatish natijasida
shunday holga duch kelindi, kasal shu kuzini yumishi bilan uyquga ketgan.
Uyqudagi ko’pgina holatlarni, miya o’zani retikulyar formatsiyasining bosh
miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’siri kashf qilinishi bilan,
tushuntirish
imkoniyati yaraldi.
Retikulyar formatsiyaning bosh miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’siri
to’xtashi bilan hayvonlar uxlab qolishi tajribada isbotlandi. SHuningdek,
bosh miya po’stlog’ining po’stloq osti tizimlariga ta’siri ham aniqlandi.
Tiyrak organizm retikulyar formatsiyasi bosh miya po’stlog’iga
faollashtiruvchi ta’sir ko’rsatishi natijasida peshona po’stloq sohasi
gipotalamusdagi uyqu markaziga tormozlovchi ta’sir ko’rsatadi. Uyqu
paytida esa bosh miya po’stlog’iga retikulyar formatsiyadan kelayotgan
faollashtiruvchi ta’sir to’xtaydi va po’stloqning
orqangi gipotalamus
sohasidagi uyqu markaziga tormozlovchi ta’siri susayadi.
Miyaning limbiko-gipotalamik va retikulyar tuzilmalari o’rtasidagi payvasta
(retsiprok) munosabat mavjud. Limbik gipotalamik soha qo’zg’alganda miya
o’zanining retikulyar formatsiyasi tormozlanadi va aksincha.
Uyquning po’stloq-po’stloqosti nazariyasi. P.K.Anokin po’stloq-po’stloqosti
nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga asosan, gipotalamik markaz limbik tizim
bilan bog’liq bo’lganligi tufayli bosh miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’sir
ko’rsatishi mumkin. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda bosh miya po’stlog’i
peshona sohasining orqangi gipotalamusdagi uyqu markaziga ta’siri sust
bo’ladi, natijada bu markaz retikulyar formatsiya neyronlariga tormozlovchi
ta’sir ko’rsatadi va miya o’zini retikulyar formatsiyasidan bosh miya
po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’sir
susayadi, natijada uyqu holati kelib
chiqadi. CHaqaloqlarning vaqti-vaqti bilan uyg’onishi lateral gipotalamusda
joylashgan
ochlik
markazining
qo’zg’algandagi
uyqu
markaziga
tormozlovchi ta’siri bilan bog’liq. Uyqu markazini tormozlanishi esa
retikulyar formatsiyadan bosh miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’sirning
borishiga imkon yaratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: