«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим, тиббий профилактика, фармация, факультети талабаларига



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/91
Sana23.02.2022
Hajmi2,14 Mb.
#151167
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   91
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M

114.Хотира механизми ва турлари
Hotira-markaziy nerv tizimining asosiy xossalaridan biri bo’lib, voqelikning 
esda olib qolinishi, esda saqlanishi va esga tushirilishidir. MNS ga tushgan 
axborotni esda olib qolish ikki xil: ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo’lishi mumkin. 
Biron narsani esda olib qolish yoki eslash uchun maxsus maqsad bo’lmagan 
holda esda olib qolish yana esga tushirish ixtiyorsiz hotira deb ataladi. 
Oldimizga bironta maqsad qo’yib esda olib qolganimizda ixtiyoriy xotira 
hakida gap boradi. Ixtiyoriy esda olib qolish samaraliroq bo’ladi. Biologik va 
ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan axborotlar, qanday kuchga ega bo’lishidan 
qat’iy nazar, yaxshiroq esda olib qolinadi. Voqelikni esda olib qolish 
xotiraning markaziy bo’g’ini hisblanadi.


Voqelikni qabul qilish, uni esda olib qolish va saqlash MNS da bo’lgan 
murakkab jarayonlar natijasidir. Xotiraning quyidagi turlari mavjud: naslga 
beriladigan (genetik) xotira, naslga berilmaydigan (individual) xotira, 
harakat xotirasi, obrazli, siymo xotirasi, (ob’ektning siymosi esga 
tushiriladi), Emotsional-hissiyot xotirasi (voqelik ma’lum bir his tuyg’uni 
chaqiradi), so’z mantiqiy xotira.
115.Уйку; Уларнинг турлари ва боскичлари;
Uyqu nazariyalari. Gumoral nazariyaga binoan uyqu kelib chiqishiga 
tiyraklik paytida organizmda yig’ilgan moddalar sabab bo’lar ekan. Bu 
nazariyaning haq ekanligini olib borilgan tajriba tasdiqlaydi. Agar sutka 
davomida uxlamagan it qoni tiyrak itga quyilsa retsipient it darxol uxlab 
qolganligi kuzatilgan. Hozirgi paytda delta uyquni chaqiradigan gipnogen 
modda - peptit aniqlangan. Lekin gumoral moddalar uyqu chaqiradigan 
absolyut omil deb hisoblash noto’g’ri. CHunki tanasi yopishib qolgan, nerv 
tizimi alohida, lekin qon tomirlari bir-biri bilan tutashgan egizaklar 
kuzatilganda biri uxlasa, ikkinchisi tiyrak holatda bo’lganligi aniqlangan.
Uyquning po’stloq osti va po’stloq nazariyalari. Po’stloq osti, ayniksa miya 
o’zani sohasida o’sma yoki yuqimli kasalliklar paytida odamda uyqu har xil 
darajada bo’lishi yoki letargik uyqu holati kuzatiladi. SHunga asosan 
po’stloq osti sohasida uyqu markazi bor deyiladi. Subtalamus va 
gipotalamusning orqangi sohasi qitiqlansa, hayvonda uyqu holati kelib 
chiqqan va ta’sirlash to’xtatilganda uyg’onganligi shu sohada uyqu markazi 
bor ekanligidan dalolat beradi.
I.P.Pavlov laboratoriyasida uzoq muddat juda nozik farqlash tormozlanishini 
hosil qilish paytida hayvonlar ko’pincha uxlab qolganlar. SHunga asoslanib 
I.P.Pavlov uyquga ichki tormozlanish natijasida kelib chiqadigan holat 
sifatida qaradi. Uyqu bosh miya po’stlog’i va unga yaqin turgan po’stloq 
osti tuzilmalarida keng tarqalgan chuqur tormozlanish natijasidir (uyquning 
po’stloq nazariyasi).
Lekin, uyquda shunday holatlar borki, ularni po’stloq osti va po’stloq 
nazariyalari bilan tushuntirib berish qiyin. Deyarli barcha sezgi a’zolari 
ishdan chiqib, faqatgina bir ko’zi ko’ra oladigan kasalni kuzatish natijasida 
shunday holga duch kelindi, kasal shu kuzini yumishi bilan uyquga ketgan. 
Uyqudagi ko’pgina holatlarni, miya o’zani retikulyar formatsiyasining bosh 
miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’siri kashf qilinishi bilan, tushuntirish 
imkoniyati yaraldi.


Retikulyar formatsiyaning bosh miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’siri 
to’xtashi bilan hayvonlar uxlab qolishi tajribada isbotlandi. SHuningdek, 
bosh miya po’stlog’ining po’stloq osti tizimlariga ta’siri ham aniqlandi. 
Tiyrak organizm retikulyar formatsiyasi bosh miya po’stlog’iga 
faollashtiruvchi ta’sir ko’rsatishi natijasida peshona po’stloq sohasi 
gipotalamusdagi uyqu markaziga tormozlovchi ta’sir ko’rsatadi. Uyqu
paytida esa bosh miya po’stlog’iga retikulyar formatsiyadan kelayotgan 
faollashtiruvchi ta’sir to’xtaydi va po’stloqning orqangi gipotalamus 
sohasidagi uyqu markaziga tormozlovchi ta’siri susayadi.
Miyaning limbiko-gipotalamik va retikulyar tuzilmalari o’rtasidagi payvasta 
(retsiprok) munosabat mavjud. Limbik gipotalamik soha qo’zg’alganda miya 
o’zanining retikulyar formatsiyasi tormozlanadi va aksincha.
Uyquning po’stloq-po’stloqosti nazariyasi. P.K.Anokin po’stloq-po’stloqosti 
nazariyasini yaratdi. Bu nazariyaga asosan, gipotalamik markaz limbik tizim 
bilan bog’liq bo’lganligi tufayli bosh miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda bosh miya po’stlog’i 
peshona sohasining orqangi gipotalamusdagi uyqu markaziga ta’siri sust 
bo’ladi, natijada bu markaz retikulyar formatsiya neyronlariga tormozlovchi 
ta’sir ko’rsatadi va miya o’zini retikulyar formatsiyasidan bosh miya 
po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’sir susayadi, natijada uyqu holati kelib 
chiqadi. CHaqaloqlarning vaqti-vaqti bilan uyg’onishi lateral gipotalamusda 
joylashgan 
ochlik 
markazining 
qo’zg’algandagi 
uyqu 
markaziga 
tormozlovchi ta’siri bilan bog’liq. Uyqu markazini tormozlanishi esa 
retikulyar formatsiyadan bosh miya po’stlog’iga faollashtiruvchi ta’sirning 
borishiga imkon yaratib beradi.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish