«Физиология» фанидан 2-курс даволаш, педиатрия, касбий таълим, тиббий профилактика, фармация, факультети талабаларига


Шартли рефлексларнинг тормозланиши



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/91
Sana23.02.2022
Hajmi2,14 Mb.
#151167
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   91
Bog'liq
Fiziologiya javoblari S.M

113.Шартли рефлексларнинг тормозланиши;
Vaqt o’tishi bilan oliy nerv faoliyati mukammalashadi, ya’ni xulq 
atvor keraksiz, eskirgan elementlardan tozalanadi. Bu jarayon har bir 
shartli refleksni o’zida ketadigan tormozlanish jarayonlari bilan 
bog’liq holda kechadi.
SHartli tormozlanishni quyidagi turlari farqlanadi: so’nish, farqlash
kech qolish va shartli tormoz. Ularning barchasi tajriba yo’li bilan xosil 
qilinganligi sababli shartli xisoblanadi. SHartli tormozlanishda uni 
keltirib 
chiqaruvchi 
sabablar 
shartli 
xisoblanadi. 
SHartli 
tormozlanishda uni keltirib chiqaruvchi sabablar shartli refleks yoyi 
ichidaligi uchun ichki tormozlanish deb ham ataladi.
So’nuvchi tormozlanish. Agar shartli qo’zg’atuvchi vaqti-vaqti 
bilan shartsiz qo’zg’atuvchi bilan mustahkamlanib tuzilmasa, shartli 
refleks so’nadi. Masalan, itga chiroqni yoqib so’lak oqizuvchi shartli 
refleks hosil qilgandan so’ng, chiroq yoqib ovqat berilmasa so’lak 
ozroq chiqa boshlaydi va oxir oqibatda mutlaqo oqmay qo’yadi. 
SHunday qilib chiroq ovqat berilishi xaqidagi xabarchiligini yo’qotdi. 
So’nuvchi tormozlanish muxim biologik ahamiyatga ega. Yangi 
sharoitga o’tish eski shartli refleksga ehtiyoj qoldirmasa ular so’nib 
o’rniga yangilari xosil bo’ladi.
Farqlash xisobiga tormozlanish. Bu turdagi tormozlanishda shartli 
qo’zg’atuvchiga o’xshash qo’zg’atuvchiga nisbatan tormozlanish 
jarayoni sodir bo’ladi. Itga 100 Vattli chiroqni yoqishga so’lak 
oqizuvchi mustahkam shartli refleks xosil qilgandan so’ng 150 Vattli 
chiroq yoqilsa ham, so’lak ajraladi. Biroq 100 Vattli ovqat bilan 
mustaxkalab 150 Vattli ta’sirni mustaxkamlamasa bir necha 
takrorlashdan keyin 150 vattli ta’sirga so’lak oqmaydi, ya’ni o’xshash 
qo’zg’atuvchining ta’siriga shartli refleks tormozlanadi.
Kundalik hayotda farqlovchi tormozlanishning ahamiyati katta. 
Tajribasiz kuchuk hayoti davomida juda ko’p xatolar qiladi. Katta it 
esa farqlash hisobiga xulq-atvorini sharoitdan kelib chiqib amalga 
oshiradi. Odam atrofdagi voqeyliklarni nihoyatda nozik farqlaydi. 
Xattoki, aytilgan so’zlarning oxangiga qarab o’z faoliyatini 
rejalashtiradi.


SHartli tormoz. CHiroqni yonishiga mustahkam so’lak oquvchi 
shartli refleks hosil qilingandan keyin chiroqni yonishiga ikkinchi 
kuchsiz yot qo’zg’atuvchini qo’shilsa va bu kombinatsiya shartsiz 
qo’zg’atuvchi bilan mustahkamlanmasa, tezda chiroqni yonishiga 
so’lak ajralaveradi, chiroqqa yot qo’zg’atuvchi qo’shilganda shartli 
refleks tormozlanadi. Demak, shartli qo’zg’atuvchiga qo’shilgan yot 
qo’zg’atuvchi shartli tormoz xisoblanadi. Har qanday ta’sir xohlagan 
qo’zg’atuvchiga shartli tormoz bo’lishi mumkin. Hayot davomida xosil 
qilingan shartli tormozlar shartli reflekslarni aniqlashtiradi, odam va 
hayvonlar xulq atvorini muhit sharoitlariga moslashuvida muhim 
ahamiyatga ega.
Kech qolish hisobiga tormozlanish. Itda mustaxkam so’lak 
ajratuvchi shartli refleks xosil qilgandan keyin shartli qo’zg’atuvchini 
shartsiz qo’zg’atuvchi bilan mustaxkamlashni ma’lum muddatga 
cho’zib qo’ysa, so’lak ajratish reaktsiyasi tobora kechika boshlaydi, 
oxir oqibatda shartli so’lak oqish cho’zilgan vaqtni tugashiga kelib 
boshlanadi. SHunday qilib shartli qo’zg’atuvchi dastlabida 
tormozlovchi, vaqt o’tishi bilan qo’zg’atuvchi ta’sir qiladi. Bu 
paradoksni qo’shimcha qo’zg’atuvchi «vaqt» qo’shilgani bilan 
izohlash mumkin. Kech qolish hisobiga tormozlanish muhit sharoitiga 
moslashishda muxim ahamiyatga ega. Masalan: O’tloqda yurgan 
quyon och bo’ri uchun shartli qo’zg’atuvchi hisoblanadi. Tajribasiz 
yosh bo’ri quyonni ko’rishi bilan unga tashlanadi va oradagi masofa 
kattaligi sababli quyon qochib ulguradi. Tajribali bo’ri pisib yotib 
quyonni iloji boricha unga yaqinlashishiga imkon berib, masofani 
yetib olish darajasiga yetgandagina quyonga tashlanadi. Kechikish 
hisobiga tormozlanish hayotiy tajriba asosida yosh ulg’aygan sari 
kuchayadi.

Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish