Nerv tizimining ichki a‘zolar, bezlar,
qon va limfa tomirlari, silliq va qisman ko‘ndalang targ‘il
muskullar faoliyatini boshqarib turadigan qismi avtinom nerv tizimi deyiladi . Avtonom nerv
tizimi tuzilishi va faoliyatiga ko‘ra simpatik, parasimpatik va metasimpatik qismlarga
bo`linadi. Simpatik va parasimpatik tizimlar markaziy va tashqi (periferik) qismlardan iborat.
SIMPATIK NERV TIZIMI. Orqa miya kul rang moddasining yon shoxlarida joylashgan
simpatik yadro simpatik nerv tizimining markaziy qismi hisoblanadi. Bu yadro birinchi ko‘krak
segmentidan boshlanib, bel segmentlarigacha tushadi va avtonom nerv tizimining torako-
lyumbal bo`limini tashkil qiladi. Simpatik tolalar bu markazdan tegishli orqa miya
segmentlarining oldingi ildizlaro orqali orqa miya neyronlarining o‘simtalari bilan birga
chiqadi. Simpatik yadro ancha kichik multipolyar hujayralardan tuzilgan.
Bu neyronlarning
dendritlari orqa miyaning o‘zida tarqaladi. Ingichka, aksari miyelinli aksonlari orqa miyadan
chiqib, umurtqa oldi (paravertebral) va umurtqadan oldingi (Prevertebral) tugunlarda
tugaydi. Bu aksonlardan qo‘zg‘alishning o‘tish tezligi 20 m/s dan oshmaydi. Simpatik
neyronlarning orqa miyadan chiqib, tugunda tugaydigan aksonlari preganglionar
tolalar
deyiladi. Simpatik nerv tizimining periferik qismini simpatik tugunlar va ularga aloqador
afferent va efferent tolalar tashkil qiladi. Umurtqa oldi tugunlar bosh chanog‘i asosidan to
dumg‘azagacha tushgan umurtqaning ikki yonida yotuvchi chegara stvollarini hisil qiladi.
Chegara stvol tarkibidagi tugunlar bir-biriga komissuralar yordamida, orqa miya
nervlari bilan
oq va kul rang tarmoqlar yordamida bog‘langan. Oq tarmoq orqali preganglionar tola
tugunga kirib, effektor neyron bilan tutashishi mumkin. Unda effektor neyronning aksoni
(postganglionar tola) kul rang tarmoq orqali orqa miyaga qaytadi va oldingi ildiz tarkibida
uzilmasdan ishchi a‘zogacha yetadi. Tugunlarda preganglionar tolalar bilan tutashgan
neyronlar aksonlarining talay qismi kichik tutamlarga yig‘ilib, ko‘krak qafasi, qorin bo‘shlig‘i
va chanoq a‘zolarini nervlaydi. Preganglionar simpatik tolalarning bir qismi umurtqa oldi
tugunlarda uzilmasdan prevertebral (umurtqadan oldingi) tugunlarga
yetadi va bu yerda
effektor neyronlar bilan tutashadi. Umurtqadan oldingi tugunlar umurtqadan ancha narida,
nervlanadigan a‘zoga ancha yaqin joylashgan. Shuning uchun ularga yetib kelgan
preganglionar tola ham, ulardan chiqqan postganglionar tola ham ancha uzun bo`ladi.
Umurtqadan oldingi katta tugunlardan yulduzsimon, quyoshsimon,
ichaktutqichning yuqori
va pastki tugunlarini ko‘rsatish mumkin. Bu tugunlardagi neyronlar qorin bo‘shlig‘i
a‘zolarining simpatik nervlanishini ta‘minlaydi. Deyarli barcha a‘zo va to‘qimalar simpatik
nnervlanishga ega. Birinchi galda bu qon tomirlar, kovak a‘zolarning, terinig silliq muskullari,
ter va hazm bezlari, o‘pka, jigar va yog‘ tto‘qimasi hujayralari, skelet muskullari va markaziy
nerv tizimining o‘zi. Simpatik nerv tizimi sezuvchi yo`llarga ham ega. Sezuvchi neyronlarning
somalari umurtqadan oldingi tugunlarda joylashgan. Ularning uzun o‘simtalaridan biri
periferiyaga yoi oladi, ikkinchisi orqa miyaga o‘tadi. Boshqa bir neyronlarning uzun o‘simtasi
ishchi a‘zoga borib yetsa, kaltalari tugunning o‘zida
tarqalib, oraliq neyronlar orqali effektor
neyronlar bilan bog‘lanadi va shu yerning o‘zida mahalliy refleks yoyi hosil qiladi.
PARASIMPATIK NERV TIZIMI .Bu tizim ham markaziy va tashqi tuzilmalari mavjud, qo‘zg‘alish
ishchi a‘zoga ikki neyronli yo’li orqali yetib boradi. Ammo parasimpatik tizimning o‘ziga xos
xususiyatlari ham bor. Birinchidan, bu tizimning markazlari bosh va orqa miyada bir-biridan
va simpatik markazdan uzoqdagi sohalarda joylashgan. Ikkinchidan, tanada parasimpatik
tizim ta‘sir o‘tkazadigan doira ancha tor. Ba‘zi a‘zo va to‘qimalar, masalan bachadon, MNT,
qon tomirlarning deyerli hammasi parasimpatik nervlanishga ega emas.
Parasimpatik
tizimning markaziy tuzilmalari o‘rta, uzunchoq va orqa miyada joylashgan . O‘rta miya
(mezensefal) qismining yadrosi Silviy suv yo`lining tubida bo`lib, ko‘z muskullariga, so`lak va
ko‘z yosh bezlariga uch juft bosh nervlar tarkibida preganglionar tolalar yo`llaydi. Bu tolalar
ko‘zni harakatlantiruvchi, yuz va til-halqum nervlar tarkibida kipriksimon, quloq, til osti va
tannglay tugunlariga yetib keladi va postganglionar neyronlarning tana va dendritlarida
sinapslar hosil qiladi. Uzunchoq miyadagi (bulbar) markazdan chiqqan preganglionar tolalar
bo‘yin, ko‘krak va qorin bo‘shliqlaridagi a‘zolarga sayyor nerv tarkibida o‘tadi. Parasimpatik
tizimning dumg‘aza bo`limi orqa miyaning uchta dumg‘aza segmentidagi yon shoxlarda
joylashgan. Bu yerdan tolalar chanoq nervi tarkibida chanoq a‘zolariga yoi oladi.
Parasimpatik tizimning afferent yollari sayyor nerv tolalarining ko‘p qismini tashkil qiladi. Bu
tolalarga aloqador hazm, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘idagi a‘zolardagi retseptorlar mexanik,
harorat va og‘riq paydo qiluvchi ta‘sirotlarni sezadi, pH va elektrolitlar tarkibi o‘zgarganda
qo‘zg‘aladi. Qon bosimo barqarorligini saqlashda aorta ravog‘idagi va karotid
koptokchalardagi parasimpatik markazlar bilan bog‘langan retseptorlarning ahamiyati juda
katta.
METASIMPATIK NERV TIZIMI. So‘nggi vaqtlarda avtonom nerv tizimining uchinchi bo`limi –
metasimpatik nerv tizimiga katta ahamiyat berila boshlandi. Bu tizim ichki a‘zolar faoliyatini
boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Masalan, hazm tizimi a‘zolari
tashqi nervlardan butunlay
xalos qilingandan keyin ham, o‘z faoliyatini deyrali o‘zgarmagan holda saqlab qoladi. Demak,
bu a‘zolar faoliyatini ular devorida joylashgan intramural tugunlar boshqarib turadi.
Metasimpatik nerv tizimi ko‘p jihatdan avtonom nerv tizimining boshqa bo`limlaridan farq
qiladi. 1. Metasimpatik tizim faqat o‘zi harakat qilish qobiliyatiga ega bo`lgan ichki a‘zolarni
nervlaydi; ularning harakat qilish, so‘rish, shira ajratish faoliyatlarini nazorat qiladi; mahalliy
qon aylanishiga va endokrin unsurlar faoliyatiga ta‘sir qiladi. 2. Metasimpatik tizim simpatik
va parasimpatik tizimlar bilan sinapslar orqali bog‘langan, ammo somatik nerv tizimiga
bevosita aloqasi yo‘q. 3. Umumiy ichki afferent yo`llaridan tashqari, o‘zining sensor
qismi
bor. 4. Nerv tizimining boshqa qismlari bilan qarama-qarshi munosabatda emas. 5. Markaziy
nerv tizimidan muxtorlik darajasi simpatik va parasimpatik tizimlarnikidan yuqori. 6.
Metasimpatik tizim faoliyatini maxsus dorilar yordamida to‘xtatish a‘zolarning ritmik harakat
qilish qobiliyatini yo‘qolishiga olib keladi. 7. Metasimpatik nerv tizimi o‘z mediatorlariga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: