Namlanuvchi issiqlik almashgichlar.
Bunday qurilmalar tashqi tomonidan suyuq holdagi issiqlik
tashuvchi (odatda suv) bilan namlanib turuvchi zmeeviklardan iborat (21.6-rasm). Taqsimlab beruvchi
tarnov orqali suv yuqorigi quvurga berilib, undan keyin pastki quvurga tushadi. Ketma-ket hamma
quvurlardan o׳tgach, suv quvurlarning tagida joylashgan yig`uv idishiga tushadi. Odatda bunday
sovitkichlar ochiq havoda joylashtirilgan bo׳ladi. Afzalliklari: sovituvchi suvning sarfi kam, tuzilishi
sodda va arzon, quvurlarni tozalash oson.Namlanuvchi issiqlik almashinish qurilmalari asosan suyuqlik
yoki gazlarni sovitish hamda bug`larni kondensatsiyalash maqsadida ishlatiladi.
21.6-rasm. Namlanuvchi issiqlik almashgich:
1- tarnov; 2 - tirsak; 3 - quvur; 4 — yig`gich
.
Do'stlaringiz bilan baham: |