Botanik va zoologik kuzatishlar
Sayohat jarayonida joylarning o‘simlik dunyosini o‘rganish
yoki o‘simlikni izlash uchun botanik kuzatishlar olib boriladi.
Bunday paytlarda tegishli o‘simliklardan gerbariy yasaladi, ular
turlarga ajratilib, nomlari aniqlanadi.
O‘simliklarni terish oldidan mahalliy kishilar bilan
maslhatlashish, uning rangi, bargi, bo‘yi, tuzilishi va boshqa
xususiyatlarini aniqlash, shuningdek, ularni quritish, joylashtirish
qoidalarini ham bilish talab etiladi.
Ayrim o‘simlik va gullarni o‘z holicha yig‘ish florizm deyi
ladi. Rassomlar tasviriy san’at ishlarida bu gullarning tuzili shi,
rangi umumiy formalaridan foydalanadilar.
Sayohat paytida zoologik kuzatishlar asosan hasharotlarning
turlarini belgilash va ularni yig‘ishdan iborat. Hasharotlar
zararli va foydalilarga ajratib o‘rganiladi. Hasharotlarni yig‘ib,
uni saqlash juda oson. Buning uchun maxsus banka yoki
shishalardan foydalaniladi. Hasharotni tergan joyning nomi,
maydon kengligi va ularning miqdorini maxsus daftarchaga qayd
etish lozim. Hasharotlarni izlash unchalik murakkab emas, oddiy
durbinlarni ishlatish kifoya.
114
Do'stlaringiz bilan baham: |