Uchinchi xol maqsadni aniqlashda eng maqbul usul hisoblanadi. Chunki bu
usulda maqsadni belgilashda xar ikkala tomonning manfaati bilan korxona
maqsadining mushtarakligi ta’minlanadi. Bu ishda qo‘shimcha ravishda chetdan
mutaxassisni taklif etish xam foydadan xoli bo‘lmaydi.
4 pog‘onada korxonaning erishgan natijasiga, ya’ni maqsadning qay darajada
bajarilganligiga – baho beriladi. Bu missiyani korxonaning yuqori pog‘onadagi rahbarlari
bajaradi.
Nixoyat, maqsadli ¸ndashuv usulining so‘nggi pog‘onasida oldindan qabul
qilingan rejalarga ayrim tuzatishlar kiritish masalasi turadi. Bunday tuzatishlarga,
odatda, hisobga olinmagan omillar natijasida ayrim murakkab maqsadlarning amalga
oshmaganligi sabab bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |