3.1. Aqidabozlik va o‘ta siyosatlashtirilgan mafkura xukmronligidan qutilish;
Karimov I.A. O`zbekiston i¢tisodiy islo¦otlarni chu¢urlashtirish y¤lida T., “£zbekiston”, 1995, 9 - bet.
362
3.2. Mustaqil va yangicha fikrlovchi kishilarni tarbiyalash va boshqa xususiy
maqsadlarga;
Xalqaro-munosabatlar soxasidagi maqsadlar xam:
4.1. Butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zni chetga olishdan va
unga qarshi turishdan voz kechish;
4.2. Jaxon xamjamiyatiga kirib borish va uning bilan teng xuquqli xamkorlikka
yo‘l ochish va boshqa kichik maqsadlarga bo‘linadi.
Ikkinchi darajali maqsadlarning xar biri o‘z navbatida qo‘yi bo‘g‘in
maqsadlariga bo‘linadi. Masalan, mulkchilikning xilma-xilligiga o‘tish maqsadi (2.2)
ning amalga oshirilishi qo‘yidagi qator tadbirlarni ishlab chiqishga va ularning qaysi
birini tanlab olinishiga bog‘liq bo‘ladi:
2.2.1. Davlat korxonalarini aktsionerlik jamiyatiga aylantirish, uning mol-mulki
hisobidan chiqargan (emissiya qilingan) aktsiyalarni xalqqa sotish. Aktsiya sotib
olgan kishi mulkdorga aylanadi.
2.2.2. Ijaraga olingan davlat korxonasini, ijarachilar jamoasi tomonidan o‘zi
ishlab topgan pulga yoki qarzga sotib olib, uni jamoa mulkiga aylantirish. Bunda
yangi mulkdor xalq emas, faqat korxona jamoasi bo‘ladi.
2.2.3. Davlat mulkini qiymatiga qarab chiqarilgan (emissiya qilingan)
sertifikatlar yoki vaucherlarga binoan fuqarolarga bepul berish. Bunda mulk xalq
o‘rtasida tarqatiladi, chunki vaucher va sertifikat korxona aktsiyasini olish xuquqini
beradi;
2.2.4. Davlat mulkini faqat tanilgan, ishning ko‘zini biladigan, mas’uliyatni
zimmasiga olaoladigan tadbirkorlarga, boshqaruvchilarga (menejerlarga) sotish.
Bunda xam ma’lum qatlamgina mulk soxibiga aylanadi.
2.2.5. Davlat mulkini xorijiy qarzni uzish evaziga chet el firmalari va
fuqarolariga berish. Bunda milliy mulk hisobidan xorijiy mulk o‘sadi.
2.2.6. Davlat mol-mulkini auktsionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish. Bunda
xam faqat ma’lum toifadagi kishilargina yangi mulk soxibiga aylanadilar.
Shunday qilib, maqsadning tobe’ bo‘lishlik, yoyib bo‘lishlik va ranjirlash
mumkinligidek sifatlari umumiy maqadni lokal, xususiy va yakka maqsadlarga
ajratishga, ularni ustuvorlik darajasiga qarab tartiblash imkoniyatini yaratishga
yordam beradi. Qo‘yidagi sxemada yuqoridagi bosh maqsadimizni (BM) “Maqsadlar
shajarasi” ko‘rinishida tasvirlaymiz (2.2-sxema).
ÁÌ
3
4
1
2
2.1
2.2.
2.3.
2.4.
2.5.
2.6.
2.2.2.
2.2.3.
2.2.4.
2.2.5.
2.2.6.
2.2.1.