Vaqtinchalik qarorning amal qilishi biron muddat bilanmuddat bilan
cheklangan bo‘ladi ¸ki doimiy qaror qabo‘l qilinguncha amal qilinadi. Masalan, biror
bir bayram munosabati bilan korxonada navbatchilarning tayinlashi bo‘yicha
chiqarilgan buyruq shunday qarorlarga misol bo‘laoladi.
Tezkor (operativ) qaror kechiktirmay ijro etish uchun chiqariladi. Masalan,
tabiiy ofat sodir bo‘lgan xollarda uni bartaraf qilish bo‘yicha qabo‘l qilingan qarorlar
ana shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Muntazam qarorlar belgilangan muddattlarda chiqariladi. Masalan, xo‘jalik
faoliyati yakuniga doyr qabo‘l qilinadigan (dekada, oy, chorak, yarim yillik, tukkiz
oylik va yillik) qarorlar ana shunday qarorlarga misol bo‘laoladi.
Vaqti-vaqti bilan qabo‘l qilinadigan qarorlar xar zamonda biron sababga
ko‘ra qabo‘l qilinadi. Masalan, shaxar transporti xizmatining samaradorligini
aniqlash maqsadida biron bir avtobus marshuritidagi harakatni kuzatish bo‘yicha
qabo‘l qilingan qaror shunday qarorlar turkumiga kiradi.
Mumkin. Ammo bu xildagi qarorlar ko‘p xollarda asoslangan tanqidga uchrab
turadi. Sababi, rahbarlar aksari o‘zini ko‘rsatmokchi bo‘lib, yakkaboshchilik bilan qaror
qabo‘l qilishadi. Ular xatti-harakatlarining 80-90 foizi buyruqbozlikka asoslangan bo‘ladi.
Bu narsa jamoada keskinlikning yuzaga kelishga sabab bo‘ladi. Boshkaruv qarorlari
jamoa fikriga tayanganxolda qabo‘l qilinmas ekan boshqaruvchi bilan bo‘ysinuvchilar
o‘rtasidagi munosabatlarning keskunlashuvi, o‘zaro bo‘lgan ishonchning yo‘qolishi,
nizolarning kelib chiqishi muqarrardir.
Yakka boshchilik tamoyilidan farki o‘laroq yakkadillik tamoyili asosida xam
qarorlar qabo‘l qilinadi. Bu tamoyil mohiyat e’tibori bilan oldinga surila¸tgan
mukobil fikrni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Chunki, qarorlarni qabo‘l
qilishda qatnashadigan kishilar demokratik uslubda fikrlash tarafdorlari bo‘lsa-da,
odatda boshqalarnikidan farq qiladigan o‘z fikrlariga ega bo‘ladilar.
Yakdillik ko‘pincha favqulodda ro‘y beradigan vaziyatlarda qaror qabo‘l
qilishda, shuningdek qarshilik ko‘rsatuvchi guruxlarda "Koalitsiyalar" bo‘lmagan
407
xollarda yuzaga keladi. Bizning sharoitda yakdillik "ma’kullaymiz" degan g‘alati
shaklga kirib keladiki, bu iqtisodi¸timizning o‘zigagina emas, balki butun
jamiyatimizga xam zarar etkazadi. Shunday bo‘lsa-da, bizdagi ko‘pgina
boshqaruvchilar va parlament vakillari, noyiblar shu tamoyilga amal qilishga
moyildirlar.
Kollegial (ko‘pchilik) tamoyili "koalitsiyalar" ya’ni turli ittifoq ¸ki birlashmalar
ro‘y rost ma’lum bo‘lib turgan vaziyatlarda, xar xil fikrlar raqobat qiladigan xollarda
amal qiladi. Shu sababli qaror qabo‘l qilishda ovoz berish yo‘liga o‘tiladi. Bunday
xollarda qabo‘l qilish uchun ko‘pchilikning ovoziga tayaniladi. Ko‘pchilik xollaarda
yarmidan ko‘p ovoz goxida printsipial masalalar yuzasidan me’¸r 2/3 deb
tasdiklanadi.
Konsensus tamoyili pur fikrlilik ya’ni fikrlar moralizmi kuchaygan xamda
axborot oqimining tobora zo‘rayib borgan xollarda qo‘llaniladi. O‘z mohiyati bilan:
Konsunses-bu qarorlarni ishlab chiqish jara¸nida barcha baxsli masalalar va turli-
tuman fikrlar yuzasidan bir bitimga kelish ¸ki kelishishdir.
Konsensusga o‘zaro fikr almashish va maslaxat qilish, shuningdek oldinga
surila¸tgan muqobil masalalarni maqsadga muvofiqlashtirishning xar xil usullarini
qo‘llash ¸rdamida erishiladi. Ayniqsa, "Ringi" usuli yapon biznesida keng
kullaniladigan usuldir. "Yaponcha -ruscha katta lugat"da "ringi" atamasi muammoni
xal qilishga majlislar chakirmasdan turib, surab chiqish yuli bilan rozilik olish deb
ta’riflanadi. Uning bir necha bosqichlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |