Gellar (Gels) - bu dori shakllari maxalliy ishlatish uchun mo‘ljallangan yumshoq dori
shakllari bo‘lib, ular o‘z tarkibida suyuq dispers muxitida bir, ikki yoki ko‘p fazali dispers
tizimlarni saqlaydi. Ularning reologik xossalari nisbatan kam konsentratsiyadagi gel xosil
qiluvchilar yordamida me’yoriga etkaziladi. Bu dori shakllaridagi gel xosil qiluvchilar
qo‘shimcha tarzda dispers tizimdagi suspenziyalar yoki emulsiyalarda turg‘unlashtiruvchilar
vazifasini ham o‘taydi. Shuning uchun ham ular suspenzion gellar yoki emulsion gellar deb
ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |