Pastalar (Pastes) - bu dori turlari maxalliy ishlatish uchun mo‘ljallangan yumshoq dori
shakllari bo‘lib, ular o‘z tarkibida suspenziyalarni saqlagan (umumiy og‘irlikka nisbatan 20%
dan ko‘p), asos tarkibida teng taqsimlangan qattiq dispers fazadan iborat. Pastalarni tayyorlashda
surtmalar, gellar va kremlarni tayyorlashda ishlatilgan asoslardan to‘laligicha foydalanish
mumkin.
Kremlar (Creams) - bu maxalliy ishlatish uchun mo‘ljallangan yumshoq dori turi bo‘lib,
o‘z tarkibida ikki yoki undan ortiq dispers tizimlarni saqlaydi. Tanlangan dispers tizimlar
belgilangan saqlanish haroratida ma’lum bir cho‘kish tezligiga va past reologik ko‘rsatkichlarga
ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |