86
Moylar glitserinni har xil yuqori molekulali yog‘ kislotalari bilan hosil
qilgan murakkab efirlaridir. In’eksiya uchun ishlatiladigan moylar yangi
yig‘ilgan mag‘izlar va mevalardan sovuq usulda siqib olinadi. Ular tiniq, oson
qo‘zg‘aluvchan, saqlanish vaqtida cho‘kma hosil qilmaydigan, stearin
fraksiyasidan va suv yuqidan tozalangan, kislota soni 2,5 dan ortiq bo‘lmasligi
kerak. Bizda in’eksion eritmalar tayyorlash uchun bodom, o‘rik va zaytun moylari
ruxsat etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: