Intralipid infuziya uchun emulьsiyasi, 10%
1000 ml
Faol modda
Tozalangan soya moyi
100 g
YOrdamchi moddalar: tuxum sarig‘i fosfolipidlari — 12 g;
glitserol (suvsiz) — 22 g; natriy gidroksid (pH ko‘rsatkichni 8ga
keltirish uchun) — q.s.; in’eksiya uchun suv — 1000 ml gacha
ko‘rsatkichlari: energetik quvvati — 1100 kkal/l (4600
kDj/l); pH — 7,5–8,5
In’eksiya uchun ishlatiladigan dori turlariga suvli, suvli bo‘lmagan eritmalar,
suspenziya va emulsiyalar hamda steril holdagi tolqon va tabletkalar kiradi.
Tabletka va tolqonlar ishlatilishidan oldin sterillangan erituvchida eritilib, keyin
organizmga yuboriladi.
XI Davlat farmakopeyasiga binoan, in’eksiya uchun ishlatiladigan dorilar
toza, apirogen, barqaror, steril, ayrim hollarda tegishli moddalarda
ko‘rsatiganidek, izotonik, izogidrik va izoionik bo‘lishi kerak.
In’eksiya uchun ishlatiladigan dorilarning hajmi 100 ml va undan ko‘p
bo‘lsa, infuzion eritmalar deyiladi.
Birinchi marta 1885 yili Peterburgli farmatsevt professor A.V.Pel bir
marta ishlatishga mo‘ljallangan steril dori eritmasi soladigan shisha idishlarni -
ampulalarni taklif qildi. SHu davrdan boshlab, steril va aseptik sharoitda
tayyorlanadigan eritmalarni ishlab chiqish keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yildi. Bu
ancha mukammal va qulay usul bo‘lib, aniq dozalarga bo‘lingan steril dorilarni
ko‘p miqdorda g‘amlab qo‘yishni imkonini beradi va ular farmatsevtika
korxonalarining ampula sexlarida ishlab chiqarila boshlandi.
Hozirgi vaqtda in’eksion dori vositalari tabletkalardan keyin ikkinchi
o‘rinni egallaydi, ularni sanoat miqyosida ishlab chiqarish keng ko‘lamda yo‘lga
qo‘yilgan. Bu dori turini ishlab chiqaradigan ampula sexlari xozirgi zamon
dastgohlari va asbob-uskunalari bilan jixozlangan, jarayonlarning asosiy qismi
mexanizatsiyalashtirilan.
Farmatsevtika korxonalarida yiliga turli farmakologik va kiyoviy
guruhlarga mansub bo‘lgan 300 dan ortiq moddalardan 5 millird dona ampula
ishlab chiqarilmoqda. Bu esa shu dori turiga bo‘lgan alabning faqat bir
qisminigina qodira olyapti, xolos. SHuning uchun dorixona sharoitida yiliga 200
000 tonnadan ko‘proq in’eksion eritalar tayyorlanadi. Bu esa dorixona ishining
84
hajmining 50% ni tashil qiladi. Korxona sharoitida tayyorlanadigan in’eksion
eritmalaring keskin ko‘paytirilishi dorixona ishini ancha osonlashtiradi. Lekin
ularning ishiga to‘siq bo‘lib turgan muammolardan korxonalarni
modernizatsiyalash yo‘li bilan ishlab-chiqarish quvvatini oshirish, shishalarning
barqarorligini oshirish, ularning va eritmalarning tozaligini ta’minlash,
turg‘unligini oshirish, suvda yomon eriydigan moddalar erishini yaxshilash kabi
muammolarni hal qilish lozim.
Bu dori turini ishlab chiqarish ko‘p bosqichli va murakkab jarayon bo‘lib,
asosiy ilmiy-tekshirish ishlari Xarkovdagi oliygoxda jamlangan. Professor
F.A.Konev shu sohaning atoqli yirik mutaxassisi hisoblanadi. Ayniqsa, uning va
shogirdlarining suzish mexanizmi va eritmalarning barqarorligini oshirish,
yomon eriydigan moddalardan turg‘un eritmalar tayyorlashga bag‘ishlangan
nazariy va amaliy ishlari diqqatga sazovordir.
In’eksion dori turlari quyidagi afzalliklarga binoan tayyor dori vositalari
ichida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi:
-
steril xolda ko‘p miqdorda g‘amlab qo‘yish mumkinligi;
-
tez va to‘la so‘rilishi;
-
bemorlarga behush holda ham yordam berish mumkinligi;
-
aniq dozalarga bo‘linganligi;
-
ko‘p qon yo‘qotilgan organizmga uning o‘rnini bosuvchi suyuqliklar
yuborish imkoniyati borligi;
-
dorixona sharoitida kasallarga tez hizmat ko‘rsatish mumkinligi;
-
dori ta’sirini uzaytirish imkoniyati borligi.
SHu bilan birga bu dori turi kamchiliklardan ham xolis emas:
-
og‘riq bo‘lishi, tibbiyot xodimining kerak bo‘lishi;
-
in’eksiya qilish jarayonida organizmga infeksiya tushishi;
-
dori moddalarning ma’lum chegarada erishi;
-
eritmalarning etarli darajada barqaror emasligi;
-
tashish
vaqtida
texnologik
jarayon
vaqtida
va
saqlashda
ampulalarning ko‘p sinishi.
Ampulalar har hil hajm va shakldagi idish bo‘lib, steril dorilarni solishga
mo‘ljallangan kengaygan qismi tanadan, dorilarni to‘ldirish va olishga
mo‘ljallangan kapillyardan tashkil topgan (rasm).
Bizda chiqariladigan ampulalar o‘lchov TU 1357-55 orqali belgilanadi.
Ko‘p ishlatiladigan ampulalar 1 ml 10 ml gacha bo‘lib, asosiy qismini
sig‘imi 1 ml li ampulalar tashkil qiladi. Ampulalar silindrsimon, dumaloq,
sigaretsimon, 4 yoki 6 qirrali shakllarda bo‘lishi mumkin.
Ikkita kapillyarli ampulalar reaktivlar va ko‘z tomchilari solishga
mo‘ljallangan bo‘ladi. Buyini (sheyka) ingichkalangan ampulallar maqsadga
muvofiq hisoblanadi, chunki ampula tanasidagi suyuqlik kapillyarlarga o‘ta
olmaydi, bu esa ampulalarni kavsharlash va ochishda katta ahamiyatga ega.
Amaliyotda asosan, tubi tekis ampulalar ishlab chiqariladi. Farmatsevtika
korxonalari shisha zavodlarda ishlab chiqariladigan tayyor qo‘shaloq
ampulalardan yoki shu korxonada shisha naylardan tayyorlangan ampulalardan
foydalanishlari mumkin.
85
In’eksion dorilarni tayyorlashni aseptikadan boshlab aseptika bilan
tamomlash kerak. Korxona sharoitida in’eksion dori turi tayyorlanadigan sex
boshqa sexlardan alohida joyda joylashgan bo‘lishi kerak. Agar ko‘p qavatli
imorat bo‘lsa, bu sex eng yuqorida joylashgan bo‘lishi kerak. Bu dori turini
tayyorlashdagi asosiy shartlardan biri bu tozalikdir. Bu dori turini tayyorlanadigan
xonalar tozali.
Do'stlaringiz bilan baham: |