So’z boshi



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/178
Sana17.08.2021
Hajmi2,85 Mb.
#149641
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   178
Bog'liq
dvst

Etiloleat 
Bu etil spirtni olein kislotasi bilan hosil qilgan  murakkab efir bo‘lib,  och 
sariq,    moysimon  neytral  muhitli  suyuqlik,    havoda  oksidlanmaydi,  termik 
sterilizatsiyaga  yaxshi  chidaydi,  suv  bilan  aralashmaydi,  spirt  va  moylar  bilan 
yaxshi  aralashadi.  Moylarga  nisbatan  qovushqoqligi  kam,  to‘qimalarga  oson 
so‘riladi va dorilar ta’sirini uzaytiradi (testosteron propionat). 
Spirtlar. Bir atomli va ko‘p atomli bo‘lib, suv bilan yaxshi aralashadi, suvda 
yomon  eriydigan  moddalarning  eruvchanligini  oshiradi.  Lekin  bularni  ishlatishda 
oksidlovchilar ishtrokida zaharli  aldegid, kislota va efirlar hosil bo‘lishini hisobga 
olish kerak. 
Etil spirti. Etil spirti digitoksin,  digoksin, selanid, strofantin, konvallotoksin, 
erizimin,  olitorizid kabi suvda erimaydigan  moddalarni eritish maqsadida 2-50% 
gacha eritmaga qo‘shiladi, so‘ng suv bilan kerakli xajmgacha suyultiriladi. 
Propilenglikol. Bu  ikki  atomli  spirt  bo‘lib,  tiniq,  rangsiz  suyuqlik,  xona 
haroratida barqaror,  lekin 140
0
 S dan yuqori xaroratda propion aldegidi, sut,  uzum 
va sirka kislotalarigacha  oksidlanishi  mumkin. 
Shuning uchun  uni  140
0
S da 3 soatdan ortiq sterillash mumkin emas. 
Propilenglikol nisbatan kam zaharli bo‘lib organizmdan tez  chiqib ketadi. U  
yordamchi    erituvchi    va  turg‘unlashtiruvchi sifatida  suv  va  etil  spirti  eritmalarga 
40-70%    qo‘shilishi  mumkin.  Masalan,  propilenglikol  boshqa  spirtlar  bilan 
birgalikda antibiotiklar,  sulfanilamidlar, barbituratlar,  alkaloid asoslarini,  A va D 
vitaminlarning  erishini  ta’minlaydi  va  turg‘un  eritma  hosil  qiladi.    Masalan, 
eritromitsinning suvli eritmasiga 40%,  lantozidga 40% propilenglikol qo‘shiladi.  
Xinidin  gidroxlorid  eritmasi  esa  100%  propilenglikolda  tayyorlanadi.  50%  gacha 
propilenglikol  saqlagan  eritmalar  venaga,  undan  ortiq  saqlaganlari  mushakka 
yuborilishi mumkin. 
Glitserin, bu  uch  atomli  spirt.  U  gigroskopik  xossaga  ega  bo‘lib,  havodan 
40%  gacha  suvni  shimib  olishi  mumkin.  Tibbiyotda  ishlatiladigan  glitserin  13%  
suv  saqlaydi.    150 50 0  S  da  bir  soat  sterillanadi.  Glitserin  suvli  va  spirtli 
eritmalarga  qo‘shimcha  erituvchi  sifatida    30%    gacha  qo‘shiladi.  Xorijiy 
davlatlarda  u  levomitsetin,    gidrokortizon,  glyukoza,  fenobarbital,    morfinlarni 
in’eksion eritmasi tarkibiga kiradi. Bizda selanid, mezaton, viprokainlarni erishini 
yaxshilash  maqsadida  qo‘shiladi.    Glitserin  dorilarni  organizmda  tez  so‘rilishga 
yordam beradi. 
Polietilenoksid.  
PEO-200, 300,  400, 600 lar rangsiz, moysimon qovushqoq suyuqlik bo‘lib,  
spirt  va  suvda  yaxshi  eriydi,    fiziologik    indifferent,  gidrolizga  uchramaydi.  
In’eksion  eritmalarga  barqaror  hisoblangan  PEO-400  qo‘shiladi.  PEO-400  suvda 


87 
 
yomon  eriydigan  va  gidrolizlanishga  moyilligi  bo‘lgan  sulfanilamidlar,  
barbituratlar,  antibiotiklar,  natriyaskorbinatlarni  eruvchanligini  yaxshilash  va 
turg‘unligini    oshirish  maqsadida  asosiy  erituvchiga  70%    gacha  qo‘shiladi.  
Masalan,  digoksin,  levomitsetin,    penitsillin,    serkolizin    kabi      dorilarning 
eritmalarini  tayyorlashda  ishlatiladi.  Lekin  PEO-400  ayrim  dori  moddalar  bilan 
kompleks birikma hosil qiladi  va  sterillash  vaqtida ular biologik  faolligini to‘la 
yo‘qotishi  mumkin.    Ularga  tarkibida  fenol  guruhini  saqlagan  birikmalar  kiradi. 
PEO-400  tarkibida  past  molekulali  fraksiyalarni  saqlamasligi  kerak,  chunki  ular 
oksidlanib zaharli birikmalar hosil qiladi. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish