Suyuq ekstraktlar
Suyuq ekstraktlar oson qo‘zg‘aluvchan spirt-suvli ajratmalar bo‘lib, 1:1 nisbatda,
ya’ni bir og‘irlik qism xom ashyodan bir xajmiy qism maxsulot olinadi. Suyuq
ekstraktlar tayyorlanishi nisbatai osonligi, ta’sir qiluvchi moddalar majmuasining
tabiiyligi, xom ashyo va tayyor maxsulot nisbatining oddiyligi bilan tibbiyotda
keng ko‘lamda ishlatishga imkoniyat beradi. SHu bilan birga ular ekstraktiv
moddalarga to‘yingan bo‘lib, saqlash harorati pasayishi yoki spirtning bir qismini
uchib ketishi bilan cho‘kma xosil qiladi, bu esa suyuq ekstraktlarni tashish va
saqlashni ancha chegaralab qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |