14
umumlashtirish hamda tarmoqlarni modellashtirish uchun kerakli ma’lumotlarni
tayyorlash imkonini beradi.
Iqtisodiy-matematik modellashtirish - usuli xo’jalik va aholiga doir raqamlar
majmuasini tahlil qilish, o’rganilayotgan jarayonni miqdoriy baholash imkonini
beradi.
Ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlardagi miqdor bog’lanishlarning matematik
ifodasini kibernetika fanlarida model, uni tuzish esa modellashtirish deyiladi.
Modelning aniqligi, to’plangan ma’lumotlar darajasi va hajmiga, ularning
to’g’riligiga, tadqiqotchining malakasi va modellashtirish jarayonidagi aniqlanadigan
masalaning ko’lamiga bog’liq. Keyingi yillarda tarmoqlararo va hududlararo ishlab
chiqarish tizimlarining balanslashda (muvozanatlashtirish), iqtisodiyot tarmoqlarini
va ishlab chiqarish kuchlarini oqilona joylashtirishning turli variantlarini aniqlashda
modellashtirishdan foydalanilmoqda. Iqtisodiy - matematik modellashtirishda EHM
lar keng qo’llanilmoqda. Bunda chiziqli dasturlashtirish usuli qo’llaniladi. CHiziqli
dasturlashtirish g’oyat xilma-xil iqtisodiy jarayonlar uchun oqilona yechimlarini
aniqlash imkonini beruvchi matematik dasturdir.
Aerokosmik tadqiqotlar usuli - samarali tadqiqot usullaridan biri. «Iqtisodiy
geografiya» da kenglik bo’yicha, ya’ni katta hududlarda tabiat, xo’jalik, aholi, atrof-
muhit majmuasini tadqiq qilishda keng foydalanilmoqda. Ayni vaqtda, aniq
hududlarda ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, hududiy tashkil qilish, xo’jalik
va aholi joylashuvi, shaharlar, aglomeratsiya va iqtisodiy rayonlar chegaralari, atrof -
muhit holati to’g’risida aniq va yangi ma’lumotlar olish imkonini beradi.
SHuningdek, bu usul orqali kerakli hududni tanlab olib o’rganish va natijalarni
boshqa hududlarga tadbiq qilish ham mumkin.
Balans va guruhlashtirish usuli - balans usuli iqtisodiyot tarmoqlari,
tarmoqlararo, ijtimoiy sohalarda doimo o’zgarib turuvchi iqtisodiy ko’rsatkichlar
muvozanatini ifodalovchi tizimdir.
Guruhlashtirish usuli-ommaviy statistik ma’lumotlarning bir xil, tipik bo’lgan
belgilarga ko’ra guruhlashtirishdir. Ushbu usul o’rganilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy
jarayonlarni hududlar va tarmoqlar bo’yicha umumlashtirish imkonini beradi.
Ekspert baholash usuli - ishlab chiqarish kuchlarining tarmoqlar va hududlar
bo’yicha istiqbolda rivojlanishini yuqori malakali ekspertlar yordamida baholashdir.
Ekspert baholash usuli ayniqsa insonning xo’jalik faoliyati tufayli atrof-muhitda yuz
berayotgan o’zgarishlarni baholashda keng qo’llanilmoqda.
Iqtisodiy bashorat (prognoz) qilish usuli. Iqtisodiyotni rivojlanishi, aholi soni
va tarkibini, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ilmiy bashorat qilishdan
iboratdir. Iqtisodiy bashorat qilish ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik muammolarning
oldindan bilish, bu muammolarni aniqlash va jamiyat taraqqiyotining ilmiy
asoslangan yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: