Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


  Hududiy  mehnat  taqsimoti  ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlantirishning



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

2.  Hududiy  mehnat  taqsimoti  ishlab  chiqarish  kuchlarini  rivojlantirishning 
ilmiy asosi 
 
Hududiy  mehnat  taqsimoti  jamiyat  taraqqiyotida  mehnat  faoliyatining  sifat 
jihatidan  tabaqalanish  jarayonini  ifodalaydi  va  ishlab  chiqarish  kuchlari  rivojlanishiga 
kuchli  turtki  beradi.  Mehnat  taqsimoti  mohiyatiga  ko’ra  ikkiga  bo’linadi,  ya’ni  a) 
butun  jamiyat  miqyosida  va  b)  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  turli  shakllaridagi 
ichki  mehnat  taqsimotidir.  Mehnat  taqsimotining  bu  ikki  turi  o’zaro  aloqadorlikda 
bo’lib, bir-biri  bilan  chambarchas bog’langan. 
Hududiy  mehnat  taqsimoti  -  ishlab  chiqarish  kuchlarini  oqilona  joylashtirishning 
asosidir.  Ayni  vaqtda  hududiy  mehnat  taqsimoti  iqtisodiy  rayonlarining  shakllanishi 
bilan  bog’liq  ijtimoiy-iqtisodiy  jarayondir.  SHuning  uchun  ham  hududiy  mehnat 
taqsimoti  rayonlarning  tabiiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  sharoitlari  bilan  chambarchas 
bog’liq,  xo’jalik  iktisoslashuvining  samarali  yo’nalishlarini  ifodalaydi.  Bunday 
xo’jalik  ixtisoslashuvi  xuddudagi  eng  qulay  va  samarali  bo’lgan  alohida 
mahsulotlarni  yetishtirishga  (dehqonchilikda-bog’dorchilik,  uzumchilik,  sabzavot-
polizchilik  kabi  mahsulotlar  yoki  chorvachilikda  -  sut,  go’sht,  jun,  tuxum,  parranda 
go’shti  yetishtirish,  sanoatda  -  metallurgiya,  mashinasozlik,  kimyo,  Yengil  va  oziq-
ovqat  tarmoqlari  mahsulotlari  yetqazib  berish  va  kurort  xo’jaligi  va  boshqalar)  hatto 
ana  shu  mahsulotlarning  bir  turi  yoki  qishloq  xo’jalik  ekinlarining  bir  navini,  ma’lum 
detalni  yoki uning  bir qismini  ishlab chiqarishga  ixtisoslashuv  bilan  bog’liqdir. 
Ana  shunday  xo’jalik  ixtisoslashuvi  alohida  shakllanadigan  ijtimoiy-iqtisodiy 
jarayonlar  -  geografik  mehnat  taqsimoti  yoki  uning  sinonimi  hududiy  mehnat 
taqsimoti  deb  yuritiladi.  Hududiy  mehnat  taqsimoti  juda  murakkab  tushuncha  bo’lib, 
xo’jalik  jihatidan  turlicha  ixtisoslashuv  darajasidagi  hududlar  o’rtasidagi  iqtisodiy 
aloqalar  tizimini  ifodalaydi.  Bunday  iqtisodiy  aloqalar  rayon,  mamlakat,  jahon 
miqyosida  mineral  xom-ashyo,  xilma-xil  tovarlar  almashuvidan  iborat  o’zaro  foydali 
bo’lgan jarayondir. 
Hududiy  mehnat  taqsimotining  moddiy  elementlari  rayonlar  va  mamlakatlar, 
shaharlar  va  shahar  aglomeratsiyalari,  sanoatlashgan  mintaqa,  markaz,  tugun  va 
rayon,  qishloq  xo’jalik  mintaqalari  va  rayonlari,  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning 
xilma-xil  shakllari,  sihat-salomatlik  va dam olish majmualaridan  iborat. 


 
18 
Hududiy  mehnat  taqsimoti  mohiyatiga  ko’ra-jamiyat  miqyosida  tarmoq  va 
tarmoqlararo  hamda  ishlab  chiqarishni  tashkil  etish  shakllaridagi  (ichidagi)  mehnat 
taqsimotiga  bo’linadi. 
Ijtimoiy  mehnat  taqsimoti  ishlab  chiqarish  kuchlarining  «vaqt»  mobaynidagi 
taraqqiyot  bosqichlarini  ifodalaydi.  Jamiyat  taraqqiyotining  muayyani  bosqichida 
(neolit  davrida)  chorvachilikdan  dehqonchilikning  ajralib  chiqishi,  keyinrok 
hunarmandchilikning  ajralib  chiqishi  bilan  mehnat  taqsimoti  ijtimoiylashib,  sifat 
jihatidan  rivojlanib  bordi.  Hunarmandchilikning  rivojlanishi,  savdo-sotig’ning  o’sishi 
bilan  ishlab  chiqarishning  tabaqalanishi  jarayoni  kuchaydi  va  bugungi  murakkab 
ijtimoiy-hududiy  mehnat  taqsimotining  shakllanishiga  olib keldi. 
Ishlab 
chiqarishning 
tarmoq 
mehnat 
taqsimoti 
iqtisodiyotining 
yirik 
tarmoqlariga,  chunonchi,  sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  transport  va  infrastrukturadagi 
bo’linishni  ifodalaydi.  Tarmoqlararo  mehnat  taqsimoti  ishlab  chiqarishning  tarkiban 
murakkablashib  borish  jarayonidir,  chunonchi,  sanoatda  undiruvchi  va  ishlov 
beruvchi  sanoat  tarmoqlari,  bular  ham  o’z  navbatida  yokilg’i-energetika, 
metallurgiya,  mashinasozlik,  kimyo,  Yengil  va  oziq-ovqat  sanoatiga,  qishloq  xo’jaligi 
-  dehqonchilik  va  chorvachilikga,  transport  esa  quruqlik,  suv  va  havo  transport 
tarmoqlariga,  infrastruktura  esa  g’oyat  tabaqalashgan  ishlab  chiqarish  va  noishlab 
chiqarish tarmoqlariga  bo’linishidir. 
Monopoliyalar,  kontsernlar,  assotsiatsiyalar,  korxonalar,  jamoa  xo’jaliklari, 
firmalar  va  boshqalar  ishlab  chiqarishning  xilma-xil  shakllaridagi  mehnat  taqsimoti  - 
mahalliy  yoki lokal  mehnat  taqsimotidir. 
Bir  mamlakat  doirasida  rivojlanadigan,  mamlakatning  tabiiy,  iqtisodiy-ijtimoiy 
imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  iqtisodiyot  sohalarining  ixtisoslashuv  jarayoni 
mamlakat  mehnat  taqsimoti  deyiladi.  Bunday  mehnat  taqsimotida  mamlakatning  turli 
qismlari  ishlab  chiqarishning  bir  yoki  bir  necha  sohalariga ixtisoslashadi. CHunonchi, 
sobiq 
ittifoq 
sharoitida 
15 
ta 
ittifoqdosh 
Respublikalar 
iqtisodiyotining 
ixtisoslashuvidan  tarkib  topgan  Butunittifoq  mehnat  taqsimoti  shakllangan  edi. 
Butunittifoq  mehnat  taqsimoti  doirasida  Markaziy,  SHimoli-g’arbiy,  Ural,  Donetsk-
Dnepr  bo’yi  iqtisodiy  rayonlari  ishlab  chiqarish  kuchlari  rivojlangan,  sanoatlashgan 
rayonlar  hisoblansa,  O’zbekiston,  Qirg’iziston,  Tojikiston  va  Turkmaniston 
Respublikalaridan  iborat  O’rta  Osiyo  iqtisodiy  rayoni  mineral  xom-ashyo  va  qishloq 
xo’jalik  mahsulotlari  (paxta,  bog’dorchilik,  sabzavotchilik,  chorvachilik)  yetqazib 
berishga ixtisoslashganligi  bilan  ajralib  turgan. 
O’zbekiston  mehnat  taqsimotida  Toshkent,  Zarafshon  va  Farg’ona  iqtisodiy 
rayonlarining  ishlab  chiqarish  kuchlari  bir  muncha  rivojlangan,  sanoati  taraqqiy 
etgan,  ayni  vaqtda  qishloq  xo’jaligi  rayonlari  -  Surxondaryo,  Qashqadaryo,  Buxoro-
Qizilqum, 
Mirzacho’l 
iqtisodiy 
rayonlari 
esa 
tabiiy 
resurslar 
jadal 
o’zlashtirilayotganligi,  qishloq  xo’jaligini  istiqbolda  rivojlantirish  imkoniyatlari 
g’oyat katta ekanligi  bilan  ajralib  turadi. 
Mintaqalararo  yoki  mintaqaviy  mehnat  taqsimoti  tabiiy-geografik  jihatdan  yaxlit 
hududlardagi  ikki  va  undan  ortiq  mamlakatlar  guruhi  o’rtasida  shakllangan  ishlab 
chiqarish  ixtisoslashuvini  ifodalaydi.  Jumladan,  g’arbiy  Yevropa  mamlakatlari 
doirasida  «Umumiy  bozor»  shakllangan  mintaqaviy  mehnat  taqsimotini  ifodalaydi. 
Keyingi  yillarda  bunday  mintaqaviy  mehnat  taqsimoti  Lotin  Amerikasi,  Janubi-


 
19 
SHarqiy,  Janubiy  va  Janubi-g’arbiy  Osiyo,  SHimoli-g’arbiy,  Markaziy,  SHarqiy 
Afrika,  SHimoliy  Amerikada  shakllanmoqda.  Yaqin  istiqbolda  O’zbekiston, 
Qirg’iziston,  Qozog’iston,  Tojikiston  va  Turkmanistondan  iborat  Markaziy  Osiyo 
mintaqaviy  mehnat  taqsimotiga  asoslangan  iqtisodiy  birlashmaning  shakllanishi  bu 
mintaqadagi 
murakkab 
tabiiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy 
va 
ekologik 
muammolar 
yechimlarini  ishlab  chiqish  va  hal  qilish  negizida  ishlab  chiqarish  kuchlarini  yanada 
rivojlantirish  imkonini  beradi. 
Xalqaro  mehnat  taqsimoti  (geografik)  -  jahon  mamlakatlari  o’rtasidagi 
rivojlangan  iqtisodiy  munosabatlar  tizimini  ifodalaydi.  XIX  asr  oxiri  XX  asr 
boshlarida  dunyo  siyosiy  kartasida  yirik  markazlashgan  davlatlarning  yuzaga  kelishi, 
sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  transportning  taraqqiy  etishi,  xalqaro  savdo  va  xalqaro 
bozorning  gurkirab  rivojlanishi  ayrim  mamlakatlarning  tabiiy  sharoit  va  tabiiy 
resurslari,  ijtimoiy-iqtisodiy,  texnik  va  mehnat  resurslari  salohiyatidan  kelib  chiqib 
xom-ashyo,  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  va  tayyor  mahsulotlar  ishlab  chiqarishga 
ixtisoslashuvi  hamda  bu  mahsulotlarning  o’zaro  almashish  jarayonlari  xalqaro 
mehnat  taqsimotini  yuzaga  keltirdi.  Xalqaro  mehnat  taqsimoti  dunyo  siyosiy 
kartasidagi  mamlakatlarning  milliy  iqtisodiyotlarini  bir-biri  bilan  bog’ladi  va  o’zaro 
integratsion  jarayonlarning  rivojlanishiga  olib keldi. 
O’zbekiston  Respublikasi-mustaqil  davlat  sifatida  qaror  topishi  jahon 
hamjamiyatida  keng  ishtirok  etish  imkoniyatlarini  ochdi  va  xalqaro  mehnat  taqsimoti 
hamda  integratsion  jarayonlarda  faol  qatnashish  imkoniyatlarini  yaratdi.  Natijada, 
O’zbekiston yaqin istiqbolda xalqaro mehnat taqsimotida xom-ashyo, qishloq xo’jalik 
mahsulotlari  (paxta,  bog’dorchilik,  sabzavotchilik)  yetqazib  beruvchi  mamlakatdan 
tayyor  mahsulotlar  (mashinasozlik,  keng  iste’mol  mahsulotlari)  yetqazib  beruvchi 
mamlakatga  aylanadi  va  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar  tizimida  o’zining  munosib 
o’rniga ega bo’ladi. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish