Наманган Мухандислик Педагогика Институти Касб таълими факультети


Fanni o’rganish ob’ekti va predmeti



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/161
Sana15.08.2021
Hajmi2,22 Mb.
#148248
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Bog'liq
iqtisodiy geografiya va ekologiya

2.Fanni o’rganish ob’ekti va predmeti. 
 
Iqtisodiy 
geografiya-bilim 
tarmoqlarining 
eng  muhimlaridan  biridir.  U 
geografiya  fanlar  tizimidagi  asosiy  tarmoq  bo’lib,  umumiy,  regional  iqtisodiy 
geografiyani  va tarmoqlar  geografiyasidan  iboratdir. 
Tabiiy  geografiya-Er  shari  geografik  qobig’i,  uning  qismlari  -  tabiiy 
geosistemalar(tabiiy  xududiy  komplekslar)  va  tabiiy  rayonlarni  tadqiq  etsa,  Iqtisodiy 
geografiya  xududiy  ishlab  chiqarish  komplekslari  (XICHK-TPK),  iqtisodiy 
rayonlar,ayrim  mamlakatlarni  ham tadqiqot qiladi  . 
Umuman,  iqtisodiy  geografiya  -  ishlab  chiqarish  kuchlarini  joylashtirish 
qonuniyatlarini,  ishlab  chiqarishni  joylashish  printsiplarini,  hamda  turli  xo’jalik 
tarmoqlarining  joylashish  omillarini  butun  dunyo  bo’yicha  ham,  ayrim  mamlakatlar 
bo’yicha ham o’rganadi. 
Ushbu  fan  ishlab  chiqarishni  joylashishi,  ijtimoiy  mehnatning  xududiy 
taqsimotidan  tashqari,  ayrim  mamlakatlar  ichki  xo’jalik  tarmoqlarining  o’zaro 
bog’liqligi  va  xalqaro  iqtisodiy  munosobatlarning  ayrim  masalalariga  ham  to’xtalib 
o’tadi. 
Iqtisodiy  geografiya  tadqiqot  usullarining  bir-biriga  yaqinligi,  xudud  va  uning 
resurslarini  o’rganish  va  undan  oqilona  foydalanish  xususiyatlariga  ko’ra  tabiiy 
geografiya  bilan  birga  geografiya  fanlar  majmuasiga  kiradi.  Ammo,  u  jamiyat,  inson 
va  ijtimoiy  ishlab  chiqarishni  o’rganganligi  uchun  bir  davrning  o’zida  ijtimoiy  fanlar 
qatoridan o’rin egallaydi. 
SHu  tufayli  o’z  maqsadlariga  yerishmoq  uchun  iqtisodiy  va  sotsialogik 
usullardan  ham foydalanadi. 
Iqtisodiy  geografiya  fani  ijtimoiy-gumanitar  fanlar  (iqtisodiy  fanlar)  tizimiga 
kirib  tabiiy,  ijtimoiy-iqtisodiy  va  ekologik  jarayonlarni  tarmoq  va  hududiy  jihatdan 
o’rganadi.  Iqtisodiy  geografiya  fanining  vazifasi  tabiat  rivojlanishining  ob’ektiv 
qonuniyatlari  (T
0
Q)  va  jamiyat  rivojlanishining  ob’ektiv  qonuniyatlarini  (J
0
Q)  bir-biri 
bilan  bog’liq  holda,  ya’ni  (T
0
QJ
0
Q)  tabiat-aholi-ijtimoiy-iqtisodiy  tizimlar 
(TAITI)  o’rtasida  barqaror  doimiy  (qayta)  aloqalarning  shakllanishini,  bu 
aloqalar  rivojlanish  bosqichlarining  amal  qilishi,  davom  etishi  va  boshqarilishi 
jarayonlarini  tadqiq qilishdan  iborat. 
Iqtisodiy  geografiya  predmetining  asosini  ishlab  chiqarish  kuchlarining  turli 
darajadagi  tarmoq,  tarmoqlararo  va  hududiy  shakllanishi,  rivojlanishi,  yuritilishi  va 
boshqarilishini  takomillashtirishdan  iborat  jarayonlar  tashkil  qiladi.  Bu  jarayonlar 
nihoyatda  murakkab  ijtimoiy-iqtisodiy  tizimlar  va  muammolarni  o’z  ichiga  oladi: 
tabiiy  muhit  va  tabiiy  resurslar  majmuasi,  aholining  demografik  xususiyatlari  va 
joylashish  tizimlari-kichik  qishloqdan  (ovul)  -  to  urbanizatsiyaning  eng  rivojlangan 
shakllariga  (megalopolis)  qadar,  mehnat  resurslari,  bandlik  va  ishsizlik,  migratsiya 
jarayonlari,  moddiy  ishlab  chiqarishning  yetakchi  sohasi,  sanoat  va  uning 
tabaqalashgan 
tog’-kon,  yoqilg’i-energetika,  metallurgiya  (qora  va  rangli), 
mashinasozlik,  kimyo,  o’rmon-tsellyo’loza,  Yengil,  oziq-ovqat  sanoati  tarmoqlari, 


 

qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarish  majmuasi  (ziroatchilik  va  chorvachilik),transport 
tizimi  va  uning  mamlakat,  mintaqaviy,  xalqaro  mehnat  taqsimotidagi,  integratsion 
aloqalarning  rivojlanishidagi  roli,  infratuzilmalar  majmuasi  (ishlab  chiqarish  va 
noishlab  chiqarish),  xalqaro  iqtisodiy  munosabatlar,  xalqaro  iqtisodiy  integratsiya 
hamda  jahon  xo’jaligi  tarmoqlarini  (mahalliy,  mintaqaviy,  xalqaro)  hududiy  tashkil 
qilish  va  ilmiy-texnika  taraqqiyoti  bilan  bog’liq  rivojlantirish,  takomillashtirish  va 
istiqboli,  mintaqaviy  va umumbashariy  muammolardan  iborat. 
Ko’rinib  turibdiki,  Iqtisodiy  geografiya  fani  na  faqat  ishlab  chiqarish 
kuchlarining  tarmoq  va  hududiy  joylashtirish  jarayonini  o’rganibgina  qolmay,  balki 
jamiyatning  hududiy  tashkil  etishni  takomillashtirish  va  boshqarish  to’g’risidagi  fan 
sifatida  ham muhim  o’rin tutmoqda. 
Ayni  vaqtda,  bugungi  kunda  TAITIlarni  tadqiq  qilishning  mutlaqo  sifat 
jihatidan  yangi  bosqichi  boshlandi.  Bu  davr  bozor  munosabatlarining  jahon 
xo’jaligida  yetakchi  munosabatlarga  aylanishi  va  tadqiqotlarni  “ekologiyalashtirish”, 
“ijtimoiylashtirish”,  “iqtisodlashtirish”  vaqti boshlanganligi  bilan  ajralib  turmoqda. 
Iqtisodiy  geografiya  fanining  maqsadi  -iqtisodchi  talabalarni  bugungi  jahon 
hamjamiyatidagi  yuz  berayotgan  siyosiy,  ijtimoiy-iqtisodiy,  tabiiy  va  ekologik 
jarayonlar  hamda  O’zbekistonning  jahon  hamjamiyatida  tutgan  o’rni  to’g’risidagi 
bilimlar  bilan  qurollantirishdir. 
 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish