Dastlabki kichik sayyora – Tserera, 1801 yil 1-yanvarda Italiyan astronomi
J.Piatsi tomonidan Palermo (Sitsiliya) da favqulodda topilgan. Piatsi o‘zi kashf
etgan osmon jismining orbitasini hisoblashga harakat qiladi, lekin, urinishlari
muvaffaqiyatsiz bo‘ladi, bir yarim oy vaqt o‘tib, sayyora yo‘qolib qoladi. Tez
orada nemis olimi K.Gauss osmon jismlari orbitalarini aniqlashning uchta
kuzatuvlarga asoslangan yangi usulini ishlab chiqadi (bu usul hozir ham
qo‘llaniladi). Gauss efemeridasi bo‘yicha sayyora - bir yildan so‘ng nemis olimi
G.Olbers tomonidan qaytadan topiladi. Gauss tomonidan aniqlangan orbita
elementlari shuni ko‘rsatdiki, Tserera Mars va Yupiter sayyoralarining orbitalari
oralig‘ida harakatlanadi, uning katta yarim o‘qi a=2,8 a.b, 1802 – yilning mart
oyida Olbers yana bitta Pallada nomli kichik sayyorani kashf etdi, uning ham katta
yarim o‘qi 2,8 a.b. ga teng. 1804 – yil sentabr oyida nemis astronomi K. Garding
uchinchi kichik sayyora – Yunonni topdi (a=2.7). 1807 yil mart oyida Olbers Vesta
ni ochdi (a=2.4). Barcha topilgan kichik sayyoralarning katta yarim o‘qlarining
qiymatlari bir-biriga yaqinligi Olberisga – ular bitta sayyoraning bo‘laklari ekanligi
haqidagi gepotezani olg‘a surishga zamin yaratdi. 1845 – yili 5- kichi k sayyora
42
Astriya (a=2.5). Shu vaqtdan boshlab kichik sayyorlarning kashf etilishi to‘xtovsiz
davom ettirildi. 1898 yilda navbatdagi kichik sayyora kashf etildiki, uning harakati
hayratomuz edi. Uning orbitasi Mars sayyorasining orbitasini kesib o‘tadi va Yer
orbitasiga yaqin keladi (katta sayyoralar orbitalariga nisbatan). Bu asteroid Eros
deb nomlandi. Erosning Yerga yaqin kelish masofasi 22,5 mln km. Shuni aytish
joizki Marsning Yerdan uzoqligi 56 mln.km dan, Veneraniki esa 40 mln.km dan
kam bo‘lmaydi. Shu tariqa ko‘plab shu kabi kichik sayyoralar kashf etildi. Ular
orasida Germes 1937 yilda ochildi va u Yerga 700 ming km masofagacha gacha
yaqinlashdi. 1801 yili italiyan astronomi Piatsi, astronomik kuzatishlar jarayonida,
Savr yulduz turkumida, tasodifan yulduzga o‘xshash jismni payqab qoladi. Bu
ob‘ektning to‘g‘ri chiqishi va og‘ishi kechadan-kechaga o‘zgarar edi. Gauss uning
orbitasini hisoblab chiqdi, ma‘lum bo‘lishicha, bu ob‘ekt Quyosh atrofida ellips
bo‘ylab harakatlanadi, harakatining katta yarim o‘qi 2,77 a.b., qiyaligi i=10
o
va
ekssentrisiteti e=0,08 ga teng. Bulardan ma‘lum bo‘ldiki, kichik razmerdagi yangi
sayyora kashf etildi. Uni Tserera deb atashdi. Tez orada yana shu kabi 3 ta:
Pallada, Vesta va Yunona sayyoralari ham topildi. XIX asr davomida bu kabi
kichik sayyoralarning soni tobora ortib bordi. Ularni asteroidlar yoki kichik
sayyoralar deb atashdi. XIX asrning oxirlarida kichik sayyoralarni axtarib topish
jarayonlarida fotografoya usuli qo‘llanila boshlandi. Uzoq vaqtlar mobaynida,
takroriy olingan suratlardagi to‘g‘ri chiqish (α) va og‘ish (δ) qiymatlarining
o‘zgarishi kichik bir nuqta shaklida bo‘lsada, ularni yulduzlardan farqlash qiyin
emas. Hozirgi vaqtda 3000 ga yaqin asteroidlarning orbitalari ma‘lum. Ulardan eng
yorqini Vesta. Eng katta asteroid Tserera bo‘lib, uning diametri 780 km (og‘irligi
1,4·10
21
kg) Eng kichigi Yunonlar bo‘lib, uning diametri 200 km. Asteroidlar
asosan Mars va Yupiter sayyoralari orbitalari oralig‘ida harakatlanadi. (Quyoshdan
2,2 a.b. va 3,6 a.b. masofalarda). Asteroidlar o‘zaro to‘qnashib, bo‘laklanib ketadi,
bo‘laklar kattaligi chang zarrachasidan to asteroid kattaligigacha bo‘ladi. Er bilan
to‘qnashganda ular meteoritlar shaklida Er yuziga yog‘iladi. Yangi asteroid kashf
etgan kishi unga o‘zi nom qo‘yish huquqiga ega. Orbitasi yaxshi aniqlangan
asteroidlarga (kashf etilish tartibi bo‘yicha) raqamlar va nomlar berilgan.
43
Asteroidlarning diametri asosan bir necha kilometrdan bir necha o‘nlab
kilometrlargacha bo‘ladi.
Quyosh sistemasidagi kichik sayyoralar orasida nomlari
O‘zbekiston bilan bog‘liq «O‘zbekistoniya», «Avisenna», «Ulug‘bek», «Beruniy»
va «Xorazmiy» nomli sayyoralar bo‘lib, ularni turli davrlarda xorijiy astronomlar
tomonidan kashf etishgan. 2009 yilda Maydanak observatoriyasida olimlarimiz
ochgan va xalqaro kataloglarda 210271 raqami bilan qayd etilgan kichik sayyoraga
―Samarqand‖ nomi berilgan. Endi ―O‘zbekistonlik‖ sayyoralar safiga ―Maydanak‖
kichik sayyorasi ham qo‘shildi.
Xalqaro
astronomiya
ittifoqining
Garvarddagi
kichik
sayyoralar
Markazining (KSM) yaqinda chiqqan Sirkulyarida 22948 raqamli kichik sayyora-
asteroidga O‘zbekistondagi Maydanak astronomik observatoriyasining nomi
berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: