2.4. Kichik sayyoralarni tadqiq etish.
Qadim zamonlardayoq osmondagi ko‘plab yulduzlar orasidan ―daydi
yoritgichlar‖ ma‘nosini anglatuvchi ―sayyoralar‖ nomini olgan ajoyib obektlar
guruhi ajratilgan edi. O‘sha davrda har bir sayyorani mabudlardan biriga o‘xshatish
rusum bo‘lgan. Masalan qonsimon qizil marsni bobilliklar o‘lim mabudi - Nergan
nomi bilan, yunonlar va rimliklar esa, tegishlicha, urush mabudi Ares va Mars
nomi bilan atashgan. Qadimda Oy va Quyoshni ham sayyoralar sirasiga
kiritishgan. Axir ular ham ―koyinotning qo‘zg‘almas markazi‖ – Yer atrofida
―daydishgan‖da. Shunday qilib, bir necha ming yilliklar davomida odamlar aylanib
yuradigan yettita sayoranigina bilishgan, xolos. Osmon gumbazida ular yerdan
uzoqligi tartibida quyidagicha joylashtirilgan: Oy, Merkuriy, Venera, Quyosh,
Mars, Yupitir va Saturn. Keyinchalik esa Quyosh va Oy sayyoralar qatoridan
chiqarilib, o‘rniga yangi sayyora yer kiritildi .
Binobarin, sayyoralar soni oltitani tashkil etdi. 1871 yilda ingliz astronomi
Viliyam Gershel yettinchi – Uran sayyorasini kashf qildi. Keyinroq tserera
(yorqin asteroid ) kashf qilindi va ma‘lum muddat sayyoralar soni sakkizta
bo‘lib turdi. Biroq bir qator boshqa asteroidlar ochilgandan kiyin tserera
sayyoralar ro‘yxatidan chiqarildi va sayyoralar soni tag‘in yettita bo‘lib qoldi. 1846
yilda Neptun kashf etilgach, sayyoralar yana sakkizta bo‘ldi.
O‘tgan asrning 90-yillarida Koyper mintaqasi obektlari yoki ―transneptun
obektlar‖ (yani Neptun orbitasidan tashqarida joylashgan) nomini olgan yangi
obektlar ochila boshladi. 2003 yilda boshqa obektlar qatori 2003 UB313 kod
nomini olgan Koyper obekti kashf etildi. Dastlab u norasmiy ravishda Zena deb
atalgan, 2006 yilda esa Erida nomiga ega bo‘ldi. Xabbl kosmik teleskopida
o‘tkazilgan mufassal tadqiqotlar Erida o‘lchami Plutondan bir muncha katta
ekanligini ko‘rsatadi. Buning natijasi ularoq 2006 yilda Xalqaro astronomiya
uyushmasi XXII Bosh assambleasining maxsus qarori bilan Pluton darajasi
pasaytirilib, sayyoralar turkumidan kichk sayoralar turkumiga o‘tkazildi. Tserera
asteroidi tarixi yana takrorlandi, lekin endi Pluton kichk sayorasi bilan. Chorakkam
51
bir asrlik muddat doivomida (1930 yildan 2006 yilgacha) sayyoralar ro‘yxatida
turgan Pluton o‘zining qonuniy o‘rniga ega bo‘ldi va endi u sayyora deb emas,
balki kichik sayyora, aniqroq aytganda Koyper mintaqasi obekti deb ataladigan
bo‘ldi, shunday qilib, hozirgi vaqtda Quyosh sistemasidagi sayyoralar ro‘ytxati 9 ta
emas balki 8 tadan iborat.
Kichik sayyoralar (asreroidlar) - asosan Mars va Yupiter sayyoralari
orbitalari oralig‘ida harakatlanadi. Xuddi shu ―belbog‖da harakatlanuvchi,
o‘lchami 1 km dan katta bo‘lgan 1 milliondan ortiq asteroidlardan 6000 tasining
orbitalari aniqlandi va ro‘yxatga kiritildi. Yer orbitasi atrofida ham asteroidlar
harakat qiladi va ular vaqti-vaqti bilan Yerga yaqinlashib turadi. Tabiiyki, asteroid
Yerga yaqinlashganda Yer bilan to‘qnashish ehtimoliyati paydo bo‘ladi. Shu bois,
Dunyo astronomiyasida kichik sayyoralarni kuzatish muhim ahamiyatga ega
hisoblanadi. Samoning bu kabi ―daydi toshlar‖ini kuzatish bilan qator
observatoriyalar shug‘ullanishadi.
O‘z FA astronomiya institutiga qarashli Maydanak balandtog’
Do'stlaringiz bilan baham: |