Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti fizika fakulteti



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/29
Sana14.08.2021
Hajmi1,11 Mb.
#147700
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
yerga yaqinlashuvchi asteroidlar tadqiqoti

Xalqaro  astronomiya  ittifoqining  maxsus  komissiyalari  yangi  ochilgan 

osmon jismlariga, jumladan, kichik sayyoralarga nom qo’yish bilan shug’ullanadi. 

Ochilgan sayyora KSM kataloglarida qayd etilganidan so’ng, muallif unga bironta 

nom tanlab yana KSMga murojaat qilishi mumkin. Uning taklifi qondirilganda bu 

haqdagi  ma’lumot  KSM  sirkulyarida  e’lon  qilinadi.  Lekin  aksariyat  yangi  kichik 

sayyoralar  osmonning  keng  zonalarini  tasvirga  oladigan  ixtisoslashgan 

teleskoplar  tarmog’i  yordamida  ochiladi.  Bu  sayyoralarga,  ayrim  hollarda, 

astronomlarni rag’batlantirish maqsadida KSMning o’zi nom beradi. Masalan, har 

uch yilda ― Asteroidlar, kometalar va meteorlar‖ mavzusida katta xalqaro anjuman 

o‘tkaziladi. Anjuman tashkilotchilarini rag‘batlantirish maqsadida KSM mezbonlik 

qilgan  mamlakatning  astronomiya  jamiyatiga  sayyoralarga  nom  berishga  ma‘lum 

kvotalar ajratadi. Shunday anjumanning navbatdagisi 2012 yil boshida Yaponiyada 

bo‘lib o‘tdi. Mavjud an‘anaga ko‘ra, KSM Yaponiya astronomiya jamiyatiga kvota 

ajratdi.  

2009  yilgi  anjumandan  keyin  o‘tgan  uch  yil  mobaynida  yaponiyalik 

muhandis-konstruktor  va  astronomlar  olamshumul  loyihalarni  amalga  oshirishga 

muvaffaq  bo‘lishdi.  Jumladan,  Yaponiyaning  JAXA  kosmik  agentligi  Itakava 

kichik sayyorasiga Xayabusa (Lochin) kosmik apparatini uchirib, uning yuzasidan 



 

44 


Yerga ―tuproq‖ olib kelishdek o‘ta murakkab loyihani amalga oshirdi. Itakavadan 

olib kelingan modda esa katta haroratga chidamli kamera ichida eson-omon yerga 

tushirilgan  va  hozirda  olimlar  uni  maxsus  laboratoriyalarda  o‘rganishmoqda. 

Bundan  tashqari,  KSM  yaponiyaliklarning  Fukusheimada  ro‘y  bergan  fojeaning 

(atom elektr stansiyasining sunami natijasida vayron bo‘lishi) oqibatlarini bartaraf 

etishdagi  qahramonona  say‘y-harakatlarini  inobatga  olib,  ularga  odatdagidan 

ko‘proq  kvota  ajratdi.  Shunga  qaramasdan,  nomlarini  sayyoralarga  qo‘ydirishga 

talabgorlar  juda  ko‘p  bo‘ldi.  Albatta,  buyuk  loyihani  amalga  oshirishda  o‘zining 

salmoqli  hissasini  qo‘shgan    muhandis-konstruktor  va  astronomlar  bu  sharafga 

so‘zsiz  loyiqdirlar. 

Bunday 

sharoitda 

Yaponiya 

milliy 


astronomiya 

observatoriyasining xodimlari Fumi Yoshida va Takashi Itolarning sayyoralarning 

biriga    O‘zbekistondagi  astronomiya  observatoriyasi  sharafiga  ―Maydanak‖  deb 

nom  berish  taklifi  ko‘pchilik  uchun  kutilmagan  hol  bo‘ldi.  Shunga  qaramay,  bu 

taklifni KSM ijobiy hal etdi.    

KSM kataloglarida 22948 raqami bilan qayd etilgan kichik sayyora 1999 yil 

2  oktyabrda  AQShdagi  Lovell  observatoriyasining  Quyosh  sistemasining  kichik 

jismlarini  izlash  va  ochishga  ixtisoslashgan  Anderson  Mesa  stansiyasida  kashf 

etilgan.  Lovell  observatoriyasi  u  yerda  ishlagan  Klayd  Tombo  1930  yilda  Pluton 

katta  sayyorasini  ochgani  bilan  mashhurdir.  2006  yilgacha  Pluton  Quyosh 

sistemasidagi  to‘qqizinchi  katta  sayyora  bo‘lib  hisoblangan.  2006  yilda  Xalqaro 

astronomiya  ittifoqining  maxsus  qarori  bilan  Pluton  katta  sayyoralar  safidan 

chiqarilgan.  

 

 



 

 

 



 

 

 




 

45 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 Kichik  sayyoralar  orbita  elementlarini  o‘rganish  jarayonida  quyidagi 

holatlarga  duch  kelish  mumkin:  bu  kabi  osmon  jismlari  orbitalarining 

ekssentrisitetlari  va  bu  orbitalardan  ko‘pchiligining  ekliptikaga  og‘maligi  –  katta 

sayyoralarnikiga nisbatan (birgalikda olingan) ancha katta qiymatga ega. M-n: 132 

kichik sayyora perigeliyda Mars orbitasi tomon botsa, afeliyda esa ancha uzoqdagi 

Gilda  kichik  sayyorasiga  nisbatan  ham  Quyoshdan  uzoqlashadi.  Barcha  kichik 

sayyoralarning  birgalikdagi  orbitalari  shunday  belbog‘ni  tashkil  etadiki,  uning 

kengligi Quyosh bilan Yer orasidagi masofadan ham uch marta katta bo‘ladi.  

Kichik  sayyoralar  orbitalarini  o‘rganish  maqsadida  O‘z  FA  Astronomiya 

institutiga qarashli observatoriyalarda kuzatuv ishlari olib borilmoqda.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 


Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish