Nomi O’zbekiston bilan bog’liq kichik sayyoralar ro’yxati:
T/r
Sayyora nomi
Garvard
katalogidagi
nomi
Qachon
ochilgan
Qayerda
ochilgan
Kim
tomonidan
ochilgan
1. «O‘zbekistaniya»
1351
1934
Qrim
G.Neuymin
2.
«Avitsenna»
2755
1973
Qrim
L.Chernix
3.
«Ulug‘bek»
2439
1977
Qrim
N.Chernix
4.
«Beruniy»
9936
1986
Bolgariya
B.Elst
5.
«Xorazmiy»
11156
1997
АQSh
P.Kombo
6.
«Samarqand»
210271
2009
O‘zbekiston B.Xofizov,
A.Sergeyev
7.
«Maydanak»
22948
2012
(1999)
АQSh
F.Yoshida,
T.Ito
46
2.3. Yerga xavf soluvchi asteroidlar va kosmik qo’riqlash xizmati..
1-kichik sayyora – Tserera, 1801 yili Italiyalik astronom Piatsi tomonidan
kashf etilgan. Asteroidlar ya‘ni kichik sayyoralar (asteroid – yulduzsimon,
yulduzga o‘xshash degan ma‘noni anglatadi) asosan Mars va Yupiter
sayyoralarining orbitalari oralig‘ida harakatlanadi. Xuddi shu belbog‘da
harakatlanuvchi, o‘lchami 1 km dan katta bo‘lgan 1 milliondan ortiq asteroidlardan
6 mingtasining orbitalari aniqlandi va ro‘yxatga kiritildi. Yer orbitasi atrofida ham
asteroidlar harakatlanadi va vaqti-vaqti bilan Yerga yaqinlashib turadi. Tabiiyki,
asteroidlar Yerga yaqinlashganda Yer bilan to‘qnashish ehtimiliyati paydo bo‘ladi.
Shu bois Dunyo astronomiyasida kichik sayyoralarni kuzatish muhim hisoblanadi.
Yer bilan to‘qnashish xavfi bo‘lgan asteroidlarni (ularni ―daydi samo jismlari‖ ham
deb atashadi) kuzatish bilan Dunyoning ko‘plab observatoriyalari shug‘ullanishadi.
BMT ning maxsus qaroriga ko‘ra, shu kabi kutilmagan tashriflarning oldini olish
va xavfni bartaraf etish maqsadida ―kosmik qo‘riqlash xizmati‖ tashkil etilgan.
―Kosmik qo‘riqlash xizmati‖ asosan AQSh va Yaponiyada keng yo‘lga qo‘yilgan.
Yaqindagina O‘zbekiston ham bu tashkilotga a'zo bo'ldi. O'z FA Ulug'bek
nomidagi Astronomiya institutiga qarashli, Qashqadaryo viloyatida joylashgan,
Dunyoning eng nufuzli 5 ta observatoriyalari qatoridan o‘rin egallagan Maydanak
balandtog‘ observatoriyasida ham ―kosmik qo‘riqlash xizmati‖ yo‘lga qo‘yilgan.
―Samarqand‖ kichik sayyorasi ham shu observatoriyada kashf etildi. Eng katta
asteroid Tserera bo‘lib, uning diametri 1000 km. Ko‘pchilik asteroidlarning
diametri 5-10 km atrofida bo‘ladi. 97% asteroidlarning Quyoshgacha o‘rtacha
masofasi 2,17 dan 3,65 gacha astronomik birliklar oralig‘ida bo‘ladi va asosan
doiraviy orbitalarda harakatlanadi. Ba‘zi asteroidlaresa Quyosh atrofida
cho‘zinchoq – elliptik orbita bo‘ylab harakatlanadi va tabiiyki Quyoshga juda
yaqin keladi. Bunday holda asteroidlar Yerga ham yaqinlashib, Yer bilan
to‘qnashish ehtimoliyati paydo bo‘ladi. Asteroidlar Yerga yaqinlashganda qanday
fojia yuz berishi mumkin? Umuman olganda, Yerga asteroidlardan ko‘ra hajmi
ulardan ancha kichik bo‘lgan samoviy toshlar – meteoritlarning tushishi ko‘p
47
kuzatilgan. Meteoritlar kometa yoki asteroidlarning boshqa osmon jismlariga
urilib, parchalanib ketishidan hosil bo‘ladi. Agar meteoritning o‘lchami 30-50 m
atrofida bo‘lsa Yerga kuchli zarar etkazishi mumkin. Meteorit atmosferaning
yuqori qatlamlarida portlashi ham mumkin yoki Yergacha etib kelib krater hosil
qilishi va 1 necha o‘n, hattoki yuzlab kvadrat km maydonga talofat etkazishi
mumkin. Bunda meteoritning portlash paytidagi energiyasi 10 megatonna quvvatga
ega bo‘lgan vodorod bombasining kuchiga tenglashadi. Bunday talofatni ―Mahalliy
talofat‖ deyiladi va u 100-200 yilda bir marta sodir bo‘lishi mumkin. Agar Yerga
o‘lchamlari 1 necha yuz metrdan 1,5 km gacha bo‘lgan osmon jismi tushadigan
bo‘lsa, u atmosferada o‘z tezligini diyarli yo‘qotmasdan Yer sirtiga kelib uriladi.
Bu talafot kuchli Yer silkinishlari, vulkan otilishlari yoki cheklangan yadro
urushlariga tenglashadi va millionlab km maydonni vayron qiladi. Bunday talafot
mintaqaviy talafot deyilib, 10 ming – 100 ming yilda 1 marta sodir bo‘ladi.
O‘lchami 1,5 km dan ortiq bo‘lgan asteroidning Yer bilan to‘qnashishi butun
sayyorani larzaga soladi. Bunday talafot global talafot deyiladi va u 100 ming – 1
million yilda 1 marta sodir bo‘ladi.
Kosmik qo‘riqlash xizmatining vazifasi – Yerga real xavf solish mumkin
bo‘lgan asteroidlarni izlab toppish va barchani xavfdan 1 necha yil oldin
ogohlantirish va xavfning oldini olishdan iborat.
Hozirda Yerga xavf soluvchi asteroidlardan 6000 dan ortig‘i aniqlangan
bo‘lib, ulardan 743 tasining o‘lchami 1 km dan ortiq. BMT ning maxsus qaroriga
ko‘ra asteroidlarning bu guruhiga ―xavf soluvchi asteroidlar‖ deb nom berildi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra bu kabi asteroidlarning Yer bilan to‘qnashishi oqibatidagi
falokat bundan 65 million yil avval yuz bergan va oqibatda Yer yuzidan
dinazavrlar yo‘q bo‘lib ketgan.
Kosmik qo‘riqlash xizmati Yerga yaqinlashayotgan asteroidni oldindan
aniqlaydi va uni orbitasidan chiqarib yuborish yoki portlatish chorasini ko‘radi.
2013 yil 15 fevralda 2012 DA nomli asteroid Yerga yaqinlashdi. Ushbu
asteroid 2012 yil 23 fevralda aniqlangan edi. Uning diametri 45m atrofida bo‘lib,
massasi 130 ming tonna atrofida. Bu asteroid sayyoramizga 28 ming km gacha
48
yaqinlashdi. 2012 DA asteroidi kutilganidek Yer sayyorasi yaqinidan uchib o‘tdi
va Yerga hech qanday xavf tug‘dirmadi. Biroq, xuddi shu kuni 2013 yil 15
fevralda Rossiyaning Chelyabinsk oblasti osmonida ―bolid‖ kuzatildi. Bir yil oldin
aniqlangan va kutilganidek o‘z traektoriyasi bo‘yicha Yer yaqinidan uchib
o‘tayotgan 2012 DA ulkan asteroidi bilan Chelyabinsk osmonidan tashrif buyurgan
daydi osmon jismi orasida bog‘lanish yo‘q edi. Sababi: 2012 DA asteroidi
janubdan shimolga qarab o‘z harakatini davom ettirgan bo‘lsa, Chelyabinsk
meteoriti esa sharqdan g‘arbga tomon harakatlandi. Barchaning e‘tibori bir yildan
buyon kutilayotgan 2012 DA ga qaratilgan bir paytda Chelyabinsk oblastiga
tushgan meteorit g‘alati holat bo‘ldi. Bu ikkala osmon jismlarining samodagi
parvozi paytidagi oraliq masofa qariyib 500 ming km ni tashkil etdi.
2012 DA o‘z orbitasi bo‘ylab harakatlanib Yerdan uzoqlashib ketdi,
Chelyabinsk meteoriti esa Yerga tushgan uzoq samo jismining namunalari sifatida
tadqiq etiladi.
Eras nomli planeta 1898 yilda topilib, katta yarim o‘qi 1.46 bo‘lgan ellips
bo‘yicha harakatlanadi. Shunday qilib uning ekssentristeti 0,22 ga teng. Eras
orbitasining bir qismi Mars orbitasining ichida bir qismi esa Mars bilan
Yupiter orbitalari orasida joylashgan.
Vaqti- vaqti bilan bu planeta Yerga 22 mln km gacha yaqinlashib
turadi. Masalan: 1931 yilda shunday bo‘lgan edi. Yerga shunday yaqin kelib
qolishi sababli Eras Quyosh parallaksini aniqlash uchun eng qulay planeta
hisoblanadi. Uning diyametiri 20 km dan oshmaydi.
XX asrda boshqa bir necha planetalar topildiki, ularning birinchi
ro‘para turushini kuzatishdan olingan ma‘lumotlar bu planetalar Yerga xuddi
Eras kabi va undan ham yaqinroq kelib qolishini ko‘rsatadi.
Gidalga (944) planetasining orbitasi butunlay kometa orbitasiga
o‘xshaydi, uning ekssentrisiteti 0.65 va ekliptikaga og‘ishi 43
0
,
Gidalganing
o‘rtacha uzoqligi 5.71 astronomik birlikka, ya‘ni deyarli Saturn orbitasicha
uzoqlashadi, perigeliyda esa u Mars orbitasiga qaytadi. 1944 yilda Ikar
nomini olgan asteroid topildi, uning orbitasi ajablanarli, bu asteroid afrliyda
49
Quyoshdan uzoqqa Yer orbittasining orqa tomoniga kelib qoladi, Vaqti-
vaqti bilan Ikar Yerga ham yaqinlashib turadi. Jumladan 1968 yil iyunida
Ikar Yerga juda yaqin -7 million km masofadan o‘tgan, Yerga nihoyatda
yaqin kelgan - Ikardan boshqa asteroyidlar ham bor. Masalan 1992 yil 8
dekabrda hajmi Ikardan ham katta bo‘lgan, Taytatis Yerdan atigi 3.6
million km naridan o‘tganligi kuzatildi.
Yana bir qiziq ma‘lumot: to‘qson etti foyiz ―kichik sayyora‖ larning
Quyoshgacha o‘rtacha masofasi 2.17 dan 3.65 gacha astronomik birliklar
oralig‘ida bo‘lib, ular asosan doiraviy orbitalarda harakatlanadi. Lekin bazi
asteroidlar Quyosh atrofidan cho‘zinchoq elliptik orbita bo‘ylab harakatkanadi.
Binobarin, ular Quyoshga juda yaqin keladi. Quyoshga eng yaqinlashuvchi
asetroid Ikardir. Quyoshga nisbatan 28 mllion km masofada harakatlanishi
tufayli u vaqti – vaqti bilan Yerga ham yaqinlashib turadi.
50
Do'stlaringiz bilan baham: |