qiziquvchan bo’ladilar. Ularda hissiyot va hayajonli holatlar sekin paydo bo’ladi, biroq chuqurligi,
zo’r kuchi va davomiyligi bilan farq qiladilar, melanxoliklarni ranjitish oson, tez xafa bo’ladi va
xafagarchilikka bardosh bera olmaydilar. Melanxoliklar odamlarga aralashmaslikka va
yolg’izlikka moyil bo’ladilar. Uncha tanish bo’lmagan, yangi kishilar bilan aloqa qilishdan
o’zlarini chetga tortadilar, yangi sharoitda ko’pincha o’zlarini noqulay sezadilar. Ta’lim
jarayonida melanxolik o’quvchilar kuchli va uzoq davom etadigan zo’r berishlikni ko’tara
olmaydilar, chunki bunday holda ular miyasidagi nerv hujayralari tezlik bilan muhofaza
tormozlanishiga o’tib oladilar.
Qobiliyat odamning shunday psixologik xususiyatidirki, bilim, ko’nikma va malakalarni
ortirishning samardorligi, tezligi shu xususiyatlarga bog’liq bo’ladi, lekin bu xususiyatlarning o’zi
bilim, ko’nikma va malakalarga taaluqli bo’lmaydi. Qobiliyat deb, biror faoliyatni muvaffaqiyatli
egallash sharti hisoblangan va buning uchun kerak bo’ladigan bilim, malaka va ko’nikmalarni
egallashda namoyon farqlarni belgilab beradigan psixologik xususiyatlar yig’indisiga aytiladi.
Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida xarakterlanadi, ya’ni bir odamning boshqa
odamdan farq qiladigan sifatlarini ochib beradi.
Qobiliyatlarni miqdor jihatdan o’lchash muammosi psixologiyada katta tarixga egadir. XIX
asrning oxiri XX asrning boshlaridayoq bir qator psixologlar (Kettel, Termen, Spirman va
boshqalar) ommaviy ixtisoslar uchun kasb tanlashni amalga oshirish zarurati bilan uzviy bog’liq
bo’lgan talablar ta’siri ostida ta’lim olayotganlarning qobiliyat darajasini aniqlashni talab qilib
chiqdilar.
O’sha paytlarda qobiliyatlarini o’lchash usuli sifatida aqliy iste‘dod testlari dan
foydalaniladi. Aqliy iste‘dod testlarining yordami bilan bir qator mamlakatlarda (AQSH, Buyuk
Britaniya va boshqalar) qobiliyatlarni aniqlash va maktablarda o’quvchilarni saralash, armiyada
ofitserlik xizmatini bajarish, ishlab chiqarishda rahbarlik lavozimini tanlash va shu kabilar amalga
oshiriladi.
Qobiliyat suhbat, test yordamida aniqlanadi. Qobiliyatlarning umumiy va maxsus turlari
farqlanadi. Umumiy qobiliyatlar mavjud bo’lganda kishi faoliyatning turli xillari bilan
muvaffaqiyatli shug’ullana oladi. Maxsus qobiliyatlar kishiga qandaydir bir muayyan faoliyat
bilan muvaffaqiyatli shug’ullanish imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: