Sangvinik temperament tipiga mansub kishilar o’zini ishchan, faol, g’ayratli kishi sifatida
namoyon qiladi. Ularda jo’shqinlik, va chaqqonlikning namoyon bo’lishi kuzatiladi. Sangvinikda
quvonch, qayg’u, yoqtirish va yoqtirmaslik, mehribonlik va nafrat hislari tez hosil bo’ladi, biroq
undagi bu xislatlarning namoyon bo’lishi beqaror, ular tezda paydo bo’lib tezda yo’qoladilar.
Sangvinik temperamentdagi kishilarda his-tuyg’ular, odatda tashqi ko’rinishda yorqin
ifodalangan bo’ladi: ma’noli mimika, ravshan imo-ishora, tez harakatlar qilish, tez gapirish,
harakatchanlik va chaqqonlik. Ular atrofdagi kishilar bilan tez til topishadigan, odamshavanda,
kishilar bilan osonlikcha yaxshi munosabat o’rnatadigan va jamoada xushchaqchaqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |