Pedagogika. Psixologiya


Kasbiy faoliyat motivlari va kasbiy fikrlashning xususiyatlari



Download 0,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/158
Sana13.08.2021
Hajmi0,89 Mb.
#146715
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158
Bog'liq
Pedagogika. Psixologiya

7.5. Kasbiy faoliyat motivlari va kasbiy fikrlashning xususiyatlari. 

O’quvchilarni  kasbga  yo’naltirish  umumiy  o’rta  ta’lim  maktablari  ishining  tarkibiy 

qismidir. Ma’lumki, agar kasb to’g’ri tanlangan bo’lsa, inson uchun mehnat quvonch, ijodiy ilhom 

manbaiga aylanadi, bu esa inson uchun ham, jamiyat uchun ham foydalidir. Demokratik jamiyatda 

bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar yoshlar erkin fikrlashni 

o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Erkin fikr, ijodiy fikrlash jarayoni 

kichik  bog’cha  yoshidan,  maktab,  oliy  o’quv  yurtlarida  amalga  oshiriladi.  Ijodiy  fikr,  erkin 

fikrning to’g’ri yo’naltirilmog’i bilan bog’liqdir. Bu kasbiy fikrlash jarayoniga yo’l ochadi.  




Kasbga  yo’naltirish  tizimi  -  Shaxsga  kasbni  va  uning  Shaxsiy  sifatlarini  o’rganishda 

yordam  beruvchi  maqsadlar,  mohiyat  va  printsiplar,  uslub  va  vositalar  birligidir.  Kasbga 

yo’naltirish  barcha  o’quv  tarbiya  ishlari  bilan  bog’lab  olib  boriladi.  Ongli  kasb  tanlash  uchun 

yoshlarda  avvalo  kasbiy  fikrlash,  fikr  uyg’unligi  yaxshi  shakllangan  bo’lishi  lozim.  Har 

tomonlama rivojlangan, yetuk, kasb tayyorgarligi bor kishidagina kasbiy fikrlash yuksak darajada 

ijobiy  shakllangan  bo’ladi,  shuningdek  fikriy  mulohazalari  boy  va  ijodiy  izlanuvchan 

xususiyatlarga ega bo’ladi.  

Kasbiy  fikrlashni  yuzaga  kelishi  uchun,  kasbga  yo’naltirishda  turli  kasblar,  ularga 

quyiladigan  talablar,  bu  kasbni  qaerda  egallashlari  mumkinligi,  kasblarning  murakkab  jihatlari 

to’g’risida o’quvchilarga ma’lumot berish katta ahamiyatga ega.  

Kasb tanlash-jiddiy va mas‘uliyatli ishdir. O’z hayot yo’lini jiddiy suratda belgilab olish - 

oson ish emas. Buning uchun uzoq vaqt maxsus tayyorgarlik ko’rish talab etiladi. O’quvchilarning 

kasb-hunarga  layoqatini  o’rganish  uchun  ularning  aqliy,  jismoniy  qobiliyatlarini,  kasbiy 

fikrlashini bilish, malaka va ko’nikmalarini o’rganish lozim. 

Biror sohada tashabbus ko’rsatish uchun har bir kishi o’zi faoliyat ko’rsatayotgan sohani 

mukammal  bilishi,  ustasi  bo’lishi,  bu  sohani  mahsuliy  jarayonida  nimalar  taraqqiyotga, 

rivojlanishga muvaffaqiyat olib keluvchi va to’siq bo’luvchi mezonlarni aniq bilishi, hamda yutuq 

va  kamchiliklarining  asosini  aniq  bilishi  kabi  nazariy  -  amaliy  bilimlarga  ega  bo’lishi  lozim. 

Tashabbuskorlik  sifati  insonlarning  ichki  faollik  omillari:  birinchidan  har  bir  kishining  o’z 

qziqishi, aqliy va o’quv qobiliyatiga mos hayot yo’lini topish orqali o’z qadrini ruyobga chiqarish 

hissi  bo’lsa,  ikkinchidan  Shaxsiy  manfaatdorlik,  Shaxsiy  mulkning  faqat  moddiy  emas,  balki 

ma’naviy  qadriyatlarni  ishga  tushirish  orqali  o’zini  va  davlat,  jamiyat  va  olamni 

takomillashtirishga  hissa  qo’shishidan  iborat.  Kasbiy  fikrlash,  kasb  ahloqi  kishilarning  hissiy 

kechinmalari, axloqiy ideallar va e‘tiqod bilan uzviy birlikda yaxlit holda shakllanadi.   




Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish