Termoretseptorlar – haroratni sezish retseptorlari bo‘lib , harorat
ta‘sirlarini idrok qiladi. Ular teri va ichki a‘zolarni hamda haroratni sezuvchi
markaziy neyronlarning retseptorlarini birlashtiradi.odam va umurtqali
hayvonlarda termoretseptorlar sovuq va issiqni sezuvchi retseptorlarga
bo‘linib, ular issiqlikni teri haroratiga bilvosida ta‘siri bo‘yicha sezadilar.
Ayrim umurtqalilarda issiqlik manbai bo‘lgan infraqizil nurlarni to‘g‘ridan-
to‘g‘ri idrok qiluvchi ixtisoslashgan retseptorlar ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |