116
23.
Astronomik kenglama – Astronomik zenit va ekvator
tekisligi orasidagi
burchak.
24.
Astronomik har yilllik – Astronomik hodisalarni holatini va
yoritgichlarni
holatini ko’rsatuvchi tablitsalar to’plami.
25.
Atmosferik refraksya – Yorug’likni atmosferada sinishi natijasida
yoritgichlarni holatini ko’rinma siljishi.
26.
Afeliy – Quyoshdan eng uzoqda turgan arbita nuqtasi.
27.
Tashqi sayyoralar – Quyosh sitemasidagi arbitalarini katta yarim o’qi, Yer
arbitasining katta yarim o’qidan katta bo’lgan sayyoralar.
28.
Ichki sayyoralar – Quyosh sitemasidagi arbitalarining katta yarim o’qi, Yer
arbitasining katta yarim o’qidan kichik bo’lgan sayyoralar.
29.
G’alayon – Quyosh sitemasidagi boshqa jismlar tomonidan tortilishi tufayli
elliptik harakatdan chetlashishi.
30.
Chiqish – Kosmik jismning ko’tarilib gorizont aylanasining kesish holati.
31.
Botish – Kosmik jism pasayib gorizont aylanasini kesish holati.
32.
Kulminatsya – Yoritgichni osmon meridianini kesish holati.
33.
Quyosh vaqti – Haqiqiy Quyosh holatiga yoki o’rtacha Quyosh holatiga
qarab o’lchanuvchi vaqt.
34.
Balandlik – Osmon sferasida berilgan nuqta va gorizont tekisligi orasidagi
burchak.
35.
Gorizontal parallaks – Yoritgich gorizontda bo’lganida undan turib Yerni
radiusini ko’rish burchagi.
36.
Gravitatsya – Istalgan ikki jism orasiga ta’sir etuvchi tortishish kuchi.
37.
Grinvich meridiani – Yerning shimoliy va janubiy qutiblarini
tutashtiruvchi grinvich abservatoriyasidan o’tuvchi yer sirtidagi katta yarim
aylana.
38.
Zenit – Kuzatish joyida o’tkozilgan vertikal chiziqni osmon sferasi bilan
kesishish nuqtasi.
39.
Taqvim – Uzoq vaqt oraliklarini yillarga bo’lib hisoblash sitemasi.
40.
Meridian – Osmon siferasini shimoliy va janubiy qutiblarini tutashtiruvchi
katta yarim aylana.
41.
Yulian kunlari – 17 noyabr 1858 - yildan boshlab o’tgan sutkalar soni.
42.
Orbita qiyaligi – Arbita joylashgan tekislik va ekliptika tekisligi orasidagi
burchak.
43.
Ekliptika qiyaligi – Ekliptika tekisligi va ekvator tekisligi orasidagi
burchak.
44.
Osmon sferasi – Radiusi ixtiyoriy markazida kuzatuvchi turuvchi, ichki
sirtida yoritgichlar joyi proyektsiyalangan sfera.
45.
Siderik davr- Arbita bo’ylab to’la, bir marotaba aylanib chiqishi uchun
ketgan vaqt.
46.
Sinodik davr – Sayyoralarning bir konfiguratsyadan ikki marotaba o’tishi
orasida ketgan vaqt.
47.
Parallaks – Kuzatish nuqtasini o’zgarish natijasida kosmik obyektni
mavqeyini ko’rinma siljish kattaligi.
48.
Periastr - Yulduz yaqinidagi orbitaning unga eng yaqin nuqtasi.
117
49.
Perigey – Yer yaqinidagi arbitaning unga eng yaqin nuqtasi.
50.
Yarim kun – Quyoshning osmon meridiyanini kesish momenti.
51.
Qutb masofasi – Osmon sferasida olam qitbidan boshlab o’rganuvchi
burchak.
52.
To’g’ri harakat – Quyosh sistemasidagi Sayyoralarning Quyosh atrofida
harakat yo’nalishidagi harakatlar. Shimoliy qutbdan qaralganda bu harakat,
soat strelkasi aylanish yo’nalishiga teskaridir.
53.
Teskari harakat – Quyosh sistemasidagi Sayyoralarning Quyosh atrofida
harakat yo’nalishiga teskari yo’nalishidagi harakat. Shimoliy qutbdan
qralganda, bu harakat yo’nalishi soat strelkasi harakat yo’nalishiga mos
keladi.
54.
To’g’ri chiqish – Ekvatorial koordinat sistemasida
bahorgi tengkunlik
nuqtadan boshlab ekvator aylanasi bo’ylab Janub – Sharq – Shimol – G’arb
yo’nalishida o’lchanuvchi burchak.
55.
Tengkunlik – Quyoshni Osmon ekvatorini kesishish nuqtalari. 21 mart
bahorgi tengkunlik, 22 sentabr kuzgi tengkunlik nuqtalari.
56.
Radius vektor – Obyektni arbita bo’ylab harakatlanishida asosiy fokus
bilan uni tutashtiruvchi to’g’ri chiziq parchasi.
57.
Saros – Oy va Quyosh tutilishlarni takrorlanish davri.
58.
Og’ish – Ekvatorial koordinat sistemasida ekvator aylanasidan kosmik
obyektgacha o’lchanadigon burchak.
59.
Qushilish – Ikki kosmik obyektni bitta holatga kelib koordinatalari
tenglashishi.
60.
Vaqt tenglamasi – haqiqiy va o’rtacha Quyosh vaqtlari orasidagi farq.
61.
Kenglama – Ekvator aylanasidan boshlab Shimoliy yoki Janubiy qutblar
yo’nalishida o’lchanuvchi burchak.
62.
Ekvator – Yerning markazidan o’tuvchi tekisligi aylanish o’qiga
perpendikulyar bo’lgan aylana.
63.
Ekliptika – Yerning Quyosh atrofida aylanishi arbitasini tekisligi.
64.
Elongatsya – Quyoshga va kosmik obyektga o’tkazilgon yo’nalishlar
orasidagi burchak.
65.
orbita elementlari – Kosmik obyekt orbitasini aniqlovchi kattaliklar
to’plami.
66.
Ekssentrisitet – Ellipsning cho’zuvchanlik o’lchovi bo’lib, kosmik obyekt
orbitasini va uning orbitasidagi o’rnini bir qiymatli aniqlanuvchi kattalik.