14
bo’lgan so’zlar guruhi
sinonimlar qatori(la fila di sinonimi)deyiladi.
Sinonimlar
qatori ikki va undan ortiq so’zdan tashkil topadi. Masalan: viso-faccia (yuz).
Dominanta(dominato)-sinonimik qatordagi betaraf ma’noli so’z hisoblanadi.
Ma’no sinonimlari umumiy ma’noga ega bo’lsada, ma’no qirralari bilan
farqlanuvchi sinonimlar.
Sinonimlar fikrni aniq, maqsadga muvofiq tarzda ifodalash vositasi bo’lib,
xuddi mana shu omil ularni yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Sinonimlar yuzaga
kelishi va ma’nolarga ko’ra quyidagi turlarni tashkil qiladi:
1.
To’liq (sof) sinonimlar. Aynan bir tushunchani anglatish va nutq
jarayonida biri o’rnida ikkinchisini ishlatish mumkinligi bilan ajralib turadi. Ular
ko’pincha boshqa tillardan kirib kelgan o’zlashma so’zlarning o’zbekcha so’zlar
bilan ma’nodoshligi asosida vujudga keladi:Masalan, hotel – albergo, weekend –
fine settimana va boshqalar.
2.
Ma’noviy sinonimlar. Bir – biridan nozik ma’nolari ya’ni ijobiy, salbiyligi
yoki uslubiy va boshqa jihatdan farqlanuvchi ma’nodosh so’zlardan tashkil topadi.
Masalan, sorridere, ridere, deridere va boshqalar.
3.
Shartli sinonimlar . Muayyan matndagina ma’nodoshlikka ega bo’ladigan
sinonim so’zlardir. Biz bunday sinonimlarni kontekstga
qarab aniqlashtirishimiz
mumkin.
Ayni paytda so’zlar frazеologik birikmalar bilan ham ma’nodoshlik hosil
qilishi mumkin.
1
Masalan:
acqua in bocca – tacere,
andare per la maggiore – essere molto famoso,
contento come una pasqua – essere molto contento,
essere una volpe – essere furbo,
in nero – illegale,
in un fiat – velocemente,
menare per il naso – bugiare,
nascere con il vestito – essere fortunato.
Sinonimlar qatoridagi bosh so’z (asosiy so’z) hisoblanadi. Bosh so’z, odatda,
hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional bo’yoq, uslubga ko’ra betarafligiga shu
kabi xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa so’zlardan farqlanadi, hamda xuddi
accadere – avvenire – capitare – intervenire-succedere (sodir bo’lmoq). Bu
sinonimik qatordan eng ko’p qo’llaniladigan so’z bu-succedere. Qolgan so’zlar esa
har biri o’ziga xos belgi-xususiyati bilan boshqalaridan farqlanadi.Demak bu
sinonimik zanjirda dominanta deb
succedere fe’lini bemalol ayta olamiz.
Uslubiy sinonimlar(sinonimi di stile)-leksik ma’nolari
ijobiy yoki salbiy
munosabat ifodalovchi chizmalar bilan qoplangan sinonimlar. Masalan: parlare-
gapirmoq, gapirib bermoq, recitare-bayon qilmoq. Bu ikki so’zdan recitare so’zi
uslubiy sinonim hisoblanadi.
Nutqiy sinonimlar(sinonimi orali)-nutqning u yoki bu turiga xoslanganligi
bilan farqlanadigan sinonimlar.
1
GiuzeppePittano, Dizionariodeimodi di dire, Zanicchellieditore, Bologna, 2017.
15
Leksik sinonimlar leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko’ra
guruhlanishidir. Masalan
: casa-uy, abitazione-yashash joy,
dimora –
qarorgoh
(birinchiguruh);
paese-mamlakat,
villaggio-qishloq,
borgo-qishloq (ikkinch
iguruh);
camera-xona, kamera,
stanza-xona,
aula– darsxona (uchunchi guruh) va
boshqalar. Bunday guruhlar til shunoslikda sinonimik qatorlar deb nomlanadi. Har
bir sinonimik qatorda:leksemalarning denotativ ma’nosi bir xil, ifoda chizmalari
(ma’no qirralari, uslubiy bo’yoqlari, sub’ektiv baho, qo’llanish doirasi) har xil
bo’ladi.
Masalan, ozod-
libero, mustaqil-
indipendente, erkin-
celibe
1
leksemalari bitta
denotatni “ozod-libero” ni ataydi. Ifoda chizmalari ba’zan darajalanadi:
-yuz-
faccia
-bet-
viso
-aft-
muso
-bashara-
grugno
-turq-
ceffo.
Leksemalarining barchasida (“yuz”dan boshqa) salbiy bo’yoqli sxemalar bor,
biroq bu sxemalarda salbiy bo’yoqning ifodalanish darajasi har xil: u “bet”dan
“turq”qa tomon ortib, kuchayib boradi. Ifoda sxemalari bo’lmagan, betaraf ma’noli
leksemalar sinonimik qatorning dominantasi sanaladi. Chunonchi, yuz – bet – aft –
bashara-turq so’zlari uchun dominant – yuz (
faccia) dir.
Italyan adabiyotiga o’zining ulkan hissasini qo’shgan
ijodkor Nikkollo
Ammanitining
“Io non ho paura”–
“Men qo’rqmayman” nomli asarida
sinonimlardan unumli foydalanilgan. Fikrimizning isboti tariqasida bir jumlani
ko’rib o’tamiz.
E’ arrivato papa’.-ha gridato mia sorella. Ha buttato la bicicletta ed e’ corso
su per le scale.- Dadam keldi-deb baqirdi singlim. U velosipedini uloqtirdi va
zinalardan yugurib chiqdi. Ushbu jumladagi
gridare-baqirmoq fe’liga nazar
solaylik. Avvalo,
gridare fe’li uchun sinonimik
qator tuzib olishimiz
kerak;
gridare-baqirmoq,
urlare-baqirib gapirmoq,
vociare-bo’kirmoq,
ululare-
uvullamoq,
guaire-chinqirmoq va hokazo. Bu sinonimik qatordan aynan gridare
fe’lini tanlaganligi ham uslubiy jihatdan, ham ta’sirchanlik va tasviriyligi bilan
ajralib turadi. Yuqoridagi sinonimik qatordan
vociare-salbiy ma’no
ifodalasa,
ululare- hayvonga tegishli baqiriq, so’zlashuvda esa, asosan, urlare ko’proq
ishlatiladi.
Qaysi tilda bo’lmasin sinonimlarni qo’llash katta mahorat talab qilishini ham
yoddan chiqarmasligimiz lozim. Berilgan matn yoki asarda ketma-ket bir so’zni
haddan ziyod ko’p qo’llanilishi bu tinglovchiga (o’quvchiga) zerikishni paydo
qilishga xizmat qiladi. Bunday vaziyatda sinonimik qatorga mansub so’zlar aniq
qo’llanilishi va ta’sirchan adabiy asarni tug’ilishiga xizmat qilmog’i lozim. Biz
italyan tilida gapirayotgan vaqtimizda so’z boyligimiz yetmaganligi, yo faqat biz
uchun oson bo’lgan bitta so’zdan takror foydalanganligimiz sababli
suhbatdoshimizga ijobiy taassurot qoldira olmasligimiz mumkin.
1
Serena Ambroso, Giovanna Stefancich, Parole, Bonaccieditore, Roma, 2002
16
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, barcha
tillarning leksikologiyasi
singari italyan tilining ham leksikologiyasi juda boy hisoblanadi. Har bir so’zni o’z
o’rnida va ta’sirchan qilib ifodalash katta mahorat talab etadi. Sinonimiya bu
tilshunoslikning ajralmas bir bo’lagi hisoblanishi ham fikrimizning yorqin
isbotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: