Natijalarning joriy qilinishi. Tadqiqot materiallari asosida Universitetda
2012-2013-yillarda tashkil etilgan an‘anaviy ilmiy anjumanda ma‘ruza qilindi.
Tadqiqot natijalari Respublika ilmiy to‗plamlarda chop etilgan 2 ta maqolada
o‗z aksini topdi.
Tadqiqotning tuzilishi va hajmi. Ushbu tadqiqot kirish, uch asosiy bob,
xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati va ilovalardan iborat bo‗lib, 90 betni
tashkil qiladi.
I Bob. Tilshunoslikda semantik maydon nazariyasi
1. Jahon tilshunosligida
semantik maydon nazariyasi
10
Tilshunoslikda semantik maydon nazariyasi haqidagi qarashlar so‗z
ma‘nosining tadqiqi bilan bog‗liqdir. Olamdagi narsa, voqea-hodisa, harakat
hammasi inson ongida tushuncha sifatida aks etadi. Tushuncha esa ma‘no
yaxlitligidan iborat tovush tizimida so‗z shaklida namoyon bo‗ladi.
Til – borliqni ifodalaydi. Shunday ekan, til bilan borliq uzviy aloqadadir.
Til va borliq aloqasiga bo‗lgan munosabatiga yondashuv bo‗yicha bir qancha
yo‗nalishlar vujudga keldi. Ularning bir guruhi til va borliq aloqasiga bo‗lgan
munosabatga yondashuv masalasida ular uzviy aloqador, til bevosita obyektiv
olamni ifodalaydi, degan tezisni bayon qilsa, boshqa faylasuflar, tilning borliq
bilan bo‗lgan munosabatini rad etadilar.
Tilning borliq bilan bo‗lgan munosabatini e‘tirof etuvchilarning o‗zi ham
til borliqni bevosita ifodalaydimi yoki bilvosita ifoda etadimi, degan masalaga
turlicha javob beradilar. Bir guruh faylasuflar obyektiv olamni olamni
ifodalashda subektning rolini tan oladilar, obyektiv ong orqali tilda o‗z ifodasini
topishini bayon qiladilar. Boshqa yo‗nalishdagi faylasuflar esa, til obyektiv
olamni bevositaifodalashini e‘tirof etadilar. Ular jodugar, suv parisi, dev singari
afsonaviy tushunchalar borliqda yo‗qligini, ammo uning tilda ifodalanishini,
borliq elementlari bilan til birliklari o‗rtasida nomuvofiqlik mavjudligini asos
qiladilar.
Bugungi kunda falsafiy adabiyotlarda til va borliq munosabatiga
bag‗ishlangan asarlarda borliqni tilda ong orqali o‗z ifodasini topishi e‘tirof
etiladi.
Shuning uchun ham nomlash jarayoni borliq elementlarining ongda aks
etishi va bu aks etgan, umumlashgan obrazni tilda o‗z ifodasini topishi
bosqichlarini o‗z ichiga oladi. Bizning qurshab turgan borliq inson ongida turli
shakllarda aks etadi va til orqali o‗z ifodasini topadi.
Inson ongida paydo bolgan har qanday fikr, mazmun va shaklga ko‗ra
moddiy dunyoning aks etishidan boshqa narsa emas. Bizning o‗rganish
11
obyektimiz moddiy dunyoning predmet – hodisalarigina emas, balki ruhiy
hodisalar ham bo‗lishi mumkin. Har qanday ruhiy hodisalar borliqning bilvosita
aks etishidir. Chunki har bir tushuncha, fikr va xulosalar moddiy dunyoning aks
etilishidir. Shunday qilib, inson moddiy dunyodagi narsa va hodisalarining
umumiy va xususiy belgilarini ajratgan holda, ongda aks ettirish imkoniyatiga
ega.
Inson ongida barcha narsalar bir sistema tarzida jamlanadi. Chunki
olamning o‗zi bir sistemadir. Olamning sistemaligi shundaki, u o‗zaro
shartlangan, bir-birini taqozo etuvchi elementlar munosabatidan tashkil topgan
yaxlitlikdir. Bu yaxlitlik kichik butunliklarga bo‗linuvchanlik xususiyatiga ega.
Bizni qurshab turgan olamni tashkil etgan elementlar ma‘lum umumiy
belgilarga ko‗ra sinflarga birlashadi hamda sinfga birlashgan elementlar shu sinf
tarkibida bir-biridan farqli belgilarga ko‗ra ajraladi. Butun elementlari
butunliklar doirasida o‗zaro shartlangan va zidlangan munosabatda bo‗lsa, ayni
chog‗da, butunlik bilan butunlik katta butunlik doirasida uning elementlari
sifatida o‗zaro ana shunday munosabatda bo‗ladi. Shunday qilib, obyektiv olam
oddiydan murakkabga qarab sinflarga birlashuvchi va ayni paytda, bo‗laklarga
bo‗linish xususiyatiga ega bo‗lgan murakkab sistemadir. Masalan, hayvonot
olami tirik mavjudotlar sinfida o‗simliklar dunyosi, insoniyat dunyosi kabi
sinfning elementlari bilan o‗zaro shartlangan va zidlangan munosabatda bo‗lsa,
tirik mavjudot uchun bo‗lak vazifasini bajaradigan har qaysi qism o‗zi mayda
elementlarni birlashtirib, undan kichikroq butunlikni, nisbiy kichik sistemani
tashkil qiladi. Jumladan, hayvonot olami turli belgilarga ko‗ra turli guruhlarni
tashkil etadi: sut emizuvchilar va sut emizmaydiganlar; oyoq bilan yuruvchilar
va sudraluvchilar; suv hayvonlari va quruqlik hayvonlari va boshqalar.
Obyektiv olamning bu bo‗linishi inson ongida umumlashgan tarzda aks
etadi. To‗g‗rirog‗i, inson obyektiv olam elementlarining umumlashgan obrazini
ongda aks ettiradi va ularning umumlashgan obrazini aks ettirish jarayonida har
qaysi olam predmetining umumiy va xususiy belgilarini ajratadi.
12
Keyingi yillarda falsafa va tabiatshunoslik oldida har qaysi sistema
birliklarini o‗z ichida va bu sistemani boshqa sistemalar bilan munosabatda
o‗rganish, sistemaning mohiyati, uning turlicha ko‗rinishlarini ochish, umumiy
va farqli jihatlarini aniqlash, tasnif etish hamda sistemaning tashqi muhit bilan
o‗zaro aloqasini belgilashdek vazifalar qo‗yilayotganini ta‘kidlagan holda,
V.G.Afanasyev ta`kidlashicha: ―Hozirgi zamon fani va tajribasi to‗la
tasdiqlayaptiki, bizni qurshab turgan moddiy va ma‘naviy muhit alohida-alohida
predmet, hodisa, jarayonlardan emas, balki o‗zaro bog‗liq bo‗lgan obyektlar
yig‗indisidan tashkil topgan va u bir butun, sistem tuzilmaning muayyan turi‖
ekanligini ko‗rsatib o‗tadi‖.
1
Haqiqatan ham, sistema tushunchasi o‗z ichiga
ma‘lum obyektlarni birlashishi va ularning o‗zaro munosabatini olishi
kuzatiladi. Sistema doirasiga kirgan obyekt shu sistemaning elementi
hisoblanadi.
Insonning aloqa vositasi sifatida yuzaga kelgan til ham belgili va
sistemalar tarkibiga kiradi. F.de Sossyur tilning belgilik tabiatini yoritib, belgi
nazariyasi bilan shug‗ullanuvchi alohida fan – semasiologiya fanining mavjud
bo‗lishini alohida ko‗rsatib o‗tgan edi.
2
Yaqin yillarga qadar leksemalar semasiologik planda, ―shakldan
ma‘noga‖ tamoyili asosida o‗rganilganlig tufayli leksikani ongda paradigmalar
sifatida aks etgan obyektiv olamni tilda qanday ifodasini topganligi masalasi
tadqiqotchilar nazaridan chetda qolgan edi. Ana shuni hisobga olgan holda,
keyingi yillarda
tilshunoslikda onomasiologik plandagi ishlarga katta e‘tabor berilmoqda.
L.A.Novikov til leksik sistemasini o‗zaro murakkab munosabatda bo‗lgan
bir qancha ―so‗z – tushunchalar‖ to‗plami sifatida tasavvur qilish mumkinligini
e‘tirof etadi va belgi hamda elementar ma‘nodan tashkil topgan bunday birliklar
1
Афанасев.В.Г. Системност и обшество. М. 1980. –с-3.
2
Слюсарева Н.А. Теория Ф.де Соссюра в современной лингвистике. –М. 1975. –с-44
13
majmuasi tildan tashqaridagi borliqni aks ettiruvchi murakkab mozaika deb
atalishini ta‘kidlaydi.
1
F.de Sossyur va uning izdoshlari qimmat jihatidan bir xil bo‗lgan til
birliklarining o‗zaro assotsiativ munosabatini paradigmatik munosabat sifatida
o‗rgandilar va ma‘lum til birliklarini umumiy belgilariga ko‗ra paradigmalarga
birlashtiradilar. Til birliklarini ma‘lum umumiy belgilariga ko‗ra muayyan
guruhlarga birlashtirish paradigm hisoblanadi. Bir paradigmaga mansub bo‗lgan
a‘zolar umumiy belgiga ega bo‗lishi bilan birga, har qaysisi bir-biridan farq
qiladigan xususiy belgilariga ham ega bo‗ladi. Xususiy belgilariga ega bo‗lishi
paradigma a‘zolarining o‗zaro zidlanishiga va alohida til birligi sifatida til
sistemasida yashashiga imkon beradi. Bu shuni ko‗rsatadiki, muayyan umumiy
belgi ostida birlashgan paradigma a‘zolari o‗zaro farqlovchi belgilar
majmuasidan iborat bo‗ladi. Demak, har qaysi paradigma a‘zosi muayyan
strukturaga ega bo‗ladi.
Hozirgi kunda tilshunoslikda ana shunday sistemaviy tadqiqotlarga jiddiy
e‘tibor berila boshlandi. Bu tadqiqotlarning o‗ziga xos xususiyati shundaki,
lingvistik faktlarga avtonom holda yondashmay, har qaysi hodisaning ostida
yashirinib yotgan mohiyatning ochilishiga e‘tabor beriladi. Tadqiqotchi e‘tibori
ko‗proq lingvistik hodisalar o‗rtasidagi munosabatni yoritishga qaratiladi.
Til o‗zining yaratuvchisi bo‗lgan xalq bilan, jamiyat bilan birga yashaydi.
Jamiyat taraqqiyotidagi har bir yangilik birinchi navbatda tilda aks etadi. Til
orqali fikr ifodalanadi. So‗z esa bu jarayonda material vazifasini bajaradi. So‗z
tilshunoslik nuqtai-nazari bilan leksika, leksema kabi terminlar bilan
nomlangan.
So‗zning tovush tomoni, tashqi tuzilishi nomema deb atalsa; uning ichki tomoni,
ma‘no qavati esa semema deb nomlangan. So‗zning yuzaga kelishida birinchi
1
Новиков Н.А. Семантика русского язика. М. 1982. –с-70.
14
navbatda uning ma‘no tomoni kata ahamiyat kasb etadi. So‗z ma‘nosi tadqiqi
bilan bog‗liq masalalar uzoq tarixga borib taqaladi.
Eramizdan bir necha asr oldin xitoy va hind olimlari diqqatini so‗zning
ma‘no tomoni jalb etgan edi. Ammo ularning qarashlari falsafiyona edi. So‗z
ma‘nosi tadqiqi so‗zning o‗z ma‘nosidan tashqari ko‗chma ma‘no berishi bilan
bog‗liqdir. Aristotel metaforani ma‘no ko‗chish hodisasi deb hisoblab, nutqni
ta‘sirchan qilib ko‗rsatadi deb izohlaydi. Nemis tilshunosi Rizelning fikricha,
o‗rta asr filologi Kvitilian so‗zning ko‗chma ma‘no berishining 14 ko‗rinishi
borligini qayd etgan.
F.de Sossyur tilshunoslar diqqatini lingvistik birliklar orasidagi
munosabatni ochishga qaratib, paradigmatik va sintagmatik turlari mavjudligini
ko‗rsatgan edi. Lingvistik birliklarni muayyan birlashtiruvchi ma‘no asosida
ma‘lum paradigmalarga birlashuvi keyinchalik tilshunoslikda maydon
nazariyasini vujudga keltirdi.
―Maydon‖ atamasi qator fanlar doirasida mavjud bo‗lib, jumladan,
fizikada:
Maydon – fizikaning asosiy tushunchalaridan biri ekanligi, fazodagi
taqsimlangan fizik kattaliklarning xususiyatlarini tekshiruvchi nazariya hozirgi
vaqtda maydon nazariyasi ekanligi qayd etiladi.
Algebrada esa qo‗shish, ko‗paytirish va ularga teskari amallar –ayirish,
bo‗lish kiritilgan to‗plam sifatida belgilanadi.
Lingvistikada esa ma‘no umumiyligi bilan birlashgan va belgilanayotgan
hodisalarning tushunchaviy, predmetlik yoki vazifaviy o‗xshashligini aks
ettiruvchi leksik birliklar yig‗indisi maydon sifatida belgilanadi.
1
Lingvistik
birliklarning ma‘lum ma‘no asosida birlashuvi, ma‘lum bir tildagi
lug‗aviy
1
Лингвистический энсиклопедический словар. М.1990. –С.380.
15
birliklarni ana shunday mazmuniy uyalarga birlashtirish sharq tilshunosligida
rivojlangan. Keyinchalik XIX asrda lingvistik birliklarni mazmuniy guruhlarga
birlashtirish yoki butunni ma‘lum mazmuniy guruhlarga ajratish g‗oyasi
Yevropada avj oldi. Shunga ko‗ra, bu nazariya Yevropa tilshunosligi bilan uzviy
bog‗lanib qoldi.
XIX asrda leksik birliklar umumiyligiga M.Pokrovskiy tomonidan e‘tibor
qaratildi. Maydon tushunchasining nazariy talqini I.Trir, G.Ipsen, V.Portsig,
L.Vaysgerber, A.Yolles ishlarida ko‗zga tashlanadi, keyinroq A.A.Ufimseva,
N.I.Filicheva, Y.N. Karaulov, G.S.Shchur kabilar ishlari bilan bu nazariya
rivojlantirildi.
Shuni ta‘kidlish lozimki, lingvistikaga maydon nazariyasi mazmuniy
maydon tushunchasi sifatida kirib keldi. Xo‗sh, mazmuniy maydon nazariyasi
paydo bo‗lishining qanday asoslari mavjud?
Bu nazariyaning paydo bo‗lishi o‗tgan asrning 20-30-yillariga to‗g‗ri
kelib, u V.Gumboldning ―tilning ichki shakli‖ xususidagi ta‘limotini qayta –
yangi yo‗nalishda ko‗rib chiqilishi bilan bog‗lanadi. Bu davrda uzoq davom
etgan lingvistik tadqiqotlarning asosiy obyekti bo‗lgan ―tilning ichki shakli‖
sifatidagi ilmiy bahslar ushbu nazariyaning dunyoga kelishi uchun asos bo‗ldi.
―Mazmuniy maydon‖ termini o‗sha paytda tadqiqotchilar tomonidan
turlicha izohlanadi. I.Trir mazmuniy maydon sifatida ―tushunchalar maydoni‖,
―tushunchalar doirasi‖ni nazarda tutdi. L.Vaysgerber ―til mazmunining ma‘lum
qismi‖, ―tarkibining bo‗lagi‖, V.Porsig ―ma‘nolarning mohiyati bog‗liqligi‖,
G.Ipsen mazmuniy va grammatik jihatdan bog‗langan so‗zlar guruhini semantik
maydon tarzida takqin etadi. A.Yolles esa uni ―semantik birlashish‖ deb nomlab,
uning doirasida antonimik juftliklarni birlashtiradi. F.Dornzayf va V.Vartburglar
tillug‗aviy tarkibi – ajratilish mumkin bo‗lgan semantik guruhlarida mazmuniy
maydonni ko‗radilar.
Yuqoridagi tadqiqotchilar mazmuniy maydon atamasini har xil tarzda
izohlashlariga qaramay, ularni semasiologik tadqiqotlar asosi bo‗lgan ―tilning
16
ichki shakli‖ni tushunishda tilni har tomonlama va turlicha munosabatlarda
o‗ganishlari bilan birlashtirish mumkin.
V.Gumboldtning ―ichki shakl‖ ta‘limotini L.Vaysgerber va Y.Trir
tushunchaviy mohiyati jihatidan, G.Ipsen va V.Portsig so‗zlarning mazmuniy
guruhi hamda sistemasi tomonidan, F.Dornzayf va Vartburg esa tilning lug‗at
tarkibiga xos predmetlilik va tushunchalar guruhi nuqtai nazaridan
rivojlantirdilar.
Semasiologiyadagi yangigumboldchilik yo‗nalishining nazariy asosi
tilning leksik bo‗linish qonuni hisoblanadi, til strukturasining bo‗linish
qonuniyatlari ―tilning ichki shakli‖dan kelib chiqadi.
V.Gumboldtning ―tilning ichki shakli‖ sifatida avval chiqayotgan
tovushning fikr ifodalash darajasiga ko‗taruvchi va aql faoliyatining doimiy
elementini tushunadi. Uning keying davrdagi izdoshlari til o‗rganishning asosiy
vazifasi ―turli tillar semantik strukturasida yangi-yangi ko‗rinishda, jumboqli
tarzda namoyon bo‗luvchi o‗ziga xos tushunchaviy g‗oya‖ni izlashga olib
keladi, deb ta‘kidlaydilar.
1
XIX asr boshi va o‗rtalariga mansub tadqiqotchilar so‗zlarning hosila
ma‘no berishini tadqiq qilib, bir qator masalalarni hal etishgan. Unda epitet,
o‗xshatish, giperbola, tropning bir ko‗rinishi bo‗la oladimi, sinekdoxa
metonimiyaning bir ko‗rinishimi degan savollarga javob izlash asosiy o‗rinda
turgan. Lekin ularning qilgan ishlari so‗z ma‘nosi tadqiqidan yiroq, faqat
uslubiyatni qamrab olgan edi.
So‗zlarning leksik ma‘no taraqqiyotiga tilshunoslik nuqtai-nazaridan e‘tibor
dastlab 1839-yil nemis tilshunosi Karl Reyzig tomonidan berilgan. U o‗zining
lotin filologiyasiga bag‗ishlangan ma‘ruzasida so‗z ma‘nosini alogida
semasiologiya deb nomlangan fan tarmog‗ida o‗rganish kerakligini aytadi.
Bunda u ko‗proq leksik ma‘no taraqqiyotini nazrda tutgan edi. Shunday qilib,
1
Звегенцев В.А. Семасиология: Москва, 1 957. –с.266.
17
semasiologiya termini ostida asosan so‗z semantik taraqqiyoti o‗rganiladigan
bo‗ldi. Ammo Reyzig ko‗rsatgan masala tilshunoslik olamiga deyarli ma‘lum
bo‗lmay qolib ketdi. Faqat
1897-yilga kelib fransuz tilshunosi Mishel Breal yaratgan ishgina Reyzig
ko‗targan masala yangi fan sifatida tarqalishi uchun kata ahamiyatga ega bo‗ldi.
Biroq bu hali semasiologiyaning fan sifatida tan olinishi edi, xolos. Shundan
keyin so‗z ma‘nosini va uning taraqqiyotini o‗rganishga qaratilgan ayrim ishlar
yaratila boshlandi.
So‗zning semantik taraqqiyoti masalasi semasiologiyaning eng muhim
tomoni bo‗lib, uning tarixi va hoziri bilan chambarchas bog‗lanadi. Lekin shu
bilan birga uning boshqa tomonlari ham bor. Bu esa leksik ma‘noning semantik
tarkibi so‗zning semantik tarkibi, so‗zning semantik hajmidagi ahamiyati,
o‗zaro paradigmatik va sintagmatik munosabati va boshqalar. Shunga ko‗ra
semasiologiya bir necha yo‗nalishlarda tadqiq etib kelinmoqda. Ular quyidagi
yo‗nalishlar:
1. Leksik ma‘nolarni mantiqiy – semantik asosda tadqiq etish.
2. Leksik ma‘nolarni semantik maydonlarga ajratish yo‗nalishidagi tadqiq
etish.
3. Leksik ma‘nolarning sintagmatik munosabatini tadqiq etish.
4. Leksik ma‘nolarning paradigmatik munosabatini tadqiq etish.
1
Bu yo‗nalishlardan semantik maydonlarga ajratib tadqiq etishga
to‗xtaladigan bo‗lsak, so‗zni semantik maydonlarga ajratib tadqiq etish 1930-yil
nemis tilshunosi Y.Trir tomonidan ilgari surilgan edi. Uning shu yillar davomida
bir necha asar va maqolalari e‘lon qilindi. Bunda u ―tushuncha maydoni‖dan
kelib chiqib fikr yuritdi. Uning ta‘biricha, har bir so‗z ―tushuncha maydoni‖ga
kiradi va hech bir oraliq holatida qolmaydi. So‗z ma‘nosining tarixiy taraqqiyoti
o‗zgarmas holda tuzilgan maydonning qayta qismlarga bo‗linishidir.
1
Mirtojiyev M. O`zbek tili semasiologiyasi. –Toshkent: Mumtoz so`z, 2010. 5-b.
18
Y.Trirning semantik maydonlar haqidagi nazariyasini uning vatandoshi
L.Vaysgerber davom ettirdi. Uning fikricha, til obyektiv borliqni turli til
vositasida turlicha tushuntiradilar. So‗zning ma‘nosi shu so‗zning qaysi so‗zlar
guruhiga
kirishi, ya‘ni qaysi maydonda ekanligiga qarab belgilanadi.
Y.Trir va L.Vaysgerberlar biror so‗zga oid ma‘noni shu so‗zdan kelib
chiqib emas, balki tushunchalar maydonidan kelib chiqib baholaydi. Buning
ustiga tushunchalar maydonini o‗zgarmas deb, idealistik fikrni ilgari suradilar.
Shuning uchun ham ular ko‗pgina tilshunoslar tomonidan tanqidga uchradilar.
Y.Trir bilan izma-iz, lekin u bilan mutlaqo aloqasiz holda, uning vatandoshi
G.Ipsen semantik
maydonlarning boshqacha nazariyasini ko‗tarib chiqdi. Bunda u morfologik
belgini, so‗zning o‗zaro semantik munosabatiga ko‗ra tizimga kirishini asos
qilib oldi. Uning izidan A.Yolles so‗zlarning korrelyativ juftligiga ko‗ra
semantik maydonga ajralishini, bu o‗zgarmas semantik qolip ekanlgini aytadi.
V.Porsig semantik maydonni yana boshqacha talqin qilib, ma‘lum ot
turkumidagi so‗z bilan sifat va fe‘l turkumidagi so‗zlar bog‗liq bo‗lishi –
elementar semantik maydon haqidagi fikrni bildiradi. F.P.Flip so‗zlarni leksik –
semantik munosabatlariga ko‗ra maydonlarga ajratishni ilgari surdi. Bunda
ko‗proq semantikaning bir turdan iborat ekanligini nazarda tutadi.
Bu sohada eng ko‗p xizmat qilgan G.Shchur hisoblanadi. Uning 70ga
yaqin ilmiy ishlari e‘lon qilingan bo‗lib. Asarlarning ko‗pchiligi lingvistikadagi
semantik maydonlar nazariyasiga bag‗ishlangan. Bu sohada u tilning barcha
sohalaridagi semantik maydon nazariyasini tahlil etib beradi. Uning, ayniqsa,
semantika, semantik taraqqiyot doirasidagi maydon nazariyasi qimmatli
hisoblanadi.
O‗tgan asrning 40-yillarida so‗zlarni semantik maydonlarga ajratishning
yangi metodi yuzaga keldi. Bu praga maktabi tomonidan ilgari surilgan bo‗lib, u
differensial-semantik tahlil etish deb nomlandi. Bu metod asosida so‗z leksik
19
ma‘nosi semema deb olinib, komponentlari sema deb qaraldi. Leksema
semalarini umumlashtiruvchi, ya‘ni arxisemaga ko‗ra bir semantik maydonni
tashkil qiladi.
1
Bu semantik maydon maydonchalarga, ya‘ni guruhlarga bo‗linib,
ular integral semasi asosida o‗zaro birlashadilar. Semantik maydonga kiruvchi
har bir leksema
sememasi differensialsemasiga ko‗ra boshqa semalardan ajraladi. Shunga ko‗ra
aytish mumkinki, dastlabki semantik maydonlar mantiqiy-semantik ajratilgan
bo‗lsa, bu metodga ko‗ra lingvistik-semantik jihatdan maydonlarni tashkil
qiladi So‗z semantik maydonlarini differensial-semantik tahlil etish metodi
dastlab Praga maktabidan kelib chiqqan bo‗lsa ham, uning tarqalishi daniyalik
L.Yelmslevning Praga maktabi to‗plamida 1943-yil nashr etilgan maqolasi bilan
bog‗liq. Biroq bu metod dastlabki davrda juda tor doirada: qarindosh-
urug‗chilik, jonivor nomlari, harbiy atamalar va ba‘zi bir ixtisosga doir terminlar
semantik maydonini tahlil qilish uchun qo‗llangan edi.
XX asrning 60-yillari oxiriga kelib differensial belgilarning an‘anaviy
nazariyasiga yangi aniqlik kiritildi. Bu N.I.Tolsyoy, D.N.Shmelev, Y.A.Nayda
kabi tadqiqotchilarning ishlarida o‗z aksini topdi. Shundan keyin sememalarni
ierarxik tartibda tuzish g‗oyasi muhokama etila boshlandi. Bunda B.Potye va
V.Gaklarning asarlarida ilgari surilgan masalalar diqqatga sazovor bo‗lib, unda
sememalarning ierarxik tartibda tuzish uchun komponentlarni arxisema, integral
sema, differensial sema, potensial semalarga ajratadi va shularga suyanish
kerakligini aytadi. Bu tizim bilan leksema sememalarini tadqiq etish, ayrim
leksema sememalarining kelib chiqishi ko‗rinishini aniqlab olish uchun ham
imkon beradi.
Umuman so‗z semantikasini lingvistik-semantik metod bilan o‗rganish
so‗z semantik maydonini lingvistik tadqiq etish imkonini berdi. Bu semantik
maydonning tarkibiga kirish va tarkibiy pog‗onalarini nomlash, ularning ierarxik
1
Mirtojiyev M. O`zbek tili semasiologiyasi. –Toshkent: Mumtoz so`z, 2010. 4-7-b.
20
tizimini, sememalari taraqqiyoti ierarxik tizimini o‗rganish uchun yo‗l ochdi.
Ana shunga asoslanib tilshunoslikda bir qator ilmiy tadqiqot ishlari yaratildi.
Masalan, rus tilshunosligida O.N.Seliverstovaning ko‗p ma‘noli so‗zlarning
komponent tahliliga, L.M.Vasilevning ruscha yo‗nalma harakat fe‘llar
semantikasiga, V.L.Ibragimovaning ruscha yo‗nalma harakat fe‘llarining
semantikasiga bag‗ishlangan monografiyalar yuzaga keldi. Bulardan birinchisi
ko‗proq so‗z semantik taraqqiyotini nazarda tutsa ham, qolgan ikkitasi fe‘l
semantik taraqqiyotini nazarda tutsa ham, fe‘l semantik maydonlari va ular
tarkibi tahliliga qaratilgan tadqiqot ishlaridir
Lingvistikada maydon nazariyasining keying yillardagi rivoji shu darajaga
yetdiki, uning g‗oyalari va metodlari tilning leksik sathidan boshqa sathlarga
nisbatan ham tatbiq qilina boshlandi. Dastlabki tadqiqotlar mazmuniy maydon
doirasidan kelib chiqib, turli lug‗atlar tuzish uchun umumiy qonuniyatlarni
ochishda nazariy asos bo‗ldi. Keyinroq bu yo‗nalishda tilning boshqa sathlarda
ham jiddiy asarlar yuzaga keldi.
Maydon tushunchasining talqini hamda unga xos xususiyatlarga ayrim
holda yondashuv maydon nazariyasini tadqiq etishning turlicha muammolarini
vujudga keltirdi. Bunda maydon chegaralarining aniqligi, maydonning
avtonomligi, butunligi, uzluksizligi jihatidan til birligi sifatida qaralgani holda
yoki maydon mustaqilligining nisbiyligi, maydonlar o‗zaro munasabatining
keng harakteriga egaligi bo‗yicha til birliklaridan farqlanuvchi tomonlari
asosidagi muammolar; maydonlar tuzilishi (maydonda ochiq – bo‗sh o‗rinning
bo‗lmasligi) muammolari; ko‗p ma‘noli so‗zlarning faqat bir maydonga
mansubligi yoki bir necha maydonning elementlari bo‗lishi mumkinligi asosida
maydon va polesemiya munosabatlari muammolari o‗rtaga tashlandi.
Maydonning u yoki bu xususiyatlariga, ushbu muammolar tadqiqotchilar
tomonidan turli-tuman ravishda o‗z yechimini topmoqda.
Keyingi yillarda an‘anaviy leksik semantika bilan bir qatorda yangi
yo‗nalishlar ham rivojlanmoqda. Bular qatoriga struktur semantika, generativ
21
semantika, konseptual semantika, kommunikativ semantika, psixolingvistik
semantika kabilarni kiritish mumkin. An‘anaviy semantika asosan alohida so‗z
yoki guruhlarining ishlatilishi va rivojlanish bosqichlaridagi ma‘nolarini
o‗rgansa, struktur semantika o‗z oldiga lingvistik ma‘nolar, leksik-semantik
paradigma va
boshqa turdagi semantik maydonlarning system aloqalarini o‗rganishni maqsad
qilib qo‗ydi. Jahon tilshunosligida struktur semantika formalism va
relyativizmdan xolos bo‗lib, sistem tilshunoslikning muhim qismlaridan biri
sifatida qaraluvchi sistem semantikaga aylanib qolmoqda. Kommunikativ
semantika esa nutqiy jarayonlarni o‗rganish bilan harakterlanadi, chunki
lingvistik va lingvistik bo‗lmagan ma‘nolaridan ifodalarning aniq mazmuni
kelib chiqadi.
Til mundarijasini maydon metodi bilan o‗rganish eng samarali va qulay
metodlardan biri bo‗lib qoldi. Maydonlarni leksik-semantik va funksional-
semantik maydonlarga ajratishda oppozitiv, komponent tahlil hamda matniy
tahlil metodlari o‗ziga xos yordam beradi.
Ko‗pchilik lingvistlar tomonidan til birliklarini leksik-semantik jihatdan
bir-biri bilan bog‗langan ekanligi qayd etilgan. Xususan, F.de Sossyur lingvistik
birliklar o‗rtasidagi bir necha munosabat turlarini ko‗rsatgan bo‗lsa,
M.Pokrovskiy so‗zlar bir-biri bilan ongimizda tashqarida ma‘nolarining ma‘lum
tomonlari bilan aloqadorligini ta‘kidlagandi. Ungacha har qanday tilda
so‗zlarning o‗ziga xos bo‗lgan semantik guruhlar bo‗lib, ularning xususiy
belgilari boshqa tillar bilan qiyosan ochiladi. Ammo M.Pokrovskiy tomonidan
qo‗yilgan muammo grammatik planda o‗rganiladi. Ana shunday yo‗ldan
boribV.Vinogradov so‗zlarning leksik ma‘nolari turlariga ―peredikativ‖
ma‘nolarining
hamda
grammatikadagi
ayrim
kategotiyalarni
qo‗shdi.
A.R.Luriya har bir so‗zi munosabatlarining butun bir murakkab tizimini yuzaga
keltirishning qayd etadi. Uning fikricha, so‗z butun semantik to‗rining markazi
bo‗lib, so‗z strukturasining muhim psixologik aspekti bo‗lgan muayyan
22
semantik maydonni faollashtiradi. G‗arbiy Yevropa tilshunosligida Y.Trirning
mazmuniy maydon nazariyasi so‗zlarning leksik-semantik aloqalari haqidagi
qarashlaridan muhim o‗rin tutadi. So‗zlarning leksik-semantik guruhlari o‗z
ichiga ikki yoki undan ortiq so‗zlarning ularni leksik ma‘nolari bo‗yicha
birlashtiradi. Mazmuniy maydon to‗g‗risidagi turli yo‗nalishi va tadqiqotchilar
orasidagi xilma-xilliklarga qaramay, lingvistlar tomonidan bir xil belgilangan bir
necha nazariy masalalarni ko‗rsatib o‗tamiz:
1. Til lug‗at tarkibi birliklarining tartibsiz yig‗indisidan iborat emas, u
so‗zlarning semantik umumiyligi asosida birlashuvchi bir qancha
mazmuniy maydonlarga bo‗linadi.
2. Har bir mazmuniy maydon faqat shu til uchun xos bo‗lgan alohida usul
bilan o‗zi aksini ettirgan borliqni tarkibiy qismlarga ajratadi.
3. So‗zning semantik mazmuni o‗z-o‗zidan kelib chiquvchi narsa
hisoblanmaydi, u maydon ichidagi boshqa so‗zlar bilan zidlanishlar
vositasida yuzaga keladi.
Mazmuniy maydon nazariyasi struktural semantika nazariyasi bo‗lishi
uchun, avvalo mazmuniy maydonlar obektiv holda ajratilishi zarur,
mazmuniy maydonlarning struktur nazariyasi ma‘nolarning koponent tahlil
qilish maqsadga muvofiqdir. Mazmuniy maydonlar mantiqiy tomonda, ya‘ni
tushunchaviy asosda qurilmoqda, shuning uchun semantika va boshqa
lingvistik sohalar o‗rtasida ajralish bo‗lib qolmoqda. Aslida mazmuniy
maydonlar lingvistik asosga qurilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |