II bob. O„zbek tilida “Ma‟naviyat” semali birliklarning semantik
guruhlari
1. “Ma‟naviyat” konsepti va uning shakllanishida insonning
roli
Til tizimiga antroposentrik nazariyaning kirib kelishi tilning ijtimoiy
hodisa ekanligini yana bir karra isbotladi. Til egasi – til yaratuvchisi va uni idrok
etuvchi shaxs omilini tadqiq etish, ya‘ni, tilni uni egasi, yaratuvchisi bilan birga
tadqiq etish tilshunoslikda antroposentrik nazariyaning shakllanishiga olib keldi
33
hamda XX asrning so‗nggi choragida shakllangan kognitiv tilshunoslik,
lingvokulturologiya,
pragmatika,
etnopsixolingvistika
kabi
zamonaviy
tilshunoslikning mustaqil sohalarini rivojlanishi uchun zamin bo‗ldi. Mazkur
sohalarning yuzaga kelishi fanda insonni yanada chuqurroq o‗rganish bilan
bog‗liqdir.
Prezidentimiz I.A.Karimovn ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖
asarida ―…o‗zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar
o‗rtasidagi ruhiy-ma‘naviy bog‗liqlik til orqali namoyon bo‗ladi‖, - deb alohida
ta‘kidlaydilar.
1
Tilshunoslikda antroposentrik paradigmaning shakllanishi til egasi –
so‗zlovchi shaxs omilini tadqiq etish bilan bog‗liqdir. ―Tilshunoslikda
antroposentrik burilishning yuzaga kelishi strukturalizmning tilni tadqiq
etishning ―o‗zida va o‗zi uchun ‖ tamoyilini chetga surib, asosiy e‘tiborini shaxs
omiliga qaratdi.‖ Antroposentrik paradigma asosida tadqiq etish tilning
jamiyatning eng muhim subekti bo‗lgan shaxs bilan aloqodor jihatlarinin
o‗rganishda alohida ahamiyat kasb etadi. Xususan, ―ma‘naviyat‖ semali
birliklarning semantik tahlili masalalarini antroposentrik pardigma asosida
tadqiq
etish
o‗zbek tilida so‗zlashuvchi til egalarining ―tafakkur
grammatikasi‖ni, lisoniy ong darajasi hamda milliy-assotsiativ fikrlash tarzini
yoritib berishda muhimdir.
Jahon tilshunosligida til tizimini shaxs bilan bog‗liq tarzda o‗rganish
asosan semantika, kognitiv tilshunoslik, psixolingvistika, pragmatik tilshunoslik,
lingvokulturologiyaga oid tadqiqotlarda namoyon bo‗lgan. Xususan, V. fon
Gumboldt, L.Vaysgerber, E.Sepir, B.L.Uorf, A.A.Potebnya, J.Lakoff,
M.Jonson, Van Dayk, N.Xomskiy, E.Rosh, L.B.Shcherba, N.I.Shcherba,
F.K.Sedov kabi tilshunoslar ishlarida til tizimi shaxs omili bilan bog‗liqlikda
1
Karimov I. Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: Ma`naviyat, 2008. 83-b.
34
tadqiq etilgan. O‗zbek tilshunoslarining lingvistik semantika, pragmatika,
kognitiv tilshunoslikka oid tadqiqotlari o‗zida antroposentrik yo‗nalish
tendensiyalarini namoyon qilsa-da, bu boradagi tadqiqotlar hali yetarli darajada
emasligiga guvohi bo‗lamiz.
Taniqli rus tilshunosi Y.N.Karaulov til va shaxs masalalariga bag‗ishlangan
maqolalar to‗plamiga yozgan so‗zboshisida ―Har qanday matn ortida lisoniy
tizimlarni egallagan muayyan shaxs turadi‖ degan fikrni alohida takidlagan edi.
1
Darhaqiqat, ―ma‘naviyat‖ semali birliklarni tahlil qilishda muayyan shaxs, balki
butun millat va elat, xalq qarashlari, tarixi, qadriyatlari, urf-odatlari muhim
manba bo‗lib xizmat qiladi. Muayyan millatga mansub til egalarining shaxsning
lisoniy qobiliyatini aks ettiruvchi o‗ziga xos ko‗zguga o‗xshatish mumkin.
Tilshunoslikda shaxsga e‘tiborning qaratilishi dastlab psixolingvistika,
pragmalingvistika yo‗nalishidagi tadqiqotlarda ko‗zga tashlangan bo‗lsa-da,
bugungi
kunda
shiddat
bilan
rivojlanayotgan
kognitiv
tilshunoslik,
funksionalizm, etnolingvistika, lingvokulturologiya kabi sohalar ushbu
masalani tilshunoslikning markaziy muammolaridan biriga aylantirdi.
Prof. N.Mahmudov antroposentrik paradigmaning shakllanishi haqida
quyidagi fikrlarni bayon qiladi. ―Tilning ana shumday obyektiv xususiyatiga
muvofiq ravishda antroposentrik paradigmada inson asosiy o‗ringa chiqariladi,
til esa inson
shaxsini tarkib toptiruvchi bosh unsur hisoblanadi. Mutaxasislar taniqli rus adibi
S.Dovlatovning ―inson shaxsiyatining 90 foizini til tashkil qiladi‖ degan
hikmatomuz gapini tilga oladilar. B.A.Maslova ta‘kidlaganiday, inson aqlini,
1
Караулов Й.Н. Русская языковая личност и задача еѐ изучения // Язык и личност. – М., 1989. – С. 3-8.
35
insonning o‗ziday, tildan va nutq yaratish hamda nutqni idrok qilish
qobiliyatidan tashqarida tasavvur etib bo‗lmaydi‖.
1
Til ko‗p vazifali hodisadir, uning muayyan bir vazifasiga asoslangan holda
yaxlit mohiyatini belgilab bo‗lmaydi, ko‗pincha, xususan, system-struktur
tilshunoslikda ham tilning aloqa vositasi bo‗lmish - kommunikativ
vazifasigagina suyaniladi. Aslida kommunikativ vazifa bilan bir qatorda ―til
dunyoni bilish, bilimlarni to‗plash, saqlash, keying avlodlarga yetkazish, ruhiy
munosabatlarni aks ettirish, go‗zallik kategoriyalarini voqelantirish kabi bir
qancha vazifalarni bajaradi. Antoposentrizimning tilshunoslikda alohida
paradigma sifatida shakllanishi va bu yo‗nalishdagi tadqiqotlarning dunyo
tilshunosligida ko‗payib uborayotganligi benihoya quvonarli hol. Aytish
kerakki, antoposentrizim tilshunoslar tomonidan faqat til tadqiqigagina
nisbatlangan tushuncha yoki paradigm emas yoki antoposentrizim bevosita
tilning
mohiyatiga
daxldor
hodisadir.
Rus
tilshunosi
T.B.
Radbil
antoposentrizim tilning fundamental, bazaviy xususiyati ekanligini atroflicha
yoritar ekan Y.S.Stepanovning ―til inson andozasida yaratilgan va bu o‗lcham
til tuzilishining o‗zida muhrlangan,til ham shunga muvofiq o‗rganilmog‗i kerak‖
degan gaplarni keltiradi. Antroposentrik paradigmada inson asosiy o‗ringa
chiqariladi, til esa inson shaxsini tarkib toptiruvchi bosh unsur hisoblanadi.
Keyingi o‗n yilliklarda hozirgi tilshunoslikda mazkur paradigma doirasida
shakllangan kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiya yo‗nalishlari tildagi
madaniy omil va insondagi lisoniy omilga qaratigan bo‗lishi lozim. Bu dunyoni
milliy til prizmasi orqali o‗ziga xos tarzda ko‗rish bo‗lib, bunda til alohida
milliy mentallikning ifodachisi sifatida ishtirok etadi. Til xalqlar ruhining huddi
zohiriy namoyon bo‗lishidir: xalqning tili uning ruhidir va xalqning ruhi uning
tilidir, bulardanda bir-biriga aynan mos boshqa biror narsani tasvur qilib
1
Mahmudov N. Tilning mukammal tadqiqi yo`llarini izlab… // O`zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2012. - № 5. 6-7-b.
36
bo‗lmaydi. Tillarning xilma-xilligi tovushlar va belgilardagi farlar tufayligini
emas, balki dunyoni ko‗rishning o‗zidagi farqlar tufayli hamdir. Turli tillar
millatlar uchun ularning original tafakkuri va tasavvur organlari ekanligini
umume‘tirof etilgan deb hisoblash mumkin. Tafakkur umuman tilga shunchaki
bog‗liqqina emas, u muayyan darajada har bir alohida til bilan shartlangan
hamdir. Harakter yaratish uchun eng qulay vosita tidir, butun milliy harakter
faqt tilde muhrlangan. Millatning harakterini axloq, odat, xatti-harakatidan
ko‗ra, tiliga qarab osonlik bilan bilish mumkin kabi fikrlarida aallomaning,
ta‘bir joiz bo‗lsa, lingvoantropologikfalsafasi o‗zining ochiq ifodasini topgan.
Ma‘rifatparvar Abdulla Avloniy bejiz ―Milliy tilni yo‗qotmak millatning ruhini
yo‗qotmakdur‖ demagan.
1
V.Gumboldtning mazkur g‗oyalari keyinroq Y.L.Vaysgerber, E.Sepir,
B.Uorf, A.A.Potebnya kabi bir qancha olimlar tomonidan rivojlantirildi va
targ‗ib etildi. Bugun dunyoda olamni bilishda tilning ustuvor roli, uning real
borliq va ongga faol ta‘siri, insonning butun ruhiy va bilish faoliyatida bosh
omil va asosiy manba ekanligi deyarli e‘tirof etilgan, ayni shu haqiqat tilga
antroposentrik yondashuvning mustahkam zaminini tashkil etadi.
Til ilmiga birinchilardan bo‗lib, ―olamning lisoniy manzarasi ‖
tushunchasini olib kirgan Y.L.Vaysberger ―til o‗z egasiga boshqa tillardagidan
farqli bo‗lgan dunyoni umumiy ko‗rish tarzini ato etishini ‖, ―ona tili va har bir
insonning ryhiy shakllanishi o‗zaro chambarchas bog‗liqligini‖ va ―shuning
uchun ham tilshunoslik tillarni xalqlar madaniyatining ko‗zgusi sifatida
o‗rganmog‗i lozim‖ ekanligini alohida uqtiradi. Tilshunoslikda, nafaqat
tilshunoslikda , balki, umuman,gumanitar fanlarda jiddiy iz qoldirgan ―lisoniy
nisbiylik nazariyasi‖ning , ya‘ni Sepir-Uorf gipotezasining, tadqiqotchilarning
ta‘kidlashicha, 80 yillik bahs –munozaralardan keyin bugun kuchli va kuchsiz
1
Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2-jild. – Toshkent: Ma`naviyat, 1998.60-b.
37
variantlari shakllantirilgan, ya‘ni kuchli variantidagi hukm: til tafakkurni
belgilaydi. Kuchsiz variantidagi hukm esa: til tafakkurga ta‘sir etadi. Ko‗rinib
turganiday, har ikki variantda ham til va tafakkurning o‗zaro chambarchas
bog‗liqligi o‗z ifodasini topgan. Har holda tilning tafakkurga, tafakkurning esa
tilga faol ta‘sir qilishi ochiq haqiqatdir. Zotan, ―milliy ong‖, ―milliy tafakkur‖,
―milliy madaniyat‖, ―milliy ma‘naviyat‖, ―milliy mentalitet‖, ―milliy harakter‖
kabi bugun juda keng iste‘molda bo‗lgan juda ko‗p istilohlarda mazkur
bog‗liqlik e‘tirof etilgan.
V.Gumboldt tomonidan asoslangan ―Til – madaniyat ko‗zgusi‖ degan g‗oya
behad teran mazmunga ega. Madaniyatlar aro muloqotda tilning o‗rnini tadqiq
etgan S.G.Ter Minasova tilda nafaqat atrofidagi real olam, nafaqat uning
turmush tarsi va sharoiti, balki xalqning ijtimoiy o‗z-o‗zini anglashi, uning
mentaliteti, milliy harakteri, hayot tarzi, an‘analari, urf-odatlari, axloqi,
qadriyatlar tizimi, dunyoni sezishi va ko‗rishi ham aks etishini,til madaniyat
quroli sifatida inson shaxsini, kamol toptirishini aytadi. U shunday yozadi:
―shunday qilib, til, tafakkur va madaniyat bir-biri bilan shu qadar zich
bog‗langanki, amalda ayni uch unsurdan tarkib topgan yaxlit butunlikni tashkil
qiladi, ularning birortasi boshqa iktasisiz yashay olmaydi. Ularning barchasi
birgalikda real olam bilan munosabatda turadi, shu olamga zidlanadi, unga
bog‗liq bo‗ladi, uni aks ettiradi va ayni paytda uni shakllantiradi‖.
Antroposentrik paradigma markazida inson turgan mazkur muammolar tizimini
tadqiq etishga qaratilgan.
Bugungi tadqiqotlarni kuzatar ekanmiz, shunday bir holatni sezmaslik emas:
lisoniy faoliyat bajaruvchisi bo‗lgan shaxs omilini o‗rganish yuqorida qayd
etilgan tilshunoalik sohalari – psixolingvistika, lingvokulturologiya, kognitiv
tilshunoslik, pragmalingvistika kabi sohalarda chuqurlashub bormoqda. Ayni
vaqtda, til tizimiga antroposentrik yondashuv ushbu sohalarningeng so‗nggi
38
yutuqlarini o‗zida mujassam etib, mustaqil paradigma sifatidagi maqomini
tobora mustahkamlab bormoqda.
Ayrim tilshunoslarning fikricha, antroposentrik paradigma o‗tgan asrda
strukturalizm muvaffaqiyatlari natijasi sifatida yuzaga kelgan ―o‗zida va o‗zi
uchun‖ tamoyilini butunlay chetga surib qo‗ydi. Bunda asosiy e‘tibor nutqiy
faoliyat bajaruvchisi, ya‘ni nutq tuzuvchi va uni idrok etuvchi til egasiga
qaratildi.
Aytish joizki, ilmiy paradigmaga ―til egasi‖ katgoriyasining kiritilishi
tilshunoslikda shaxs, lisoniy ong, faoliyat, mentallik, madaniyat kabi
tushunchalarning yanada faollashishini taqozo etadi. Shaxs omilining tadqiqi
tilshunoslik fanining psixologiya, falsafa, mantiq, madaniyatshunoslik kabi
fanlar bilan bir nuqtada kesishishga ham olib keladi.
―Til egasi‖ tushunchasi hozirgi vaqtda tilshunoslikda asosan quyidagi
ma‘nolarda ishlatilmoqda:
- muayyan tilda nutqiy faoliyatni amalga oshiruvchi, ya‘ni nutq tuzish va
uni idrok etish qobiliyatiga ega bo‗lgan shaxs;
- tildagi muloqot vositasi sifatida foydalanuvchi shaxs, kommunikant;
- o‗z millatining milliy-madaniy, ma‘naviy qadriyatlarini aks ettiruvchi
lug‗at tarkibini egallagan, uni namoyon etuvchi shaxs, muayyan til vakili.
Uzoq davrlardan boshlab til qanday hodisa ekanligi, ya‘ni tabiiy hodisa
yoki ijtimoiy hodisa ekanligi yuzasidan munozaralar yuzaga kelgan edi.
Tadqiqotimizning ikkinchi bobida yuqorigi fikrlarga o‗z munosabatimizni
bildirish imkoni tug‗ildi. Tildagi o‗zgarishlar uni yaratuvchi xalq bilan birga
shakllanib boradi. Millat hayotidagi o‗zgarishlarning barchasi tilda aks etadi.
Bu esa tilning ijtimoiy hodisa ekanligining yana bir isbotidir.
39
―Ma‘naviyat‖ konsepti nafaqat inson, balki millatning, xalqning yashash
tarzi, qarashlari, qadriyatlari, tarixi, urf-odatlari, ichki ruhiyati va boshqa bir
qator mentallik xususiyatlari negizida yuzaga keldi, shakllandi. Xalqning ongi,
tafakkuri va qarashlari o‗sib borayotgan sari uning qamrovi va ko‗lami ham
rivojlanib bormoqda.
Yer yuzida insondan qudratliroq, aql-zakovatli mavjudot yo‗q. Inson o‗z
xohish-irodasiga bo‗ysunib dunyoni o‗zgartirishi ham mumkin. Insonning kuch-
qudratda yagona qilib yaratilgani to‗g‗risida Alisher Navoiy shunday deb
yozgan edi:
Barchasini garchi latif aylading,
Borchadin insonni sharif aylading.
Buyuk shoir insonning aqk chirog‗i olamni nurafshon qilishini ta‘kidlaydi.
Aql-zakovat quvvati, ko‗ngil pokligi, jamiyat tarafidan me‘yorga aylangan
qonun-qoidalarga rioya etish yo‗lidir, qisqa qilib aytganda, ichki va tashqi
go‗zallik uyg‗unligi ma‘naviyat mohiyatini belgilab beruvchi sifatlardandir.
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ma‘naviyat tushunchasiga shunday
ta‘rif beradi: ―Ma‘naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va
navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o‗z mustaqilligini
tushunib yetish va ozodlikni sevish bilan birgalikda yetilgan. Ma‘naviyat
insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‗giti bilan birga singadi, ma‘naviyat
o‗z xalqining tarixini uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib
yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar
ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz
barkamol kishi bo‗lmaganidek, o‗z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham
bo‗lmaydi.‖
1
1
Karimov I. O`zbekiston buyuk kelajak sari. – Toshkent: O`zbekiston, 1998. 60-b.
40
Tarixga mehr-ehtirom ko‗zi ila qarash, ulug‗ ajdodlar yaratgan adabiy
meroslarni asrab avaylash o‗z vatanini, xalqini sevish yuksak ma‘naviyatli
odamning amali sanaladi.
Atoqli o‗zbek pedagog olimi Abdulla Avloniy vatanga mehr qo‗yishni
quyidagicha tushuntiradi: ―Vatan. Har bir kishining tug‗ilib o‗sgan shahar va
mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‗ilgan, o‗sgan yerini
jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan hissi tuyg‗usi hayvonlarda ham bor. Agar bir
hayvon o‗z vatanidan, uyuridan ayrilsa, o‗z yeridagi kabi rohat-farog‗atda
yashamas,maishati talx bo‗lib har vaqt dilining bir go‗shasida o‗z vatanining
muhabbati turar.‖
1
Vatanga muhabbat, xalqqa hurmat-ehtirom do‗stlarga sadoqat ma‘naviyat
ustunlaridan biri hisoblanadi. Pedgogika fanlari doktori Safo Ochil bu muqaddas
tuyg‗uga shunday ta‘rif berdi: ―Ma‘naviyat… deganda inson xulq atvorining
go‗zalligi, sahovat va himmatliligi, olijanobligi, va‘dasiga vafodorligi,
xayoliyligi, bilim olishi, donoligi, bag‗rikengligi, odobliligi, ozoda va pokizaligi
qalbining beg‗uborligi, xushmuomaliligi va shu singari yoqimli urf-odatlar
tushuniladi‖.
Ma‘naviyatli inson hamma vaqt jamiyatga naf keltiradi. Chunki, odamlar
tanho yashamaydilar. Ular jam bo‗lib, jamiyat tuzishib yashaydilar. Shuning
uchun ham odamlarning ichki va tashqi go‗zalligi jamiyat taraqqiyotiga ta‘sir
o‗tkazadi. Hazrati insonning eng go‗zal fazilatlaridan biri u o‗z
manfaatlarinigina o‗ylamasdan o‗zi yashab turgan jamiyat, millat, Vatan, ota-
ona, oila a‘zolari, qarindosh urug‗lar, do‗st-birodarlari, vatandoshlarining ham
manfaatlari uchun xizmat qiladi. Insondagi eng oliy fazilat mehribonlik,
1
Avloniy A. Turkiy guliston yoxud axloq. –Toshkent: O`qituvchi,1992. 28-b.
41
vatanparvarlikdir. Inson moddiy ne‘matlarni yaratadi. Bu vazifani ado etish
ongli faoliyatga kiradi. Shu ongli faoliyat borligi uchun inson ma‘naviyatga ega.
Ma‘naviyat odamzotning ichki va tashqi dunyosini ifoda qiladi. Ichki
dunyoga ―botiniy dunyo‖ deyiladi. Tahqi dunyo esa ―zohiriy dunyo‖ deya
nomlangan. Botiniy dunyo deganda odamzodning axloqi, ruhiy kechinmalari,
niyati, maqsadi, dunyoqarashi tushuniladi. Insonning kiyinishi, ozodaligi,
madaniyati, muomalasi, odobi tashqi dunyoni tashkil etadi.
Inson umrining mazmuni deganda esa uning tug‗ilgandan buyongi
faoliyati, hayotdagi yaxshi-yomon amallari, ijodkorligi, avlod ajdodlari tarixi,
millati, vatanining o‗tmishi tushuniladi. Inson ma‘naviyati ana shunday
murakkab omildir. Yuqoridagi jihatlar hisobga olinib, ―bama‘ni odam‖ yoki
―bema‘ni odam‖ deyiladi. Demak, bama‘ni odamning ichki va tashqi dunyosi,
hayotiningmazmuni inson degan nomga loyiq, ma‘n oli va go‗zal bo‗ladi.
―Bema‘ni odam‖ degani – ichki dunyosi ham, tashqi dunyosi ham g‗arib, o‗z
nafsidan uzoqqa keta olmagan, ya‘ni ma‘naviy qashshoq kimsa demakdir.
Darhaqiqat, ma‘naviyat – odamning ruhiy va aqliy olamining majmuidir.
Ma‘naviyat jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy
kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha.
Ma‘naviyat inson va jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat
yo‗nalishining bosh omilidir.
―… ma‘naviyat boyib borsa jamiyat ravnaq eta boradi va aksincha
ma‘naviyat qashshoqlashsa, jamiyat bora-bora tanazzulga yuz tutadi.‖
1
1
Ibrohimov A., Sultononv X., Jo`rayev N. Vatan tuyg`usi. – Toshkent: O`zbekiston,1996.111-b.
42
Insonni inson qilgan fazilati uning yeb-ichishi, oila, bola-chaqali bo‗lib
zurriyot qoldirishida emas, balki shu bilan birga uning ongli faoliyati, mehnat
qilishi, moddiy ne‘matlarni ishlab chiqarish, har bir ishni o‗ylab, fiktlab, rejali
amalga oshirishi, madaniyat va ma‘naviyat sohibi bo‗lganligidir.
Ma‘naviyat insonning butun hayoti davomid faoliyatidagi tajribalari
asosida shakllanib, rivojlanib, takomillashib boradi. Inson faoliyatining maqsad
va yo‗nalishini aniqlashda ma‘naviyat muhim ahamiyat kasb etadi. Inson
ma‘naviyatsiz yashay olmaydi. Ma‘naviyat alohida bir inson uchun emas,
barcha odamlar, el-xalq, millat va jamiyatning taraqqiyoti uchun ham kerak.
Ma‘naviyatimizning ildizi ming-minglab yillar avvalgi davrlarga borib
taqaladi. Eramizdan avvalgi uch ming yilliklarda dunyoga kelgan
zardushtiylarning muqaddas kitobi ―Avesto‖ davrida ham inson ma‘naviyati
kamolotiga alohida e‘tibor berilgan. ―Avesto‖da odamiylikxislatlari, axloq, odob
qoidalari har bir inson uchun munosib tarzda bayon etilgan. ―Avesto‖ kitobi
uzoq yillar mobaynida ma‘naviyat chashmasi vazifasini ado etib keldi.
Zardushtra ta‘limoti nafaqat Sharqda, balki G‗arb davlatlarida ham keng
yoyilgan.
Sharq faylasuflari azal-azaldan ma‘naviyat sohasiga alohida e‘tabor
qaratganlar. Jumladan, Alisher Navoiy ma‘naviyatni ―elning adabi‖ qabilida
ta‘riflab, yozadiki:
Oltin-kumush etma kasb davlat kunidin,
Kim tortar adab ulusni mehnat tunidin,
Gar yo‗qtur ada, ne sud oltun unidin,
Elning adabi xushroq erur oltunidin.
43
Navoiyning fikricha, haqiqiy boylik – ma‘naviy boylik. Oltin-kumush
jamlagan odam hali ranj-u mashaqqatdan butunlay forig‗ bo‗la olmaydi. Agarda
u adabli, ya‘ni ma‘naviyatli bo‗lsa hayotda unchalik qoqilmaydi, saodatli
kunlarga erishadi.
Ulug‗ mutafakkir Farididdin Attor ma‘naviyatni ishq, sevgi-muhabbatda
deb biladi. Inson biror narsaga sidqidildan ishonmog‗i, keyin esa ana shu niyati
yo‗lida
olg‗a intilmog‗i joiz. Bu g‗oyani mutafakkir chumoli obrazi orqali ifodalaydi.
Odamzod dunyoga kelib ikki xil ehtiyoj bilan yashab o‗tadi: biri moddiy
talablar va ikkinchisi ma‘naviy chanqoqlkdir. Har ikkala ehtiyoj insonlarning
turmush tarzini belgilaydi. Agar avval moddiy talablar ustunlik qilib, inson
yashashi va hayoti uchun birinchi darajali zaruriyat hisoblangan bo‗lsa, jamiyat
taraqqiyotining ma‘lum davrlariga kelib ma‘naviy ehtiyojlar moddiy olamni
belgilovchi kuchga aylanadi. Shu tariqa yemoq, ichmoq, kiymoqdan ko‗ra
quvonmoq, zavq olmoq, sevmoq ustunlik qila boshlayi. Agar moddiy ehtiyojlar
o‗z chegarasi va doiasiga ega bo‗lsa, ma‘naviy ehtiyojlar poyonsizdir.
Chanqash, charchash va och qolishlarni qondirish chegarasi mavjud,
ammo sevgi, go‗zallikka intilish kabi ma‘naviy ehtiyojlarning chegarasi yo‗q.
Insiniyat ma‘naviy yuksalishidagi eng buyuk nuqtalardan biri uni tabiat va
odamzot hayotidagi o‗zaro uyg‗unlik mavjudligini idrok etish, tabiat, inson va
dunyoning tartibli yaratilishi haqidagi tushuncha bo‗ldi. Tun ketidan kunning
kelishi, daryolarning yuqoridan pastga oqishi, issiq bilan sovuqning farqi,
achchiq bilan chuchuk, yaxshi bilan yomonning farqiga boorish odamzotning
inson bo‗lib shakllanishida juda kata ahamiyat kasb etdi. Buni qadim-qadimdan
yashab o‗tgan ajdodlarimiz tafakkuri, san‘ati, osori atiqalari isbotlab beradi.
―Avesto‖ parchalari bilan tanishganda ming-ming yillar ilgari yashagan
odamlarning dunyoqarashi, tabiat va jamiyatga munosabati qanchalik murakkab
44
tarzda shakllanganini ko‗ramiz. Ko‗rinib turibdiki, inson ma‘naviyatining
shunday uzun va uzoq yo‗llari mavjud ekan.
Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda ma‘naviyatimizni tiklash,
toptalgan va ta‘qiqlangan qadriyatlarimizni, urf-odatlarimizni qaytadan hayotga
tatbiq etishga, o‗rganishga, rivojlantirishga imkon yaratildi. ―Ma‘naviyat – deydi
Islom Karimov – insonga havodek, suvdek zarur. Sahrodagi sayyoh har doim
buloqdan chanqog‗ini bosadi. Xuddi shuningdek, inson ham necha-necha
azoblar, qiyinchiliklar bilan ma‘naviyat chashmasini izlaydi. Yer, oila, ota-ona,
bolalar, qarindosh-urug‗lar, xalq mustaqil davlatimizga sadoqat, insonlarga
hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik – ma‘naviyatning ma‘nosi ana shunday
keng‖.
1
Ma‘naviyatning mohiyatiga berilgan bu bahodan ko‗rinib turibdiki, inson
va jamiyat taraqqiyotini ma‘naviyatsiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. Demak,
ma‘naviyat insonning hayot faoliyati, jamiyat taraqqiyoti mazmuni bilan
chambarchas bog‗liq. Moddiy munosabatlar asosiga qurilgan jamiyat
taraqqiyotini ma‘naviyatsiz tasavvur qilish qiyin. Chunki, iqtisodiy hayotning
o‗zi ma‘naviyatdan boshlanadi. Insonlarning o‗z tabiiy ehtiyojlarini
qondirishdan boshlanadigan iqtisodiy faoliyati, aytaylik moddiy ne‘matlar
yaratishi, dehqonchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarishining barchasini
odam inson sifatida o‗ylab, mulohaza yuritib, amalga oshiradi. Tabiiy ehtiyojini
qondirishning qanday qilib, qay tarzda amalga oshirishini fikrlab rejalashtiradi.
Demak, insonning o‗z tabiiy ehtiyojlarini qondirishida ham asosiy omil moddiy
ne‘matlar mohiyati emas, balki insonning ma‘naviy faoliyatining mohiyati
turibdi.
Xulosa shuki, inson hayotida, jamiyat taraqqiyotida ma‘naviyatning
mohiyati naqadar ustun ekanligiga guvohi bo‗lamiz. Ma‘naviyati past, inson
1
Karimov I. O`zbekiston buyuk kelajak sari. -Toshkent, 1998. 61-b.
45
ma‘naviyati yetarli rivojlanmagan jamiyatda yetuklik va taraqqiyot bo‗lmaydi.
Ana shuning uchun ham istiqlolimizning birinchi kunlaridayoq yurtboshimiz
ma‘naviyatni
rivojlantirishga
ahamiyat
bergan.
Negaki,
ma‘naviyatni
rivojlantirmay turib, mamalakatni taraqqiy ettirib bo‗lmasligi aniq.
Yuqorida bildirib o‗tilgan fikrlarning barchasi zamirida ―ma‘naviyat‖
konsepti va uning shakllanishi haqida mulohazalar berilgan. Yurtboshimiz
ta‘kidlab o‗tganlaridek, ―ma‘naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning,
davlatning kuch-
qudratidir. U yo‗q joyda hech qachon baxt-saodat bo‗lmaydi.‖
Haqiqatdan ham ma‘naviyat jamiyat va inson ehtiyojidan kelib chiqib,
bir-biri bilan aloqada, uyg‗unlikda shakllanadi. Ishimiz mezoni bo‗lgan
―ma‘naviyat‖ semasi qadriyatlar silsilasi davomida, ajdodlar pandi orqali,
mental xususiyatlar natijasida yuzaga kelib, shakllanib, boyib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |