2. O„zbek tilshunosligida semantik maydon nazariyasi
O‗zbek tilshunosligida so‗z semantik maydonlarini tadqiq etish o‗tgan
asrning 80-yillarigacha hali boshlangan emas edi. Faqat ma‘lum semantik
maydonga so‘zlarni ajratib olib, keyin unga semasiologiyaning boshqa
yo‗nalishlarida yondashish bo‗lgan. Bunga D.Bozorovaning kishi muchasi
23
nomlariga, I.Abdurahmonovning ko‗lam sifatlariga, R.Yunusovning o‗rin
bildiruvchi otlarga, T.T. Musayevning sezgi bildiruvchi fe‘llarga bag‗ishlangan
nomzodlik dissertatsiyalari, I.Qo‗chqortoyevning nutq fe‘llariga bag‗ishlangan
doktorlik dissertatsiyalarini ko‗rsatish mumkin. Lekin ularning hammasi ham
asosan mantiqiy-semantik tahlil etilgan ishlar hisoblanadi. Keyingi ikktasida
lingvistik-semantik tahlil tadqiqot ham o‗z o‗rnini topgan.
So‗z semantik maydonlarni lingvistik-semantik asosda o‗rganish o‗tgan
asarning 90-yillaridan o‗zbek tilshunosligiga keng ko‗lamda kirib kela
boshladi.R.Rasulovning holat fe‘llariga, Sh.Iskandarovaning otlardagi shaxs
mikromaydoniga, N.R.Nishonovaning ―hayvon‖ arxisemalari leksemalar
maydoning mazmuniy tahliliga, S.Muhamedovaning harakat fe‘llari
semantikasiga bag‗ishlangan dissertatsiyalarini ko‗rsatish mumkin. O‗z
doktorlik ishining birinchi bobida R.Rasulov holat fe‘llari, S.Muhamedova
harakat fe‘llari semantik maydonini tahlil etib bergan. H.Tojimetov nomzodlik
dissertatsiyasida sifat turkumiga oid so‗zlarni to‗rt arxisema atrofida
umumlashuvini ko‗rsatgan. Sh.M.Iskandarova doktorlik dissertatsiyalarida shaxs
mikromaydonidagi
otlarni,
N.R.Nishonova
nomzodlik
dissertatsiyasida
―hayvon‖ arxisemali otlarni tahlil etgan. Bu ishlarni har birida sememalarni bir
arxisemaga umumlashishi, turli integral semalar ostida guruhlanishi va
differansial semalar bilan o‗ziga izchil holda tadqiq etilgan.
Semantik maydon haqidagi fiklarni sema, semema kabi tushunchalarni
sharhlash bilan davom ettiradigan bo‗lsak, semema va leksik ma‘no terminlari
bir tushunchani bildiradi. Semema bo‗linmas birlikdan iborat emas, balki
tarkibiy uzvga egadir. Leksik ma‘noning mana shu elementini R.Yunusov,
Sh.Xo‗jayevalar sema deb qayd etishadi.
Tilshunoslikda differansial-semantik metod keyingi vaqtlarda faol
qo‗llanmoqda. Shunga ko‗ra lug‗aviy birlik holatidagi so‗z ―leksema‖, leksik
ma‘no ―semema‖, leksik ma‘noning komponentlari, tarkibiy uzvlari ―sema‖
24
deb qo‗llanmoqda. Shuning uchun ham A.Hojiyev ―… semalar semamaning
mundarijasini tashkil etadi.‖
Professor M.Mirtojiyev bu haqda shunday deydi:
―…sema sememaning bo‗lagi, ya‘‘ni qismi degan xulosaga kelishi to‗g‗ri emas.
Buning uchun sememaning referenti va uning belgisi bilan munosabatida
e‘tiborni qaratishga to‗g‗ri keladi. Hech mahal referentning belgilari uning
bo‘lagi, ya‘ni qismi bo‗la olmaydi:
Masalan, qand kimyo nuqtai nazaridan uglevoddir. U oq rangda, mazasi
shirin, o‗zi kristall bo‗ladi. Qand shu to‗rtta belgiga ega. Bu belgilar uning
qismlari emas. Agar kalla qand bo‘lsa, uni bir necha chaqmoqlarga bo‘lib
yuborilsa, har bir chaqmoq kalla qandning bo‘lagi, qismi hisoblanar edi‖, - deb
sema va qism terminlarini sharhlab beradi.
Semalar qaysi nuqtai nazardan belgi bildirishiga ko‘ra turlarga bo‘linadi.
U so‗zlarning semantik taraqqiyotida holatiga ko‘ra so‗z sememasi tarkibida
tutgan o‗rniga ko‗ra, sintagmatik vazifasiga ko‗ra alohida-alohida guruhlarga
tiplarga bo‗linadi. Quyida har bir tip tavsifiga umumiy tilshunoslik nazdi bilan
alohida to‗xtalamiz. So‗z ma‘lum sememasiga ko‗ra muayyan semantik
maydonlarga birlashadi.
Semalar sememalarning semantik maydonda joylashish mavqeyiga qarab
arxisema, integral sema, differensial sema va potensial sema kabi tiplarga
bo‘linadi va ular ierarxik tartibdagi o‗rniga qarab turlicha vazifa bajaradi.
Arxisema – sememalar uchun umumiy bo‘lgan sema. Sememalar asosida
leksemalar ma‘lum semantik maydonlarga birlashuvchi sema arxisema deb
ataladi. Masalan: shaxs arxisema – Sh.Iskandarova, hayvon arxisemasi -
N.Nishonova.
Integral sema - termini dastlab fransuz tilshunosi B.Pot‘e tomonidan, keyin
unga ergashgan holda B.Gak tomonidan tilga olindi. Ular bunda ma‘lum
semantik maydonga mansub leksemalar sememasi umumiy bo‗lgan semani
25
arxisema deb bilgani holda o‗sha semantik maydonning kichik guruhi
(maydonchalari)ga mansub leksema sememalari uchungina umumiy bo‘lgan
semani integral sema deb talqin qilishgan. Keyingi yillarda integral semani
umumiy, mushtarak, birlashtiruvchi sema nomi bilan qayd etadilar.
Tilshunoslarning integral sema haqidagi qarashlarini umumiy holda quyidagicha
ifodalashimiz mumkin: integral sema – yagona arxisema ega sememalar
leksemalarning semantik maydoni tarkibidagi kichik semantic maydonchasiga
mansub leksemalar semamalri uchun umumiy bo‗ladi. U ierarxik tartibga ko‘ra
2-o‗rinda turadi. M.Mirtojiyev integral sema haqidagi fikrlarni shunday
xulosalaydi:integral sema ma‘luim semantik maydondagi semantik guruhga
mansub leksemalarning sememasi uchun umumiy bo‗lgan, ularni o‗zaro
birlashtirib turuvchi sema.
Differensial sema - semalarning ierarxik tartibida 3-o‗rinda qaraladi.
O‗zaro aloqador sememaning bir-biridan ajralishi differensial sema asosida
bo‘ladi. H.Ne‘matov, R.Rasulov differensial semani farqlovchi sema deb ham
aytadilar va farqlovchi sema deb ikki leksemani bir-biridan farqlaydigan semalar
deb ta‘riflaydilar. Mirtojiyev esa bu ta‘rifga shunday yondashadi - berilgan
ta‘rif to‗g‗ri, lekin usluban chala jumla tuzilgan. Differensial sema ikki
leksemani emas, ikki leksema sememasini bir-biridan farqlaydi. Novcha va
daroz leksemalari sememasiga e‘tbor beraylik: Novcha-―bo‘yi‖ ―me‘yoridan‖
―nisbatan baland sememalariga‖ ega. Daroz-leksemasining sememasi ―bo‗yi‖
―me‘yoridan‖ ―o‗xshovsiz ortiq‖ semalariga ega. Bu ikki leksema sememaning
birida ―nisbatan baland‖, ikkinchisida ―o‗xshovsiz ortiq‖ kabi semalari bor. Ular
o‗zaro mana shu semasiga ko‗ra farqlanadi.
Potensial sema - semalarning ierarxik tartibida 4-o‗rinda turadi. B.Gak:
potensial semalar turli ikki darajali, ba‘zan predmetning zarur bo‗lgan belgisini
ifodalardi. M.Mirtojiyev: potensial semalar sema mazkur leksemalar
26
sememasida fakultativ holatda yashirin bor bo‗lib, ma‘lum nutq sharoitida
namoyon bo‗luvchi semadir.
Keyingi o‗n yilliklarda leksemalar guruhini keng tahlil qilishning yangi usuli
ishlab chiqildi. Bunda giperonim deb qaralgan leksemalar bilan giponiniya deb
nomlangan leksemalar o‗rtasidagi semantik munosabat o‗rganiladi. Masalan,
daraxt giperonim bo‘lsa, qayin, tol, terak, baqaterak,
majnuntol, archa, o‗rik,
olma giperonim. Giponim bo‗lgan leksemalar sememasi umumiy semaga egaligi
holda u giperonim leksema sememasiga teng keladi.
Rus tilshunosi N.I.Tolstoynig qayd etishicha, semasiologiyaning
zimmasidagi ish uzoq vaqt ―so‗z ma‘nosining o‗zgarishi‖, ya‘ni diaxronik nuqtai
nazardan tadqiq etish bo‗lib qoldi. So‗z ma‘nosining o‗zgarishi, asosan, so‗z
ma‘nosining taraqqiyoti, yangi hosila ma‘no berib borishidan iborat.
Semalar so‗z tarkibida tutgan o‗rni va borliqqa bo‗lgan munosabatiga
ko‗ra ikki tipga bo‗linadi: denotativ va konnotativ sema.
Denonativ ma‘no - sememaning bevosita, denotatni ifoda etgan uzvidir.
―Bashara‖ so‗zining denotativ ma‘nosi kishi bosh qismining og‗iz va burundan
bosh tomonga joylashgan yumshoq teri yuzasini ifoda etuvchi uzvga aytiladi.
Konnotativ sema termini o‗rnida an‘anaviy tilshunosligimizda konnotativ
ma‘no termini qo‗llab kelingan. Konnotativ ma‘no termini o‗rnida H.Ne‘matov,
R.Rasulovlar ifoda sema terminini qo‗llaganlar. Ifoda sema so‗z semasining
denotativ semasidan qolgan, unga turli qo‗shimcha grammatika va subyektiv
munosabat ifoda etuvchi uzvidir. ―Bashara‖ so‗zining konnotativ ma‘nosi
subyektiv o‗sha denotatga bo‗lgan salbiy munosabatini ham bildiradi. Yana shu
sememadan mazkur so‗z ot turkumiga oidligi ham ma‘lum. U so‗z ―basharasiga
boqdi‖ birikmasi tarkibiga kirar ekan, uning semasida egalik va yo‗nalganlik
kabilar ham anglashiladi. Shu keyingi anglashilganlarning hammasi ―bashara‖
so‗zida ifodalangan sememaning konnotativ semalaridir.
27
Semantik maydon doirasida amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot ishlari
ichida A.Nurmonov, H.Ne‘matov, R.Rasulov, I.Qo‗chqortoyev, E.Begmatov,
T.Mirzaqulov, Sh.Iskandarova, O.Bozorov, R.Safarova, S.Muhamedova,
B.Qilichev, M.Narziyeva, H.Hojiyeva kabi tadqiqotchilarning ilmiy
kuzatishlari va olingan xulosalari o‘zbek tili leksikasini maydon nazariyasi
asosida o‗rganishda muhim ahamiyatga ega.
Jumladan, Sh.Iskandarova shaxs mikromaydoni misolida o‗zbek tili
leksikasini semantik maydon sifatida o‗rganish muammolarini ko‗tarib chiqdi va
mazkur mavzuda ilk bor doktorlik ishini himoya qildi.
Sh.Iskandarova olamning guruhlarga bo‗linishi va uning tilda aks etishi
haqida batafsil fikr yuritib, shaxs mikromaydonidan faoliyat ko‗rsatuvchi 100 ga
yaqin leksik-semantik guruh haqida ma‘lumot beradi.
1
T.Mirzaqulov o‗zbek tili morfem paradigmatikasi va sintagmatikasi
masalalari
ustida
to‗xtalar
ekan,
funksional-semantik
maydonning
xususiyatlarini yoritib berishga harakat qilgan.
2
U maydon bir umumiy mazmun
yoki shakl o‗xshashligi asosida turli sathlarga tegishli birliklarning funksional-
semantik birlashuvidir deb e‘tirof etadi.
Har bir milliy tilda leksemalar muayyan qonun–qoidalar asosida bir
yerga jamlanib, to‗dalanib boradi. Tilning o‗ziga xos tarixiy taraqqiyot
jarayonida mazkur leksik-semantik guruhlar sifat va miqdor jihatidan tinmay
o‗zgarib boradi.
1
Iskandarova Sh. O`zbek tili leksikasini mazmuniy maydon sifatida o`rganish (shaxs mikromaydoni). Filol. fan. d-ri... diss.
–Toshkent, 1999. 23-b.
2
Mirzaqulov T. O`zbek tili morfem paradigmatikasi va sintagmatikasi masalalari. Filol. fan. d-ri… diss. –Toshkent, 1994.
18-b.
28
Tilning maydon sifatida o‗rganish olam, ong va til o‗rtasidagi dialektik
munosabatni ilmiy asosda tushunishga yordam beradi. Maydon nazariyasi,
shuningdek, ideografik lug‗atlar tuzishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
kabi lug‗atlarni tuzish tamoyillarini belgilash, esa o‗zbek tilshunosliginig eng
dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.
Maydon nazariyasi til sohiblariga ma‘lum bir sohada ishlatiluvchi leksik
birikmalarning asosiy jamg‗armasini butun ko‗lami bilan anglash, muloqot
jarayonida ulardan eng zaruriysini qo‗llash imkonini beradi. Leksik
birikmalarning bir-birlari bilan mazmuniy jihatdan bog‘lanishini ta‘minlaydi.
Zero, tilning eng muhim belgisi uning kommunikativligi, insonlar o‗rtasida
muloqot jarayonini tugal va e‘tirozsiz ifodalay olishi sanaladi. Maydon
nazariyasi esa bunga har jihatdan yordam beradi.
Professor E.Begmatov leksikada sistemalilik xususida fikr yuritib,
tilshunoslikda tilning lug‗aviy boyligini ham muayyan sistema sifatida tasavvur
qilish va ilmiy tasniflashlari sifatida quyidagilarni keltiradi:
1. So‗zlarni so‗z turkumlariga ajratish usuli, ya‘ni so‗z turkumlari sistemasi.
2. So‗zlarni yasalish modellariga ko‗ra tasnif qilish usuli, ya‘ni so‗z yasash
usullari.
3. So‗zlarni funksional-stilistik guruhlarga ajratish usuli, ya‘ni so‗zlarning
stilistik-differensial guruhlari.
4. So‗zlarni ma‘lum mavzu guruhlariga ajratish usuli, ya‘ni so‗zlarning
mavzu guruhlari va boshqalar.
1
O‗zbek tilshunosligida maydon talqini bilan bog‗liq qilingan ishlar:
1. Qo‗chqortoyev I.K. So‗z ma‘nosi va uning valentligi. – Toshkent, 1977.
1
Begmatov E. Hozirgi o`zbek adabiy tilining leksik qatlamlari. Toshkent, Fan, 1985-yil. 116-b.
29
2. Abduvaliyev M. To‗siqsizlik maydoni va uni tashkil etuvchi sintaktik
birliklar. // O‗zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 1988. -№4. 62-66-b.
3. Rasulov R. O‗zbek tilidagi holat fe‘llari va ularning obligator
valentliklari.
– Toshkent: Fan,1989.
4. Mirzaqulov T. O‗zbek tili morfem paradigmatikasi va sintagmatikasi
masalalari. Filol. fan. d-ri… diss. avtoref. - Toshkent, 1994.
5. Iskandarova Sh.M. O‗zbek tili leksikasini mazmuniy maydon sifatida
o‗rganish (shaxs mikromaydoni): Filol. fan. dok… diss. avtoref. –
Toshkent, 1999.
6. Nishonova N. O‗zbek tilida ―hayvon‖ arxisemali leksemalar maydonining
mazmuniy tahlili. Filol. fan. nomz… avtoref. –Toshkent, 2000.
7. Sobirov A. O‗zbek tilining leksik sathini sistemalar sistemasi tamoyili
asosida tadqiq etish. –Toshkent, 2004.
8. Muhamedova S. O‗zbek tilida harakat fe‘llarining semantikasi va
valentligi. – Toshkent: Fan, 2005.
9. Hakimova M. O‗zbek tilida vaqt ma‘noli lug‗aviy birliklar va ularning
matn shakllantirish imkoniyatlari: Filol. fan. nomz… avtoref. - Farg‗ona,
2004.
10. Mirtojiyev M. O‗zbek tili semasiologiyasi. –Toshkent: Mumtoz so‗z,
2010.
Shunday qilib, o‗zbek tilshunosligida til birliklarini maydon asosida
o‗rganish keng yo‗lga qo‗yilmoqda. Bu usul, bizning nazarimizda, ayniqsa,
leksikani o‗rganishda katta ahamiyatga ega. O‗zbek tili leksikasini
makromaydon sifatida qaralgani holda, uni mikromaydonlarga ajratish
30
idiografik lug‗atlar tuzishda katta samara beradi. Shuning uchun ham
lingvistik maydon va til lug‗at tarkibini bunday maydonlarga ajratishning
nazariy asoslarini chuqur, atroflicha o‗rganish hozirgi o‗zbek tilshunosligi
oldidagi eng dolzarb muammolardan sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |