4. Biror narsaning mohiyati, nima ekanligi; mohiyat. Samandarov
zaharxanda qildi: -Bu qanaqa musobaqa bo‗ldi? Musobaqaning
ma‘nosini
tushunasanmi
o‗zing? A.Qahhor, “Qo„shchinor
chiroqlari”.
Demak, irsiyatning ma‘nosi — oqsil sintez qilish qobiliyatining
nasldan naslga o‗tishidir. “Fan va turmush”.
Bundan ma‟no chiqmaydi. Bundan foyda, natija chiqmaydi.
Ma‟no bermoq. Tushunmoq, talqin qilmoq. Zamiraning dami
chiqmay qolganiga Ochil o‗zicha ma‘no berdi. P.Qodirov, “Uch
ildiz”.
Ma‟nosi yo„q. foydasi yo‗q. …―vodorod‖ bilan ―kislorod‖ni
arabchaga tarjima qilib o‗tirishdan ma‘no yo‗q. P.Tursun,
“O„qituvchi”.
1
2004-yilda nashr qilingan, 496-sahifadan iborat bo‗lgan ―Falsafa qomusiy
lug‗ati‖da esa quyidagicha ta‘rif beriladi:
MA‟NAVIYAT - insonlarning o‗zaro munosabatlari, ularning hayotiy
tajribalari davomida shakllangan va rivojlangan qadriyatlar tizimi.
1
Yuqorida keltirilgan sharhlar O`TILdan olindi.
49
Inson ma‘naviyatini o‗zini shaxs sifatida anglagandan boshlab,
umrining oxirigacha shakllantiradi va rivojlan-tirib boradi. Insonning
o‗z ma‘naviyatini rivojlantirishga bo‗lgan ehtiyoji cheksizdir. U
insonning butun ongli faoliyati davomida shakllanadi, rivojlanadi. Shu
ma‘noda ma‘naviyat insonning ongliligini, qobiliyatini va
intilishlarini ham o‗z ichiga oladi. Ma‘naviyat insonning botiniy
dunyosini o‗zida ifoda etuvchi tushuncha. Inson botiniy dunyosini,
gavhar to‗la tubsiz dengizga qiyoslash mumkin. Ma‘naviyat insonning
ruhiyati, o‗zi-o‗zining anglashi, did-farosati, adolatni razillikdan,
yaxshilikni
yomonlikdan,
go‗zallikni
xunuklikdan,
oqillikni
johillikdan ajrata bilish qobiliyati, aql-zakovati, ularni amalga oshirish
yo‗lida ongli faoliyat ko‗rsatish va intilishi. Ma‘naviyatning moddiy
kuchga aylanishi har bir insonning xatti-harakatlarida, o‗zligini qaysi
darajada anglashida, o‗zining oila va jamiyatdagi o‗rnini tushunishida,
Vatan va millatga munosabatida namoyon bo‗ladi.
Ma‘naviyat haqida har qancha gapirish, yozish mumkin. Ammo
ma‘naviyat falsafa emas, dunyoni har qancha izohlab berganingiz bilan, qonun-
qoidasini
aniqlab, tushuntirib berganingiz bilan siz aqlli, bilimdon, mantiqiy fikrlovchi
odam sifatida qadrlanishingiz mumkin, ammo bular sizni ma‘naviy barkamol
ekanligingizdan dalolat bermaydi. Yana Siz o‗ta iste‘dodli bo‗lishingiz, Vatan
haqida, mustaqillik haqida ajoyib qasidalar bitishingiz mumkin. Albatta,
iste‘dod ham ma‘naviyatni shonasi, ammo ta‘rif-u tavsiflar bilan Vatan ravnaqi
ta‘min etilmaydi, mustaqillik mustahkamlanmaydi.|Mustaqillik ma‘naviyatining
bosh mezoni, asos-poydevori mas‘uliyat tuyg‗usidir.
1
1
M. Imomnazarov, M. Eshmuhammedova. Milliy ma`naviyatimiz asoslari. – Toshkent, 2001. 3-b.
50
Ma‘naviyat esa o‗z manbasiga ko‗ra ham, maqsadiga ko‗ra ham bu foniy
dunyodan tashqariga — baqoga yo‗nalgan. Ma‘naviyat asli baqoning fanoda
zuhur etishidir. Ma‘naviyat inson uchun moddiy ehtiyoj ham, siyosiy zarurat
ham emas.
Ma‘naviyat insonning o‗z mohiyati oldidagi mas‘ulligidir. Uning mohiyati esa
borliq abadiyatiga daxldor.
―Ma‘naviyat – insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-
qudratidir. U yo‗q joyda hech qachon baxt-saodat bo‗lmaydi‖, — deb yozgan
edi Prezident mustaqillikning dastlabki yillaridayoq ―O‗zbekiston XXI asrga
intilmoqda‖ asarida bu g‗oya yanada muayyanlik kasb etib, ma‘naviyat ―insonni
ruhiy poklanish va yuksalishga da‘vat etadigan, inson ichki olamini boyitadigan,
uningiymon-irodasini, e‘tiqodini mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‗otadigan
qudratli botiniy kuch‖ sifatida ta‘riflandi. Xo‗sh, bu sehrli qudrat, bu botiniy
kuch qanday bunyodga keladi? Ma‘naviyat — inson qalbida, ko‗ngil ko‗zgusida
aks etgan haqiqat nuridir, deyilgan ta‘rif birinchi marta ishlatilganda, ba‘zi
faylasuflarimiz uni diniy-mistik ta‘rif deb baholadilar. Darhaqiqat, bu ta‘rif
tasavvufiy talqinlarga suyangan sufiyona, ramziy ta‘rifdir. Sufiy ulamolarimiz
―Haq asrori‖ haqida faqat ishora, ramz, timsol bilan so‗zlaganlar, chunki Haq
ilmi biz uchun ―g‗ayb ilmi‖ dir, inson mulohazalari esa doimo notugal va
noto‗kis. Ammo, baribir, inson aqli bir narsalarni aniqroq, muayyanroq belgisi
keladi, u yaxlit yog‗duni ham kamalak ranglariga ajratmagunicha ko‗ngli joyiga
tushmaydi. Alloh inson aqliga shunday betizgin shiddat baxsh etgan ekan,
bizda ne ixtiyor.
Ma‘naviyat juda murakkab, serqirra, shu bilan birga xalq diliga nihoyatda
yaqin, tushunarli hodisa. Uni, bir tomondan, soxta ―ilmiy‖ murakkab ta‘riflar
bilan mavhumlashtirmay, shu bilan bir paytda siyqa, odmi ―targ‗ibot‖ga
aylantirmay, xalq ongiga tiniq yetkazmoq, yosh avlod ruhiga yetkazmoq lozim.
51
Bunda qanday me‘yorlarga rioya etish zarurligini 1992- yildayoq O‗zbekiston
Prezidenti aniq tavsiflab bergan edi:
- Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- Xalqimizning ma‘naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
- Insonning o‗z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- Vatanparvarlik.
―Ma‘naviyat - insonning, xalqning, jamiyatning kuch - qudratidir. U yo‗q
joyda hech qachon baxt -saodat bo‗lmaydi‖. ―Ma‘naviyat haqida gap ketar
ekan, men avvalo, insonning ruhiy poklanish va yuksalishga da‘vat etadigan,
inson ichki olamini boyitadigan, uning iymon-irodasini, e‘tiqodini
mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‗otadigan qudratli botiniy kuchni tasavvur
qilaman‖. (I.A.Karimov)
Prezidentimiz I.A.Karimovning ―Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch‖
asarida: ―ma‘naviyat‖ tushunchasining ilmiy, falsafiy, adabiy yoki oddiy tilde
ifodalanadigan ko‗plab ta‘riflarini keltirish mumkin. Umuman, o‗zida juda
chuqur va keng qamrovli mahno-mazmunni mujassam etgan bu tushunchaga har
qaysi ma‘rifatli inson o‗zining falsafiy yondashuvi, siyosiy qarashlari va
e‘tiqodi, ong-u tafakkuridan kelib chiqqan holda turlicha ta‘rif va tavsiflar
berishi tabiiy. Shuning uchun ham bu masala bo‗yicha ilmiy adabiyotlarda,
kundalik matbuotda bir-biridan farq qiladigan fikr-mulohazalarni uchratganda
bundan taajjublanmasdan, ularni har qaysi muallifning o‗ziga xos dunyoqarashi,
mushohada tarzi ifodasi sifatida qabul qilish o‗rinlidir. Shu nuqtai nazardan
qaraganda, keyingi yillarda bu mavzuda olimlarimiz tomonidan tayyorlangan
ilmiy risolalar, o‗quv qo‗llanmalari, lug‗atlarda ―ma‘naviyat‖ tushunchasi va
uning asosiy tamoyillariga o‗ziga xos ta‘riflar berilayotganini kuzatish mumkin.
Men bu boradagi fikrlarni inkor etmagan holda, ―ma‘naviyat‖ tushunchasining
mazmuni faqat ―ma‘ni‖, ―ma‘no‖ degan so‗zlar doirasida chegaralanib
qolmaydi, deb o‗ylayman. Nega deganda, insonni inson qiladigan, uning ongi va
52
ruhiyati bilan chambarchas bog‗langan bu tushuncha har qaysi odam, jamiyat,
millat va xalq hayotida hech narsa bilan o‗lchab bo‗lmaydigan alohida o‗rin
tutadi.
Shu fikrni mantiqiy davom ettirib, ma‘naviyat - insonni ruhan poklanish,
qalban ulg‗ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat,
iymon-e‘tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg‗otadigan beqiyos kuch, uning
barcha qarashlarining mezonidir, desak, menimcha, tariximiz va bugungi
hayotimizda har tomonlama o‗z tasdig‗ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol
ifoda etgan bo‗lamiz.
Mening nazarimda, ―ma‘naviyat‖ tushunchasi jamiyat hayotidagi g‗oyaviy,
mafkuraviy, ma‘rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‗zida to‗la
mujassam etadi. Shuning uchun ham bu mavzuda fikr yuritganda, mazkur
qarashlarning barchasini umumlashtirib, keng ma‘nodagi ―ma‘naviyat‖
tushunchasi orqali ifoda etish mumkin.‖
O‗TILda va Falsafa qomusiy lug‗atida, Prezidentimiz I.A.Karimov
tomonidan berilgan bu izohlardan va ma‘naviyat tushunchasi yoritilgan
darsliklardan shunisi ma‘lum bo‗ldiki, bu so‗zlar zamirida quyidagi ma‘nolar
mujassamdir:
insoniyatning axloqi;
tafakkuri;
odobi;
qadriyatlari;
qarashlari;
urf-odatlari;
ma‘rifati;
aqlan,
jismonan,
qalban,
ruhan,
vijdonan
pok va sog‗lom bo‗lishi;
insoniy fazilatlarga ega bo‗lishi:
xushmuomila,
mehnatkash,
samimiy,
mehribon,
diyonatli,
vafodor,
53
iymonli,
e‘tiqodli,
sharm-hayoli,
or-nomusli,
andishali,
nafsini jilovlay oladigan,
halol,
fidoyi,
uquvli,
bilimdon,
xushyor,
irodali
adolatli
dono,
farosatli,
irodali,
didli,
ozoda,
vatanparvar,
rahmdil
va shu kabi ma‘nolarni anglatadi. Bundan ko‗rinib turibdiki, yuqorida
keltirilgan ma‘nolarning barchasi ―ma‘naviyat‖ semasini tashkil qiladi.
―Ma‘naviyat‖ semasi esa ―inson‖, ― ong‖, ―o‗zbekona‖ , ―qadriyat‖,
―milliylik‖, ―ruhiyat‖, ―poklik‖, ―vijdon‖, ―qalb‖, ―mehr‖, ―iroda‖, ―kuch‖,
―g‗urur‖ , ―komil‖, ―e‘tiqod‖ kabi sememalardan iborat va bu sememalar inson
ma‘naviyatining kamoloti jarayonida yanada ortib borishi mumkinligi diqqatga
sazovordir. Bunga esa tilning inson konsepti nazariyasiga asoslanib tahlil
qilinishi, qolaversa o‗zbek xalqining milliy ma‘naviyati yuqori ekanligini o‗z
ona tilida aks etganiga bir isbot sifatida qarashimiz mumkin. Misol uchun,
tilimizda qo‗llanadigan quyidagi so‗zlarni olaylik: maktab, vatan, oila, mahalla,
sport, mehnat, ota-ona, axloq, burch, ma‘suliyat, ilm, kitob, dars, ozodalik,
e‘tiqod, mehr, andisha, vijdon, sadoqat, tuyg‗u, daxldorlik hissi, dinlararo
bag‗rikenglik, vijdoni uyg‗oq, milliylik, ma‘naviy jasorat, tenglik, tinchlik,
ozodlik kabi birliklarda ―Ma‘naviyat‖ semasi turli ierarxik pog‗onalardan joy
olgan. Bu esa obyektiv olamning inson ongida aks etishi va tilda o‗z ifodasini
topishi, obyektiv borliqdagi elementlarning oddiydan murakkabga qarab
sinflarga birlashuvchi va bo‗laklarga bo‗linishi bu jarayonlarning inson ongida
yuzaga kelishi hamda tilda o‗z ifodasini topishi bilan bog‗liqdir. ―Ma‘naviyat‖
semasida ham ana shunday jarayonlar kechishini tilshunoslik nuqtai nazaridan
54
hamda insonning tilga ta‘siri natijasida tilimizda ro‗y beradigan o‗zgarishlarni
millatimizning o‗lmas qadriyatlari, milliy mentalitetimizga xos bo‗lgan ―o‗zbek
harakteri, o‗zbekona an‘analar‖ning ta‘siri natijasida yuz berganligi ongimizda,
qalbimizda g‗urur shuurini tuydiradi.
―Ma‘naviyat‖ semasiga ega bo‗lgan birliklarni quyidagi guruhlar tarkibiga
mansub deb hisobladik:
Do'stlaringiz bilan baham: |